“Jeneva-2” natija chiqmayapti

427
0

загруженное (12)

BMT va Arab ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Lahdar Brahimiy Jeneva-2 konferentsiyasi muvaffaqiyatli o’tishi uchun hamma bor kuchini sarflayotganligini ma’lum qildi.

“Rossiya, Amerika va BMT halqaro konferentsiya muvaffaqiyatli o’tishi uchun jiddiy harakat qilishmoqda”, dedi u.

Brahimiy Suriya rejimi va milliy kolatsiya o’rtasida o’tayotgan muzokaralar oson kechmasligini aytib, bu konferentsiyadan mo”jiza yuz berishini kutish kerak emasligini ta’kidladi. Brahimiyning aytishicha, ikki tomon o’rtasida jangni to’xtatish uchun hech qanday kelishuvga erishilmagan.

Suriya muxolifati 18 oydan buyon qamal qilinib kelinayotgan Humsga insonparvarlik yordamlar kirgizilishiga izn berilishini talab qilayotgan bo’lsa, Asad rejimining vakillari avvalo e’tibor Islomiy kuchlarga qarshi kurashishga qaratilish kerakligiga ayoq tirab turishipti.

Shuningdek Brahimiy qamal ostida qolgan mintaqalarga va barcha Suriyaliklarga insonparvarlik yordamlar etib borish zarurligiga ishora qildi. “Biroq vaziyat BMT karvonlarining erkin harakatlanishiga yo’l bermayapti” dedi u.

BMTning “yordamlar va xizmatlar” agentligining so’zchisi Kris Gunness Yarmuk qochoqlar lageriga bir haftadan buyon yordam yuborilayotganini aytib, Suriya rejimi bu borada o’z va’dasida turmaganligi sababli hafsalasi pur bo’lganligini bildirdi.

“18 yanvar kuni Suriya rejimining Yarmuk qochoqlar lageriga oziq-ovqat etkazib berishga yo’l ochib berganligidan xursand bo’lgan edik, ammo berilgan yordamning etib borishi haqida berilgan va’daning amalga oshmaganligi sababli hafsalamiz pur bo’ldi”, deydi Gunness.

Poytaxt Damashqning janubida joylashgan Yarmuk qochoqlar lagerida har kun odamlar ochlikdan o’layotgani kuzatilmoqda.

Turkiston:

Bu dunyo boshqaruv tizimining krizisi. O’ta sharmandali xolat. Naxotki xech kimdan so’ramay Afrika cho’llarini o’z qo’riqxonalariga aylantirib, xar bir xayvonning xayotiga be’farq qamaydigan bu G’arb etakchi davlatlari, o’lib borayotgan millionlagan insonlarni Asad rejimining ruxsati bilan qutqarishsa. Bularning xarakatlari, bir qayiqda cho’kayotib, bir birlari bilan paluba talashayotgan matroslarni eslatadi.

Aslida ular kurash uslublarida xam, o’zlarining mintaqaviy manfaatlarida xam, dunyodagi mavjud xalqaro sistemaning Islom bilan borayotgan kurashdagi axamiyati xaqida xam, bir birlari bilan kelisha olishmayapti. Lavrovning bayonotlariga e’tibor bersangiz, kufr olamini Islom olamiga qarshi ochiq urush e’lon qilishga chaqiryapti, AQSh va uning tarafdorlari oshkora genotsid uslubida kurash olib borishga xali vaqt bor deb bilishadi. Chunki ochiq urush, xalqaro sistemani buzub yuboradi. Mavjud sistema, Rossiyaning manfaatlarini siqib chiqarayotgani bilan, G’arb etakchilariga xozircha manfaat keltirib turibdi. Yuqoridagi ikki tomonga bo’linib olib, bizlarga spektakl qo’yayotganlarning asl maqsadlari shu asosga qurilgan.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.