«Shu adovatlaring bilan o’lib ketinglar!”

421
0

 

Amerikalik sobiq harbiy Ben Smit “TYeA” partiyasining yig’ilishida nutq so’zlar ekan, Islomni haqorat qilib, qo’lidagi Qur’oni Karimni erga uloqtirdi.

Bir vaqtlar dengiz harbiy kuchlarida xizmat qilgan Smitning bu harakati zaldagilarning olqishlashiga sabab bo’ldi. Smit qo’lida ushlab turgan Kitob Arab bahori, musulmonlik va Xalifalik kabi tushunchalarga asos bo’layotganligini ta’kidladi.

“Umumiy Islomning asosi bo’lgan Xalifalik, unga bo’lgan musulmonlarning qalqishi va arab bahorini qo’zg’alishiga mana shu kitob sabab bo’lmoqda”, dedi Smit Musulmonlarning muqaddas kitobi bo’lgan Qur’oni Karimni ayog’ini ostiga tashlashdan avval.

Elektron saytlarda tarqalgan video lavhada Smit o’zining bu harakatidan zavqlanib qahqaha otib kulgani yaqqol ko’zga tashlanadi.

Turkiston:

Keyingi paytlarda Islom va musulmonlarga nisbatan bunday dushmanona kayfiyat kuchiyib borayotgani aniq ko’zga tashlana boshladi. Bundan avval “Xalifalik” so’zi G’arb siyosatchilari tilida yangragan bo’lsa, bugunga kelib bu narsa oddiy g’arbliklarni ham tashvishga sola boshladi. Arab bahorining oxiri nima bilan tugashiga aqli etgan g’arbliklar Qur’onga nisbatan o’z nafratini oshkor qilishga o’tdi. Chunki ular Xalifalik davlatini tiklashga Qur’oni karim turtki bo’ayotganini tushunib etishdi (garchi buni ba’zi musulmonlar inkor qilishayotgan bo’lsa ham). Shuning uchun ular Qur’oni Karimga nisbatan o’z nafratlarini izhor qilishmoqda. Rossiyada bo’lgani kabi, Qur’oni karim ma’nolarini tarjimasini ekstremistik adabiyot, deya qaror chiqarib, ta’qiqlab qo’yishmoqda. Musulmonlarning uyg’onish sari ketayotganini ko’raolmay barmoqlarini tishlashmoqda. Ularga nima deb javob berishni Qur’oni karim bizga o’rgatib qo’ygan.

 وَإِذَا خَلَوْا عَضُّوا عَلَيْكُمْ الأَنَامِلَ مِنَ الغَيْظِ قُلْ مُوتُوا بِغَيْظِكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ

“O’zlari xoli qolishganda sizlarni qattiq yomon ko’rganlari sababli barmoqlarini tishlaydilar. (Ey Muhammad, ularga): «Shu adovatlaring bilan o’lib ketinglar!” – deb ayting!

Qiyomuddin

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.