Dunyodagi uqubat qiyomatda gunohga kafforat bo’ladimi? degan savolga javob

525
0

images (35)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Somih Rayhon Abu Maysaraning Dunyodagi uqubat qiyomatda gunohga kafforat bo’ladimi? degan savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum, mening ikki savolim bor:

Ma’lumki, Islomda agar banda gunoh qilib xalifa unga had, qasos yoki ta’zir ijro qilsa qiyomat kuni undan shu gunohning jazosi soqit bo’ladi (ya’ni shu gunoh uchun jazolanmaydi). Bu erda savol quyidagicha:

Biz bugun zo’ravon ilmoniy boshqaruvga bo’ysunmoqdamiz va kufr diyorida yashamoqdamiz. Agar banda bugungi kunda gunoh qilsa vaz’iy qonundan kelib chiqqan uqubat bilan jazolansa – masalan odam o’ldirgani uchun o’ldirilsa yoki o’g’irlik qilgani uchun qamalsa, vaholanki o’g’irlikning jazosi qo’lni kesishdir – qiyomat kuni undan shu ma’siyatning gunohi soqit bo’ladimi? Alloh sizni bizdan va musulmonlardan barcha yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh

«Uqubat qiyomat kuni gunohga kafforat bo’ladimi?» degan savolning javobi shuki, agar uqubat islomiy davlat tarafidan, ya’ni vaz’iy qonunlar bilan hukm yuritadigan emas, balki Allohning shariati bilan hukm yuritadigan davlat tarafidan joriy qilingan uqubat bulsa gunohga kafforat bo’ladi. Buning tafsiloti quyidagicha:

– Muslim Uboda ibn Somitdan rivoyat qilgan hadisda aytadi: Biz Rosululloh A bilan bir majlisda birga edik. Shunda Rosululloh A:

«تُبَايِعُونِي عَلَى أَنْ لَا تُشْرِكُوا بِاللَّهِ شَيْئًا، وَلَا تَزْنُوا، وَلَا تَسْرِقُوا، وَلَا تَقْتُلُوا النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلَّا بِالْحَقِّ، فَمَنْ وَفَى مِنْكُمْ فَأَجْرُهُ عَلَى اللَّهِ، وَمَنْ أَصَابَ شَيْئًا مِنْ ذَلِكَ فَعُوقِبَ بِهِ فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَهُ، وَمَنْ أَصَابَ شَيْئًا مِنْ ذَلِكَ فَسَتَرَهُ اللَّهُ عَلَيْهِ، فَأَمْرُهُ إِلَى اللَّهِ، إِنْ شَاءَ عَفَا عَنْهُ، وَإِنْ شَاءَ عَذَّبَهُ»

«Sizlar menga Allohga shirk keltirmaslik, zino qilmaslik, o’g’irlik qilmaslik va Alloh (o’ldirishni) harom qilgan jonni faqat haqqi bilangina o’ldirishga bay’at beringlar. Sizlardan kim bay’atiga vafo qilsa uning ajri Allohning zimmasidadir. Kim shu ishlardan birortasini qilib, qilmishiga jazo olgan bo’lsa, jazosi u uchun kafforat bo’ladi. Kim bu ishlardan birortasini qilsayu Alloh uni yashirgan bo’lsa, uning ishi Allohga havola, agar hohlasa kechiradi, hohlasa azoblaydi». Hadis kim dunyoda jazo olgan bo’lsa jazosi qiyomat kuni u uchun kafforat bo’lishini bayon qilyapti. Shuning uchun u ushbu gunohiga oxiratda jazolanmaydi. Shuningdek bu hadisdan ochiq ko’rinib turibdiki, gunohga kafforat bo’ladigan jazo Islom bilan hukm yuritishi uchun xalifaga bay’at berilgan islomiy davlat tarafidan joriy qilingan jazodir. Chunki Rosululloh Aning hadisi:

«تُبَايِعُونِي… فَمَنْ وَفَى مِنْكُمْ فَأَجْرُهُ عَلَى اللهِ، وَمَنْ أَصَابَ شَيْئًا مِنْ ذَلِكَ فَعُوقِبَ بِهِ فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَهُ»

«Sizlar menga… bay’at beringlar. Sizlardan kim bay’atiga vafo qilsa uning ajri Allohning zimmasidadir. Kim shu ishlardan birortasini qilib, qilmishiga jazo olgan bo’lsa, jazosi u uchun kafforat bo’ladi» degan so’z bilan boshlanyapti. Gunohga kafforat bo’ladigan jazo bay’atga bog’liq. Bay’at Islom bilan hukm yuritadigan hokimga beriladi. Shunga ko’ra oxiratda gunohga kafforat bo’ladigan, shu dunyoda berilgan jazo Islom bilan hukm yuritgan davlat tarafidan joriy qilingan jazodir. Alloh O’zi bilguvchidir.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

21 robiul-avval 1435h

22 yanvar 2014m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.