Keyingi kunlar yanada og’irroq bo’lishi mumkin

395
0

загруженное (7)

Suriya rejimi va milliy koalitsiya vakillari Suriya masalasida bir oraga kelib muzokara olib bormoqda, ammo bir biridan arazlagan ikki gurruh ikki xonada o’tirishipti. BMT va Arab ligasining Suriya masalasi bo’yicha maxsus vakili Lahdar Brahimiy ularning orasida bordi-keldi qilib gap tashib turipti.

Suriya milliy koalitsiyasining shartiga yangi tuzulajak o’tish davri hukumatida Asad va uning atrofidagilarga o’rin berilmaslik lozim. Ammo Asad tarafdorlari o’zlarini kelajagini o’ylab buni keskin rad etmoqda.

Lahdar Brahimiy kecha matbuot anjumanida Jeneva-2 konferentsiyasi haqida gapirar ekan, Suriya milliy koalitsiyasi bilan Suriya rejimi o’rtasida kechayotgan muzokalarda deyarli oldinga siljish bo’lmaganligini ma’lum qildi.

Konferentsiyaning og’ir bosqichi boshlanganligini ta’kidlagan Lahdar Brahimiyga ko’ra, keyingi kunlar yanada og’irroq bo’lishi kutilmoqda.

Brahimiy ikki taraf o’rtasidagi muzokaralarda ko’p narsa qo’lga kirilmaganligini ochiqlar ekan, uchrashuv hali davom etishini bildirdi. U so’zi davomida Suriyada Asad rejimiga qarshi jang olib borayotgan va Shariatni tiklash uchun faoliyat qilayotgan jihodiy guruhlarga ham ishora qilib o’tdi.

“Shubhasizki, Suriyada terrorchilar mavjud. Boshqa davlatlar ularning Suriya tashqarisiga ham yoyilib ketishidan xavotirda”, dedi u Islomning yoyilish xavfidan ogohlantirib.

Brahimiyga ko’ra Suriyadagi vaziyat o’ta og’ir. Bu haqida ommaviy axborot vositalariga har narsani bildirish yaramaydi. “Men har ikki tarafdan ommaviy axborot vositalariga ko’p gapirmaslikni hamda meni nomimdan gapirmaslikni ham talab qildim”, dedi u “har ikki taraf”, deganda Suriya rejimi va milliy koalitsiyani nazarda tutib.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.