2013 yilda Rossiyadan Qirg’izistonga 357ta “yuk-200” jo’natildi

525
0

images (4)

Rossiya Federatsiyasidagi Qirg’iziston elchixonasining xabar qilishicha, 2013- yil mobaynida Rossiyaning barcha mintaqalaridan Qirg’izistonga 357ta “yuk-200” jo’natilgani qayd qilingan.

Elchixonaning belgilashicha, xozirgi vaqtda Rossiyada o’lgan va xalok bo’lgan Qirg’iziston fuqarolarining jasadlarini faqat “Qirg’iziston” va “Air Bishkek” aviakompaniyalarigina evazsiz olib kelib bermoqdalar.

Shuningdek, jasadlarni olib kelishlik Rossiya aviakompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Xususan, Moskva – Osh aviaqatnovini yo’lga qo’ygan “Sibir” va “Ural aviatarmog’i” aviakompaniyalari “yuk-200”ni Oshgacha olib kelishi uchun tahminan 9 500 rubl haq olmoqdalar. “Aeroflot” aviakompaniyasi tomonidan “yuk-200”ni Bishkekka olib kelinishi esa 30 ming rubldan oshib ketmoqda.

Umumiy hisobda, hujjatni rasmiylashtirish, ruhlangan tobut, transport xizmati, tobutni aeroportga olib kelish juda qimmat bo’lib, aviaxizmat haqqini hisobga olmaganda “yuk-200”ni Moskvadan Qirg’izistonga olib kelish 56 ming somga boradi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.