Jim qarab turish xiyonatdir

434
0

1Zulm (12)

Butun dunyoda musulmonlarga nisbatan amalga oshirilayotgan jinoyatlar, xususan Suriyada kechayotgan vahshiyliklar qarshisida iymoni bor musulmon jim qarab turishi aslo joiz emas.

Hizbut Tahrir – Turkiya viloyati ham Suriyada kechayotgan zulmlarga nisbatan bir qancha chora tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Turkiyaning bir qancha shaharlarida namoyishlar va g’oibona janoza namozlari tashkil qilindi. Bu esa g’aflatda qolgan musulmonlarning ko’zi ochilishiga sabab bo’ldi. Butun musulmonlar Hizbut Tahrir yigitlari ortidan ergashib Suriya hodislariga jim qarab turishni qoralashmoqda va Jeneva-2 konferentsiyasini Islom va musulmonlarga nisbatan xiyonat ekanligini ta’kidlashmoqda.

Poytaxt Anqara shahrida joylashgan Xo’jatepa jome masjidida o’tgan juma namozidan so’ng yana g’oibona janoza namozi o’qildi. Janoza ortidan Musulmonlarga xitob qilinib, bu zulmlarga jim qarab turish va Jeneva-2 konferentsiyasiga ishtirok etish xiyonat ekanligi urg’ulandi. Xalifalik davlatining qayta tiklanishini so’rab qilingan duoga butun musulmonlar birgalikda AMIN deya jo’r bo’lishdi.

Shuningdek Turkiyaning Mersin shahrida ham Hizbut Tahrir yigitlar tarafidan g’oibona janoza namozi tashkil qilindi. Janoza namozidan so’ng masjid imomi Mahmud Chimen domla “Xalifalikning qayta tiklanishi, zulmlarga barham berilishi, Allohning nusrati tezroq kelishini so’rab duo qildi. Duodan so’ng Musulmonlar “Xalifalik qaytib keladi, zulmlar barham topadi”, “Islom haqdir, demokratiya esa botildir”, “Umat Xalifalikni istaydi”, deya hayqirishdi.

1Zulm (7) 1Zulm (10) 1Zulm (13) mzul1 (3)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.