Yevropa Ittifoqining maxsus vakili O’zbekistonga keladi

432
0

загруженное (5)

21-23 yanvar kunlari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakili Patrisiya Flor O’zbekistonga safar qiladi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, tashrif asnosida Patrisiya Flor Oliy majlis senati, tashqi ishlar, iqtisodiyot, qishloq va suv xo’jaligi vazirliklarida uchrashuvlar o’tkazadi. Muzokaralarda O’zbekiston va YeI o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etiladi.

Eslatib o’tamiz, Patrisiya Flor o’tgan yilning mart va iyunida, shuningdek, 2012 yilning iyulida ham Toshkentga kelgan edi.

Turkiston: Amerika boshchiligidagi mustamlakachi kuchlar Afg’onistondan o’z qo’shinlarini olib chiqib ketish vaqti yaqinlashgani sari O’zbekiston ular uchun eng ko’p qiziqish paydo qilayotgan mintaqaga aylanib bormoqda.

Chunki shimoliy ta’minot yo’li hisoblangan va Pokiston orqali o’tivchi yo’l mujohidlarning hujumlari kuchayib ketgani sababli ular uchun xavfli hudud bo’lib qolmoqda. Shuning uchun ham G’arb mustamlakachi davlatlarining rasimy vakillari huddi “bo’zchini mokkisidek” O’zbekistonga serqatnov bo’lib qoldilar.

Yevropa ittifoqi 2005 yil 13 may Andijon qirg’inidan so’ng O’zbekistonga qarshi bir qator hech qanday ta’sirga ega bo’lmagan jazo choralarini joriy etgan edi. Ular qatorida, O’zbekistonga qurol sotmaslik hamda Karimov va bir qator o’zbek mulozimlarini Yevroittifoq hududiga kiritmaslik kabi ramziy choralar ham bor edi. YeI bu jazo choralari bekor qilinishi uchun Karimov hukumatidan Andijon qirg’inini tekshirish uchun xalqaro nazoratchilarni kiritish va inson huquqlari bo’yicha vaziyatni yaxshilash shartlarini qo’yishgan edi.

Biroq, O’zbekiston hukumati bu jazo choralariga e’tibor bermay o’zining avvalgi zulmlarini yanada qattiqroq kuchaytirdi. Barcha ishlarini moddiy manfaat ustiga barpo etadigan kapitalstik davlat namoyondalari o’zlariga manfaatli bo’lgan narsani qo’lga kiritish uchun hatto o’z qadriyatlari va mafkuralaridan ham voz kechishga tayyorlar.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.