Konferentsiyaga ishtirok etishimiz noma’lum

374
0

Luay(7)

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Eron davlatini Jeneva-2 konferentsiyasiga da’vat qilganligi sababli Suriya milliy koalitsiyasi Suriya masalasi bo’yicha 22 yanvarda o’tkazilishi rejalashtirilgan bu konferentsiyaga ishtirok etish qarorida ikkilanib qolganligini ma’lum qildi.

Suriya milliy koalitsiyasi Istambulda tashkil qilingan 2 kunlik sessiyasida 75 a’zodan 58 tasining roziligi bilan Jeneva-2 konferentsiyasiga ishtirok etish qarorini qabul qilgan edi.

Koalitsiya so’zchisi Luay as-Sayf ommaviy axborot muxbirlariga bergan bayonotida BMT bosh kotibi Pan Gi Munning Eron davlatini Jeneva-2 konferentsiyasiga ishtirok etishga da’vat qilganligiga ishora qilib, “Pan Gi Munning Eronga qilgan da’vatini qaytarib olmagunicha, yoki Eron konferentsiyaga ishtirok etish shartlarini bajarmagunicha bizning bu konferentsiyaga ishtirok etishimiz noma’lum bo’lib qolaveradi”, deya bildirdi.

Luay as-Sayf bosh kotib Pan Gi Munning bu mavzuda Suriya milliy koalitsiyasi etakchilari bilan maslahat qilmay ish tutganligini urg’ular ekan, aynan milliy koalitsiya konferentsiyaga ishtirok etishga qaror qilgan kunning o’zida Eronga da’vat yo’llanishi afsuslanarli hol ekanligini ta’kidladi.

“Suriya milliy koalitsiyasi Eron bu konferentsiyaga ishtirok etishi uchun Suriyadagi kuchlarini olib chiqib ketishini va Jeneva deklaratsiyasini rasmiy o’laroq qabul qilishini shart qiladi”, deyiladi Luay as-Sayfning bayonotida.

AQSh tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Jen Psaki esa Pan gi Munning Eronga qaratilgan da’vati ortidan bergan yozma bayonotida, agar Eron Jeneva deklaratsiyasini to’lig’icha va ochiq shaklda qabul qilmasa da’vatni bekor qilish kerakligini qayd etdi.

O’z navbatida Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif Jeneva konferentsiyasiga ishtirok etishga hozir ekanligini bildirdi.

“Bizning o’ylashimizcha, muammoga echim topish uchun Eronning Jeneva-2 konferentsiyasiga ishtirok etishi o’ta muhimdir”, dedi Eron tashqi ishlar vaziri.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.