Jin va u bilan inson o’rtasidagi aloqa tabiatiga oid savolga javob

311
0

images (30)

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Salem Jaradatning  jin va u bilan inson o’rtasidagi aloqa tabiatiga oid savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, hurmatli shayx!

Ma’lumki, aqida borasidagi dalil – aqliy yoki naqliy bo’ladi.

Jinlarning borligiga aqlan imon keltirishga olib boradigan hech qanday moddiy dalil yo’qligi, faqat naqliy dalil borligi uchungina imon keltiriladi.

Savol: ulamolarning jinning chalishi yoki tegishi yoki jinlar bilan insonlar o’rtasida moddiy aralashuvlar borligini aytishi yuqoridagilarga qanday to’g’ri keladi? Ularning: jinning jasadga aloqasi bor, ular kishiga kasalliklar yoki qiyinchiliklar (masalan insonning qilayotgan ishini qilolmay qolishi bor narsa) kabilarni etkazishi mumkin, deyishlari qanday to’g’ri bo’ladi?

Va nihoyat, jin chalish va shunga o’xshash narsalar xususida vorid bo’lgan oyatlar va hadislar – agar ularni ana shu ulamolar tushunchasi bo’yicha tushunilmasa – qanday tafsir qilinadi?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

1 – Jinlar bizga ko’rinmaydigan g’ayb narsalardandir. Alloh Subhanahu aytadi:

 «U va uning malaylari sizlar ko’rmaydigan tarafdan sizlarni ko’rib turadilar» [A’rof 27]

ya’ni Iblis va uning qavmi, boshqacha aytganda jinlar. Chunki Iblis jinlardandir:

«Faqat Iblis (sajda qilmadi). U jinlardan edi» [Kahf 50]

2 – Bizning ular bilan aloqalarimiz haqidagi asosli xulosa ularning vasvasa qilishga qodir ekanliklaridir. Alloh Taolo aytadi:

«So’ng shayton ularni vasvasaga soldi» [A’rof 20]

«So’ng shayton unga vasvasa qildi» [Toha 120]

Shayton bu erda Iblisdir va u jinlardandir.

3 – Shayton inson ustidan zo’ravonlik bilan hukmron bo’lolmaydi. Faqat inson shaytonga o’z ixtiyori bilan tobe bo’lsagina o’shanda hukmron bo’lib oladi. Alloh Taolo aytadi:

 «Qachonki, ish tugagach (ya’ni, jannat yahli jannatga sazovor bo’lib, do’zaxilar do’zaxga hukm qilingach), Shayton dedi: Albatta, Alloh sizlarga xaq va’da qilgan edi. Men esa (yolg’on) va’dalar berib, sizlarni aldagan edim. (Lekin) men uchun sizlarning ustingizda hech qanday hukmronlik yo’q edi, illo men sizlarni (kufr yo’liga) chaqirishim bilanoq o’zingiz menga itoat etdingiz» [Ibrohim 22]

«Aniqki, Mening bandalarim ustida sen uchun hech qanday saltanat-hukmronlik yo’qdir, magar senga ergashgan gumroh kimsalarnigina (bu to’g’ri yo’ldan ozdira olursan)» [Hijr 42]

«(Ey mo’min bandam), har qachon Qur’on qiroat qilsang, albatta quvilgan-mal’un shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so’ragin! Albatta, imon keltirgan va yolg’iz Parvardigorlariga tavakkul qiladigan zotlar ustida (Shayton) uchun hech qanday saltanat-hukmronlik yo’qdir. Uning (Shaytonning) hukmronligi faqat (uni) do’st tutib, (Alloh)ga sherik qilib oladigan kimsalar ustidadir» [Nahl 98-100]

4 – Alloh Subhanahu bayon qilgan mana shu asl aloqadan boshqa qandaydir moddiy aloqa ham bor, deb da’vo qilinsa, buning uchun alohida nas bo’lishi kerak bo’ladi. Agar bunday holat haqida biror nas mavjud bo’lsa, o’sha nasga muvofiq biz bu holatga imon keltiramiz.

Masalan Sulaymon ning jinlar ustidan hukmronligi, ularga buyruq qilishi va ularni nahiy qilishini olaylik, bu to’g’rida nas vorid bo’lgan, shuning uchun bunga imon keltiramiz. Alloh Taolo Naml surasida Sulaymon haqida bunday dedi:

«Sulaymon aytdi: Ey odamlar, ular mening huzurimga bo’ysungan hollarida kelishlaridan ilgari qaysi birlaringiz menga uning (ya’ni Bilqiysning o’z shahrida qolgan) taxtini keltira olur. (Shunda) jinlardan bir paxlavoni aytdi: Men uni sen o’rningdan turishingdan ilgari senga keltirurman. Albatta men bunga qodir va ishonchlidirman» [Naml 38-39]

«Sulaymonga ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik (masofani bosib o’tadigan) shamolni (bo’ysundirdik) va uning uchun mis bulog’ini oqizib qo’ydik. Yana jinlardan ham Parvardigorining izni-irodasi bilan uning qo’l ostida ishlaydigan kimsalarni (bo’ysundirib qo’ygandirmiz). Ulardan kim Bizning amrimizdan toyilsa, Biz unga o’t-olov azobidan totdirib qo’yurmiz. Ular (Sulaymonga misdan) u xohlagan narsalarni — ibodatxonalarni, haykallarni, hovuzlar kabi (katta) laganlarni va (o’choqlarga) o’rnashgan (vazmin) qozonlarni qilib berurlar. (Ey) Dovud xonadoni, (Alloh sizlarga ato etgan bu ne’matlarning) shukronasi uchun amal-ibodat qilinglar! Bandalarim orasida shukr qilguvchi (zotlar juda) ozdir»» [Saba’ 12-13]

5 – Rosululloh A har qanday moddiy voqeani bashariy muomalalar bobidan degan e’tiborda muolaja qilar edilar. Jinlarning bu muomalaga aloqasi borligi haqida vahiyda biror maxsus nas vorid bo’lmagan bo’lsa – o’zi barcha voqealar mana shundaydir – Rosululloh A uni shunday muolaja qilardilar. Masalan, bir o’ldirilgan kishi topildi deylik, bunda zehn uni jinlar o’ldirgan degan o’yga faqat bu to’g’rida biror nas vorid bo’lgan bo’lsagina buriladi. Xaybarda o’ldirilgan kishi hodisasida ham shunday bo’lgan edi. Unda uni o’ldirgan odam qidirildi, gumon jinlarga burilgani yo’q:

Muslim o’z Sahihida rivoyat qilishicha, Abdulloh ibn Sahl va Muhayyasa ikkovi o’zlariga etgan bir mashaqqat sababli Xaybarga chiqishdi. Shundan so’ng Muhayyasa kelib Abdulloh ibn Sahl o’ldirilganini va buloqqa yoki quduqqa tashlanganini xabar qildi. U yahudiylar oldiga kelib: Allohga qasamki, uni sizlar o’ldirgansiz, dedi. Yahudiylar: Allohga qasamki, uni biz o’ldirganimiz yo’q, deyishdi. Shundan bu ish xabari Rosululloh Aga etib bordi. Rosululloh A:

«إِمَّا أَنْ يَدُوا صَاحِبَكُمْ وَإِمَّا أَنْ يُؤْذِنُوا بِحَرْبٍ»

«Yo ular birodaringiz xunini to’lashadi yoki ularga qarshi urush e’lon qilinadi», dedilar. Shundan keyin Rosululloh A bu to’g’rida yahudiylarga maktub yubordilar. Ular: Allohga qasamki, uni biz o’ldirganimiz yo’q, deb yozib yuborishdi…». Bu qissa ma’lumdir. Bu ishda buni jinlar qilgan degan bahs aslo bo’lmagan.

6 – Shunga ko’ra, demak jinlarning biror hodisaga moddiy aloqasi borligini aytadigan biror nass kelmagan bo’lsa, demak jinlar bilan insonlar o’rtasidagi aloqa vasvasa aloqasi bo’lib qolaveradi, bundan nariga o’tmaydi.

Rosul Aning risolati risolatlarning xotimasidir. Shuning uchun undan keyin vahiy uzilgan. Demak yangi nusus kelmaydi. Shuning uchun biz bilan jinlar o’rtasida hech qanday moddiy aloqa yo’q, aksincha u faqat vasvasadan iboratdir xolos. Aytib o’tganimizdek, jinlar vasvasasi kishi ustidan faqat kishi bu vasvasaga o’z ixtiyori bilan bo’ysunib qolsagina ustun bo’lib oladi.

Xulafoi roshidinlar davrida ham moddiy ishlar shunday muolaja qilingan. Shuning uchun hech qaysi moddiy voqeada – u xoh qotillik, xoh o’g’irlik, yolg’on yoki hiyla bo’lsin – zehn jinga emas, insonga buriladi. Chunki jinlarning aloqasi vasvasa aloqasidir. Faqat agar biror maxsus nas vorid bo’lgan bo’lsa, o’shanda jinlarga burilishi mumkin. Lekin Rosululloh Adan keyin hech qanday maxsus nas kelmaydi. Demak barcha moddiy voqealar jinlar tomonidan emas, inson tomonidan yuz beradi. Chunki ularning olami boshqa, bizning olamimiz boshqa. Shuning uchun ularning biz bilan aloqasi faqat vasvasa aloqasidir, xolos. Bundan boshqa narsa emas.

Shunga binoan, demak inson agar kasallanib qolsa jinlarning bunga aloqasi yo’q, balki kasallik Islomda vorid bo’lgan narsaga, ya’ni davolanishga muvofiq muolaja qilinadi.

Davo moddiy bo’lishi mumkin. Masalan, Usoma ibn Shurayk orqali rivoyat qilingan hadisda u bunday dedi: Men Nabiy A huzuriga keldim. U kishining sahobalari boshlarida qush qo’nib turgandek o’tirishardi. Men salom berib o’tirdim. Shunda u er, bu erdan a’robiylar kelishib: Yo Rosululloh, davolansak bo’ladimi? – deb so’rashdi. Payg’ambarimiz A:

«تَدَاوَوْا فَإِنَّ اللهَ عَزَّ وَجَلَّ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلاَّ وَضَعَ لَهُ دَوَاءً غَيْرَ دَاءٍ وَاحِدٍ الْهَرَمُ»

«Davolaninglar, chunki Alloh Azza va Jalla biror dardni qo’ygan bo’lsa, albatta uning davosini ham qo’ygan. Biroq bitta dardning – o’limning davosi yo’q»

Yoki davo duo va ruqya bilan bo’lishi mumkin. Muslim ummul mo’minin Oisha I orqali rivoyat qilgan hadisda ushbular vorid bo’lgan: Rosululloh A ushbu ruqya bilan ruqya qilardilar:

«أَذْهِبْ الْبَاسَ رَبَّ النَّاسِ بِيَدِكَ الشِّفَاءُ لاَ كَاشِفَ لَهُ إِلاَّ أَنْتَ»

«Ey odamlar Robbisi, kasallikni ketkaz, shifo O’z qo’lingda, uni (kasallikni) faqat Sen aritasan». Yoki shunga o’xshash Qur’on va Sunnatdan olingan duolar bilan yoki Qur’on va Sunnatga muvofiq bo’lgan har qanday duo bilan davolaniladi.

Ammo jinlarning bemorning shifo topishiga moddiy aloqasi bor, deb da’vo qiladigan kimsalarga murojaat qilishga kelsak, bu da’vo ana shu dajjollar tomonidan qilinayotgan hiyla va g’irt yolg’ondir. Ular sodda odamlarni avrab-aldab ularning mollarini botil yo’l bilan eyish maqsadida ularni o’z tuzoqlariga tushirishadi.

7 – Endi (المس) lafzi kelgan oyat tafsiriga kelsak, siz Baqaradagi 275-oyatni ko’zda tutayotganga o’xshaysiz. U quyidagidir:

«Sudxo’r bo’lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan telba kabi turishadi. Bunga sabab ularning: «Bay (oldi-sotdi) ham sudxo’rlikning o’zi-ku?» – deyishganidir. Holbuki, Alloh bayni halol, sudxo’rlikni harom qildi» [Baqara 275]

1 – Alloh ribo eydigan kimsa misolini tutqanoqdan gandiraklaydigan kimsa holiga o’xshatib keltirdi. Bunday kimsa yurgan, to’xtagan va o’tirganda yiqilib, turib gandiraklaydi. Telbalik uni butunlay qamrab olgan bo’ladi. Bunga sabab u riboni savdo kabi hisoblaganidir. Vaholanki Alloh riboni harom, bayni esa halol qildi.

(Sudxo’r bo’lgan kimsalar), ya’ni uni olishadi. U ribo bilan foyda ko’rishning barcha turi uchun umumiydir. Qur’oni Karimda (яъкулуна) lafzi mazammat qilishga dalolat uchun ishlatilgan.

«Yetimlarning mollarini zulm yo’li bilan eydigan kimsalar hech shak-shubhasiz qorinlariga olov egan bo’lishadi» [Niso 10]

«(Mana shu hayoti dunyoning o’tkinchi lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari eganidek eb-ichishadi va ularning joylari do’zax bo’ladi!» [Muhammad 12]

Bu lafz bu oyatda ham shundaydir.

(Turishmaydi), ya’ni qiyomat kunida.

(Magar jin chalgan telba kabi turishadi), ya’ni ular qabrlaridan tiriltirilib, xuddi dunyodagi telba kabi telbalanib o’rinlaridan turishadi. Bu ular uchun o’sha kunda bir sharmandalik bo’ladi. Bu esa ribodan qat’iy nahiy qilinganiga qarinadir. Riboning haromligi bu oyatlarda takror-takror ta’kidlandi.

 (Telba), ya’ni telbalik. Kishi telbalansa uni jinni deyiladi. Gandiraklash esa to’g’ri yurolmay tentirashning bir turidir.

 (Magar jin chalgan telba kabi turishadi), oyati tafsirida bir qancha rivoyatlar vorid bo’lgan. Ulardan rojihi shuki, inson jinni bo’lib qolsa shayton o’z vasvasalari orqali unga katta ta’sir o’tkazadigan bo’lib qoladi. Natijada ko’p ishlar unga xayol qilinib jinnini gandiraklab tentirashga olib boradi.

Endi uni shayton chaladi yoki uni jinni bo’lishga olib keladi, degan gapga kelsak, oyat bunday demayapti. Chunki Alloh Subhanahu «shayton uni chaladi», ya’ni shayton uni jinni qiladi demayapti, aksincha oyat:

(jin chalgan telba), demoqda, ya’ni shayton uni jinniligi sababli chalyapti, ya’ni avval jinni bo’ladi, shundan keyin shayton chaladi.

Mening nazdimda oyat tafsiridagi rojih ra’y mana shu. Shuning uchun ribo eyuvchining misoli shayton jinnilik sababli chaladigan kimsaning misoliga o’xshaydi. Ya’ni shaxs biror sababga ko’ra jinni bo’ladi, shundan keyin uni shayton o’z vasvasasi va turli xayollarga solishi bilan chaladi.

Demak shayton shaxsni telba, ya’ni jinni qilolmaydi, aks holda oyati karima «shayton jinni qilib chalgan kimsa» degan bo’lardi. Bu misol ribo eyuvchining jinoyati naqadar qattiq ekanligini hissiy dahshatli tasvirlashdir.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

15 safar 1435h

18 dekabr 2013m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.