Tojik hukumati chet elda tahcil olayotgan talabalardan tashvishda

496
0

images (6)

Tojikiston hukumati chet o’lkalardagi diniy madrasalarda tahcil olayotgan tojikisitonlik talabalarni o’z vataniga qaytarish harakatini jadallashtirdi.

Tojikiston prezidenti idorasining diniy marosimlar va ana’analarni tartibga solish qumitasining raisi Abdulxoliq Abdurahimovning ma’lum qilishicha, Pokiston, Saudiya va Misr kabi chet mamlakatlaridagi islomiy universitetlar va madrasalarda tahsil olayotgan 2705 nafar tojikistonlik talaba o’z vataniga qaytarilgan. Abdurahimovga ko’ra, bu tadbir yoshlarning diniy ekstremistik guruhlarga qo’shilib ketishini oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qumita raisi Abdulxoliq Abdurahimov jurnalistlar bilan o’tkazgan matbuot anjumanida, Tojikistonning 169 nafar yoshlari Misr, Yaman, Liviya, Pokiston va Saudiya Arabiston mamlakatlarida doimiy yashab qolganligini bildirar ekan, ularning ahl oilarilaridan o’z farzandlarini vatanga chaqirib olishlarini talab qildi.

Shuningdek, Abdurahimov Tojikistondagi ota – onalardan o’z farzandlarini Pokiston va arab mamlakatlaridagi islomiy universitetlarga yubormasliklarini so’radi. Yoshlarning “terroristik” va “ekstremistik” guruhlarga a’zo bo’lish tamoillari aynan ushbu bilim yurtlarida boshlanishini urg’uladi u.

Tojik hukumati chet elda tahsil olayotgan talabalarni ortga qaytara boshlaganiga ancha bo’lgani hech kimga sir emas. Tahlilchilarning fikricha Misrdagi vaziyat Tojik hukumatining bu ishga jiddiy qarashga majbur qilgan bo’lishi mumkin. Chunki Misrda talaba Yigit qizlar dunyoning ko’z o’ngida Misr hukumatini og’ir ahvolga tushirib qo’ymoqda.

Turkiston: Nafaqat Tojik xukumati, islomiy o’lkalarning deyarli barchasi shu muammoni avvalgi o’ringa qo’yib, Arab o’lkalarida ta’lim olayotgan talabalarga yomon munosabatda bo’lishmoqda. Bu o’z farzandlariga nisbatan ularning barchasida teng o’zgarayotgan munosabatlar, kufr maslaxatchilarining ko’rsatmalari asosida yuritiladi. Ilgari o’sha yurt oliygohlariga atayin davlat bosh bo’lib talabalar yuborilar edi. Xo’sh nima o’zgardi.

E’tibor bersak, Shom o’lkalaridagi islomiy uyg’onish xarakatlari, butun mintaqa musulmonlarini seskantirib yubordi. Ular BMTga qarashli YuNYeSKO kabi tashkilotlar orqali Yaqin Sharq uchun tuzib bergan islomiy o’quv programmalari, xozirda o’zlari uchun xavf tug’diruvchi yo’nalishga aylanib bormoqda. Voqe’ga ko’ra yana yangilashni esa, endi ular uchun iloji yo’q. Ilgari mo”tadil musulmonlarni tarbiyalovchi olimlar chiqarish va ular bilan rodikal islomiy xarakatlar o’rtalarini ajratib berishga xizmat qiladigan ta’lim programmasi, xozirda Islom mafkurasi asosida xarakatlanayotgan, Xalifalikdan boshqa nizomlarni tan olishdan bosh tortayotgan va Islom bayrog’i ostiga butun musulmonlarni chaqirayotgan xarakatdan qattiq ta’sirlana boshladi. Bu programma kufrga endi manfaat bermaydi. Endi ular tuzgan bu programma xaqiqiy islomiylashadi.

Shuning uchun kufr, butun dunyoda o’z malaylariga yangi ko’rsatma berdi. Raxmonovning olib borayotgan xarakatlari ana shu kufr manfaatlari bilan ilgari xam, xozir xam mutanosib bormoqda. Kufr xalqaro sistemasi, Shomni boy berdi. U endi dunyoning boshqa o’lkalarini Islom mafkurasidan balqib chiquvchi sitemadan saqlab qolish xarakatiga tushdi.

Abdurazzoq:

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.