Ayolning ayolga nisbatan avrati mavzusi haqidagi savolga javob

393
0

images (12)

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Shadi Sunoqrotning ayolning ayolga nisbatan avrati mavzusi haqidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Iltimos, ayolning ayolga nisbatan avrati miqdorini shar’iy dalili bilan aniq bayon qilib bersangiz. Bu masalani to’liq holda aniq bayon qilib bersangiz va avrat kindik bilan tizza o’rtasidir, deb aytadiganlarning dalil keltirish asosini hamda avrat ayolning mahramlarga nisbatan avratiga o’xshash ziynat o’rinlaridir, deb aytadiganlarning dalil keltirish asosini bayon qilib bersangiz.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh

Ayolning ayolga nisbatan avrati haqida aytadigan bo’lsak, bu erda ikki fiqhiy ra’y mavjud bo’lib, ikkalasidan har birining o’z dalil keltirish asosi bor:

Birinchi: ayolning ayolga nisbatan avrati erkakning erkakka nisbatan bo’lgan avrati kabidir. Ya’ni kindik bilan tizza o’rtasidagi narsadir. Ba’zi faqihlar shu ra’yni aytishadi.

Ikkinchisi: ayolning ayolga nisbatan avrati butun jismidir, bundan ayol odatda ziynatlanadigan o’rinlar mustasno. Ya’ni toj o’rni bo’lgan bosh, surma o’rni bo’lgan yuz, taqinchoqlar o’rni bo’lgan bo’yin va ko’krak, zirak o’rni bo’lgan quloq, bilakuzuk o’rni bo’lgan yuqori bilak, bilakuzuk o’rni bo’lgan pastki bilak, uzuk o’rni bo’lgan kaft, xilxol (halqa) o’rni bo’lgan boldir, xinaga o’xshash ranglar o’rni bo’lgan qadam mustasno.

Bulardan boshqasi, ya’ni ayol odatda ziynatlanadigan o’rinlardan boshqasi ayolga avratdir. Ya’ni faqat kindik bilan tizza o’rtasigina emas, qolganlari ham avratdir…

Bunga dalil Alloh Taoloning ushbu qavlidir

«Ular zeb-ziynatlarini ko’rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo o’g’illariga yo erlarining o’g’illariga yo o’zlarining og’a-inilariga yo og’a-inilarining o’g’illariga yo opa-singillarining o’g’illariga yo o’zlari (kabi) ayollarga yo qo’l ostilaridagi cho’rilarga yo (ayollardan) behojat bo’lgan (ya’ni juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkor-qullarga yo ayollarning avratlaridan xabardor bo’lmagan go’daklargagina (ko’rsatishlari joizdir)» [Nur 31]

Oyatdagi mana shu kishilarning hammasi ayolning sochiga, bo’yniga, bilakuzuk o’rniga, xilxol (halqa) o’rniga, taqinchog’i o’rniga va ziynat o’rni deyish to’g’ri bo’ladigan boshqa a’zolarga qarashlari joiz. Chunki Alloh:

«Ular zeb-ziynatlarini ko’rsatmasinlar» [Nur 31]

dedi. Ya’ni ziynat o’rinlarini, dedi.

Oyatda mahramlar hamda ayollar zikr qilindi. Demak ayollar bir-birlarining ziynat o’rinlariga qarashlari joiz. Ammo ayoldagi ziynat o’rinlaridan boshqalari boshqa ayol oldida avrat bo’lib qolaveradi.

Mana shu bizning nazdimizda dalilga muvofiq rojih ra’ydir. Biz rojih deyapmiz. Chunki bu erda ayolning ayolga nisbatan avrati erkakning erkakka nisbatan avrati kabidir, ya’ni kindik bilan tizza o’rtasidir, deb belgilaydigan faqihlar bor.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.