Suriyaning do’stlari Suriyaning g’amidami?

383
0

Безымянный

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriya milliy koalitsiyasining 22 yanvar kunida belgilangan Jeneva-2 konferentsiyasiga qatnashishiga ishonishi bildirdi. Kerri bu haqida Rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov va BMTning Suriya bo’yicha maxsus vakil Lahdar Brahimiy ishtirokida Parijda tashkil qilingan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Shaxsan men Suriya milliy koalitsiyasining Jeneva-2 konferentsiyasiga kelishiga ishonaman”, “ikki tarafning Jenevaga birgalikda kelishini o’zim ta’minlayman”, dedi u “ikki taraf”, deganda Suriya rejimi bilan milliy koalitsiya vakillari namoyondalarini nazarda tutib.

Jon Kerri AQSh va Rossiya davlatlari Suriya masalasida mushtarak qarashga ega ekanligini ta’kidlar ekan, “barcha taraflarni Jeneva-2 konferentsiyasiga ishtirok etishga shijoatlantirish uchun Voshington va Moskva bor imkoniyatlarini ishga solmoqda”, deya qo’shimcha qidi.

Davlat kotibining ochiqlashicha, u koalitsiya rahbari Ahmad Jabra bilan aloqa bog’lagan. Unga ko’ra, Milliy koalitsiya 22 yanvarda belgilangan Jeneva-2 konferentsiyasiga qatnashish uchun qaror qabul qilishi muqarrar.

O’zlarini Suriyaning do’slari deb nomlayotgan 11 davlat namoyondalari Suriyaning “g’amida” Parijda uchrashuv o’tkazishdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Parijda Suriya milliy koalitsiyasining rahbari Ahmad Jarba bilan o’chrashib, Suriya xalqi uchun g’am chekayotganini izhor qildi.

“Sizlar uchun har bir narsadan avval nima zarurligini bilasizmi? Bu vataningizning oqibati. Biz Suriya xalqining oqibati nima bo’ladi, deb tashvishdamiz”, dedi u Ahmad Jabraga tik boqib. Biroq u o’zi g’amini eyayotgan xalqni ayovsiz qirg’in qilish uchun Bashar Asadni qurol yaroq va raketalar bilan ta’minlayotgani haqida og’iz ochmadi. Koalitsiya rahbari ham bu haqida undan so’ramadi, botina olmadi shekilli.

Jon Kerri ham Lavrov bod-bod takrorlab kelayotgan eski yolg’on da’voni yana bir takrorlab o’tdi. Ya’ni uning da’vosiga ko’ra, Vashington va Moskva Suriya xalqiga biron narsani yuklamaydi, balki Suriya xalqi o’z taqdirini o’zlari belgilashlari lozim.

Suriya halqi o’z taqdirini o’zlari hal qilish kerak bo’lsa, unda ularning Jeneva konferentsiyasiga ne hojat?! Suriya xalqining talabiga quloq solshniing o’zi kifoya emasmi? ular nimani talab qilishmoqda? Suriya xalqining kattasiyu-kichigi, ayoliyu-erkagi bir ovozdan “Biz shariat qonunlari bilan yashashni istaymiz”, deb hayqirishmoqda. Qani ularning talabi inobatga olingani?! Suriya xalqi bu – G’arbga malaylik qilayotgan va Islom shariatining o’rniga demokratini olg’a surayotgan 4-5 ta qalang’i-qasang’ilarilardan iborat emas. Agar ular o’zlari aytayotgan demokratiyaga amal qilgan taqdirda ham xalqning talabini inobatga olishi kerak edi. Ammo tatbiq qilib bo’lmaydigan ularning xom hayol demokratiyasi qachon o’zlarining manfaatiga to’g’ri kelsagina tillarda yangray boshlaydi, xolos.

Ularning dardi Suriya xalqi ham emas, o’zlari da’vo qilayotgan demokratiya ham emas. Bunga dalil shuki, AQSh ham, Rossiya ham va boshqa G’arb davlatlari ham yillar mobaynida diktatorlik rejimlarni dastaklab keldi va hanuz dastaklashda davom etmoqda. Ularning birdan bir g’ami Shom o’lkasida Xalifalik davlatini tiklanib ketishidir. Xalifalik davlati tiklansa ular Islom yurtlariga tumshug’ini tiqa olmay qoladi. Islom yurtidagi boyliklarni qoqi bahosida tashib keta olmay qoladi.

Qiyomuddin

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.