Natalya Voytenkovani qamoqdan ozod qilishdi

427
0

14.01.14_voitenkova

Ostona shahar sudi besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan Natalya Votenkova ishini qayta ko’rib chiqdi.

Uning advokati Natalya Demidovani xabar qilishicha, sud Natalya Votenkovani uch nafar balog’atga etmagan farzindi borligini inobatga olib, uni Jinoyat kodeksining 72 moddasi (xomilador va balog’at yoshiga etmagan farzandlari bo’lgan ayollarni va yosh bolalarni yolg’iz tarbiyalayotgan erkaklarni jazo muddatini kechiktirish)ga asosan ozod qildi.

Agar besh yil mobaynida Votenkova qayta jinoyat sodir etmasa sud uni ishini qayta ko’rib chiqishi va jinoiy javobgarlikdan butunlay ozod etishi mumkin, deya tushintirish berdi advokat.

Natalya Votenkovani eri Rafis Galiulin 2009 yili Hizb ut-Tahrir safida faoliyat qilgani uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Bu oilani uch nafar (12 yoshli Abdulloh, 6 yoshli Xadija va 5 yoshli Muslima) farzandlari bor. Ularning onasi qamoqdaligi vaqtida ular Natalyaning qari onasi va 19 yoshli singlisi Polina qaramog’iga topshirilgan edi.

Eslatib o’tamiz, 2013 yil 12 oktyabr kuni Ostona shahar Sariarka tuman sudi Natalya Votenkovani ekstremizmda ayblab, besh yilga ozodlikdan mahrum etish to’g’risida qaror qilgan edi. Uni eri Rafis Galiulinni qamoqxonadagi holati haqida gapirib bergani va bu videoyozuvni YouTube orqali tarqatishlikda ayblashgan edi. Videoyozuvda Natalya eri qamoqxonada qiynoqqa solinayotgani va taxqirlanayotgani haqida aytgan edi.

Sudning bu qaroridan so’ng, Ufadan mustaqil islomiy jurnalist Tagir Minibaev tomonidan Votenkova himoyasi uchun tashkillashtirgan aktsiya xalqaro tus olgan edi. YouTube tarmog’ida ko’p bolali onani ozod etilishini talab qilgan videoroliklar, ijtimoiy tarmoqlarda ayni talab bilan yuzlab suratlar tarqatildi va taniqli matbuot nashrlarida maqolalar e’lon qilindi.

Bu tadbirda Rossiya, Qozog’iston, Ukraina, Tatariston, Turkiya, Qirg’iziston, O’zbekiston, Falastin, Shvetsiya, Marokko va boshqa davlatlar fuqarolari ishtirok etishdi.

Alloh Taolo aytadi: “(Ey insonlar), sizlarning millatingiz-diningiz haqiqatda bir bindir (ya’ni Islomdir). Men esa Parvardigoringizdirman. Bas Mengagina ibodat qilinglar!” [21:92]

manba: Nusra.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.