Misrda qonli referendum

473
0

images (20)

Misrda yangi konstitutsiya bo’yicha referendum qonli suratda boshlandi. Referendumni baykot qilib namoyishga chiqqan “Musulmon birodarlar” harakatiga qarata xavfsizlik kuchlarining uyushtirgan hujumi oqibatida 11 kishi hayotdan ko’z yumdi, 28 kishi yaralandi. Bu haqida Misr sog’lik xizmati xabar tarqatdi.

Mas’ullarning bildirishicha, kuchli to’qnashuv Qohira janubi Bani Suvayf mintaqasidagi ovoz berish markazida ro’y bergan. “Musulmon birodarlar” harakati so’zchilari ham to’qnashuvda harakat a’zolaridan o’lganlar borligini tasdiqladi.

Tanqidchilarning ta’kidlashicha, yangi konstitutsiyada harbiylarga maxsus imtiyozlar berilgani norozilik to’lqiniga sabab bo’lmoqda.

Misrliklar, aniqrog’i Husni Muborak ag’darilgandan keyin Misr hokimiyatini egallab olgan siyosatchilar Arab bahori boshlangandan beri ikkinchi bor o’z konstitutsiyalarini o’zgartirishmoqda.

Avvalgi o’zgarish harbiylar tarafidan qulatilgan sobiq prezident Muhammad Mursiy davrida o’zgartirilgan edi. Mursiy qulatilgach, uning tashabbusi bilan qayta tuzilgan konstitutsiya bekor qilinib, o’zlarini demokrat sanagan a’zolar tarafidan qayta tuzildi.

Norozilik namoyishlariga qaramay, referendum davom etmoqda. 15 yanvar tong sahardan saylov markazlari yana ishga tushdi. Harbiylar ko’proq “Ha” degan ovozni to’plash istagida ish yuritishmoqda. Davlat televideniyalari referendumni yoqlab ovoz berilayotgan manzaralarni tinimsiz efirga uzatib turipti.

53 million kishining ovoz berishi kutilayotgan referendumda yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi yoki rad etilishi aniqlanadi. Agar yangi konstitutsiya qabul qilinsa hozirda Misr mudofaa vazirligi lavozimini egallab turgan Abdulfattoh As-Sisi prezidenlikka o’z nomzodini qo’yishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.