Karimovcha “ogohlik”

82
0

images (18)

Prezident Islom Karimov mamlakat Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 22 yilligi munosabati bilan harbiylarga yo’llagan bayram tabrigida o’z odatiga muvofiq bu safar ham Afg’oniston masalasi o’zi uchun chuqur tashvish va xavotir uyg’otishini yana bir bora ta’kidlab o’tdi.

“AYSAF deb atalmish tinchlikparvar kuchlarning Afg’onistondan olib chiqib ketilishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar uchun jiddiy sinovga aylanishi, bizning janubiy sarhadlarimizda va chegaradosh hududlarda keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday murakkab va oqibatini oldindan aytib bo’lmaydigan jarayonlarning barchasi bugungi kunda hammadan yuksak darajadagi hushyorlik va ogohlikni, chegaralarda keskinlikni keltirib chiqarishga qaratilgan urinishlarga yo’l qo’ymaslik bo’yicha qat’iy choralarni ko’rishni, O’zbekistonga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzkor xurujlarga Qurolli Kuchlarning o’z vaqtida va munosib zarba berish qobiliyatini ta’minlashga doimo tayyor turishimizni talab etmoqda”, – dedi prezident.

Afg’onistondan bosqinchi kuchlar olib chiqib ketilishi yaqinlashgani sari prezident Karimovni yurish-turishida ham, o’y-hayolida ham bu vaziyatni qanday qilib bo’lsada betalofat o’tkazishlik bo’lib qolgan ko’rinadi. Shuning uchun ham qaerda nutq so’zlamasin, qanday bayram yoki yig’ilishda ishtirok etmasin albatta Afg’oniston masalasini tilga olib, ayni shu masalada to’xtalib odamlarni ogohlikka va “har qanday burilishlarga” tayyor turishlikka chaqirib keladi.

Chunki Karimov o’zi olib borgan mustabid siyosat natijasida O’zbekiston xalqini boshi berk ko’chaga olib kelib qo’yganligini, bir kun “pichoq borib suyakka qadalishini” juda yaxshi biladi. Shu sababli odamlar boshlarini ko’tarishlariga yo’l qo’ymaslik uchun o’z zulmni kuchaytirishdan, odamlarni siyosiy va iqtisodiy qiyinchiliklar botqog’ida uzoqroq ushlab turishdan boshqa chorasi ham qolmadi. Agar O’zbekistonda siyosiy tartibsizliklar vujudga keladigan bo’lsa, o’zining bu diktaturasi va kuch organlar qo’lidan hech ish kelmasligini, o’zi, oilasi va atrofidagi shu tuzumdan manfaatdor bo’lgan bir xovuch amaldorlar hayoti va xavfsizligi savol ostida qolishini hamda sodir etgan jinoyatlari uchun javob berishini ham yaxshi biladi.

Aynan shuni uchun ham bu zolim odamlarni va ayniqsa o’sib kelayotgan yoshlarning zehnlarini zaharlashlikka qattiq harakat qilmoqda va bu yo’lda matbuot, televideniya va “saroy ulamolari”dan keng foydalanmoqda.

“Harbiy xizmat, harbiy kadrlarni tayyorlash va armiyamizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlardan mamlakatimiz fuqarolarini xabardor etishda ommaviy axborot vositalari va Internetning milliy tarmog’i imkoniyatlaridan faol foydalanish zarur. Bu borada rasmiyatchilik va yuzaki yondashuvlarga yo’l qo’ymaslik, yoshlarimiz qalbida Vatanimizga chuqur mehr-muhabbat, uning Qurolli Kuchlari bilan g’ururlanish va harbiy xizmatga hurmat tuyg’usini tarbiyalash lozim”, – dedi O’zbekiston prezidentining harbiylarga tabrigida.

Chunki bugungi kunda aynan internet orqali yoshlar muqobil ma’lumot olish, hukumatning rasmiy saytlari orqali berilayotgan xabarlarni haqqoniyligini tekshirib ko’rish imkoniga ega bo’lmoqdalar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.