Saroy ulamolari shaytonni ham dog’da qoldirmoqda

157
0

загруженное (4)

O’tgan hafta Suriya muftisining yordamchisi Abdurrahmon Ali Tepki qalblarni larzaga soladigan fatvo chiqardi. Davlat radiosi orqali efirga uzatilgan fatvoda muxolifatga aloqador bo’lgan har bir ayolning nomusiga tajovuz qilishga chaqiriladi.

“Ayollar, onalar, rafiqalar qurolli kuchlarga dastak bo’lganligi uchun jazo sifatida ularning nomuslariga tajovuz qilish joizdir”, deb fatvo chiqardi Suriya saroy ulamosi.

images-1Misr saroy ulamosi esa, musulmonlarni Allohning shariatiga zid keladigan konistitutsiya  reformasiga ovoz berishga chaqirmoqda. Xristian ruhoniylari bilan og’iz-burun o’pishib  ko’rishadigan al-Azhar shayxi Ahmad Toyyib Misr xalqini yangi konstitutsiyani loyihasini  qabul qilishga va referendumga qatnashishga chaqirib chiqdi.

Muborak davridagi muftiy lavozimida ishlagan va u prezidentlikdan qulashi bilan yangi  hukumat uchun keraksiz bo’lib qolgan Ali Jum’a ham bor kuchini sarflab odamlarni  referendumga olib chiqish ilinjida. U «bu konstitutsiya samo tarafidan qo’llab-  quvvatlanayotganligini» da’vo qildi.

Misr sobiq muftisi Doktor Farid Vosil shariatga zid bo’lgan referendumga ishtirok etish vojib deya fatvo chiqardi. Yangi konstitutsiya Allohning Kitobi va Rosululloh s.a.v.ning Sunnatidan istinbot qilinmaganligidan 100% xabardor bo’lgan muftining ta’kidlashicha, bu Qur’on emas, uni xohlagan paytda o’zgartirib olish mumkin.

images (1)

O’zbekiston saroy ulamolari ham ulardan qolishmadi. 10 yanvar kuni bo’lib o’tgan juma  xutbalarida rasmiy imomlar o’z ma’ruzalarida vatanni himoya qilish va qo’liga qurol olib  chegaralar osoyishtaligini ta’minlash jihodning bir turi ekanligini ta’kidlar ekan,  harbiylarni namoz o’qimaslikka chaqirishdi.

Prezident Karimovning ishlarini ko’klarga ko’tarib maqtash bilan dong taratgan Toshkent  shahar Bosh imom xatibi Anvar Tursunov o’ziga hukumat tarafidan “nozil bo’lgan”  maruzani o’qib eshittirdi. Ma’ruzada Anvar qori Karimovning qo’l-ayog’i bo’lgan  militsionerlar va xavfsizlik xizmati xodimlarini olqishlab, ularni Alloh va Islom yo’lida  jang qilayotgan mujohidlarga tenglashtirdi.

Boshqa rasmiy imomlar ham namoz o’qish uchun chegaradagi postni tashlab ketish gunohi azim ekanligini ta’kidlab, harbiylarni xizmat payti namoz o’qimaslikka chaqirishdi.

Saroy ulamolari bu ishlar shariatga to’g’ri kelmasligini bila turib mana shunday fatvolarni chiqarishmoqda. Ular Allohning dinini bir chekkaga surib qo’yib, Allohni rozi qilish o’rniga hokimiyatdagilarninig ortidan halloslab yugirishmoqda.

Ammo bular qanchalik elib yugirishmasin ummat ularni yaxshi tanib oldi. Biroq ularning kimligini tanib qo’yishning o’zi nimani ham o’zgartirardi. Agar musulmonlar munkarni ko’rib, eshitib uni o’zgartirishga harakat qilishmasa Alloh ularning ahvolini o’zgartirmaydi. Alloh Taolo aytadi.

إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ

„– Aniqki, to biron qavm o’zlarini o’zgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o’zgartirmas“. [13:11]

Nabiy A marhamat qiladilar:

«مَنْ رَأَى سُلْطَانًا جَائِرًا، مُسْتَحِلاًّ لِحُرُمِ اللَّهِ، حَاكِمًا فِي عِبَادِ اللَّهِ بِالإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ، وَلَمْ يَغَيِّرْ عَلَيْهِ بِقِوْلٍ أَوْ بِفِعْلٍ، كَانَ عَلَى اللَّهِ أَنْ يُدْخَلَهُ مُدْخَلَهُ»

«Kimki Alloh harom qilgan narsalarni halol qilayotgan, Allohning bandalari orasida gunoh va adovat bilan hukm yuritayotgan zolim sultonni ko’rsayu, uni so’z yoki amal bilan o’zgartirmasa, uni kiradigan joyiga kiritib yuborish Allohning zimmasidadir».

Qiyomuddin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.