Elektr toki bilan kuydirib o’ldirish haqidagi savolga javob

600
0

images (16)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan Muneeb Sherening elektr toki bilan kuydirib o’ldirish haqidagi savoliga javob

Savol:

Men Pokistondagi Hizb ut-Tahrir yigitlaridan biriman. Men arab tili va usuli fiqh kabi ijtihod ilmlaridan bir oz ilm olganman. Men sizning kitobingizdan usulni o’rgandim. Bir kuni birodarlardan biri hashoratlarga qarshi elektr asbob (rapter) haqida: hashoratlarni kuydirib o’ldirish uchun undan foydalansa bo’ladimi? – deb so’radi. Shundan keyin mushrifim o’zim o’rgangan narsalarni tatbiq etish uchun bu masala borasida izlanishimni talab qildi. Bu savolni hamda izlanishim tafsilotlarini va mana shu maktubga ilova qilingan ishdagi natijalarini Hizbga yubordim.

Bir oz vaqtdan keyin Hizb javob berdi. Javob mening izlanishim natijasiga xilof bo’ldi. Iltimos qilaman, mening izlanishimni ko’rib chiqib, menga u haqdagi o’z ra’yingizni, usul bo’yicha istinbot qilishdagi xato o’rinni va boshqalarni bildirsangiz. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

Javob:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Men bahs bilan tanishib chiqdim. Mening uchta mulohazam bor:

1 – Birinchisi shuki, sizda hukmlarni istinbot qilishga qiziqish va ahamiyat berish bor. Bahsingiz tariqati yaxshi, chunki siz dalillarni o’rganib ulardan hukmni bizning usuldagi tariqatimiz bo’yicha istinbot qilyapsiz… Bu esa yaxshilikdan darak beradigan ishdir. Men duo qilib Alloh Subhanahudan sizga yordam va tavfiq berishini so’rayman.

2 – Manotning kuydirishga nisbatan haqiqati to’liq, etarli aniqlanmagan. Chunki siz olov yordamida kuydirish bilan elektr toki yordamida kuydirishni bir-biridan farqlagansiz. Vaholanki bu masala bittadir. Masalan o’tinni yoqish muayyan kayfiyatda kuydirishga olib keladigan haroratni paydo qilsa, elektr toki ham muayyan kayfiyatdagi kuydirishga olib keladigan haroratni paydo qiladi. Shuning uchun olov bilan kuydirishga to’g’ri keladigan narsa elektr toki bilan kuydirishga ham to’g’ri keladi.

3 – Siz hashoratlarni elektr toki bilan kuydirib o’ldirishni ko’rib chiqqan paytingizda hashorat elektr toki bilan kuyishdan oldin o’ladi, degan xulosani qilgansiz. Chunki siz bunday degansiz: «Kuyishning sababi hashorat jismida elektr tokining yurishidir, bu haroratni paydo qiladi… Ana shu harorat hashorat jismining kuyishiga sabab bo’ladi, demak hashorat kuyishdan emas, elektr toki yurishidan o’ladi, chunki kuyish hashorat o’lganidan keyin yuz beradi». Ya’ni hashoratning kuyishi u o’lik holda bo’lganida ro’y beradi. Buni – ey birodar – ko’rib chiqish zarur. Bu mutaxassislar tomonidan chuqur o’rganib chiqilishi zarur. Chunki hashoratni elektr toki urib, kuydirgan bo’ladi. Hashorat o’lik emas, tirik bo’lgan. Elektr toki urgandan keyin u o’lib kuyib ketgan bo’ladi. Shunday ekan nega endi hashorat oldin elektr toki urishi sababli o’lgan va ana shundan keyin elektr toki bilan kuygan deb aytish kerak? Zero hashorat elektr asbob yordamida elektr toki bilan urilganidan keyin o’lik, kuygan holda topilgan. Shuning uchun biz bunda mutaxassis ekspertlar ra’yiga muhtojmiz. Chunki hashoratlarning o’limiga elektr asbob sabab bo’lgan: U elektr toki bilan kuydirishmi? Agar shunday bo’lsa unga tirik jonivorlarni kuydirish haromligi haqida vorid bo’lgan nususlar to’g’ri keladi. Yoki kuyish hashorat o’lganidan keyin bo’ladimi? Shuning uchun mana shu manot haqiqatini o’rganib chiqib, shundan keyin shar’iy hukm berish mumkin bo’ladi.

4 – Kuydirib o’ldirishning haromligi haqidagi dalillarga kelsak ular bu to’g’rida ochiq kelgan. Bu dalillardan ba’zilari quyidagilar:

Buxoriy Abu Hurayra Gdan shunday deganini rivoyat qildi: Rosululloh A bizni bir ishga yuborib bunday dedilar:

«إِنْ وَجَدْتُمْ فُلاَنًا وَفُلاَنًا فَأَحْرِقُوهُمَا بِالنَّارِ»

«Agar falonchi va falonchini topsangiz ularni olovda kuydiringlar». Biz chiqmoqchi bo’lgan paytimizda Rosululloh A bunday dedilar:

«إِنِّي أَمَرْتُكُمْ أَنْ تُحْرِقُوا فُلاَنًا وَفُلاَنًا، وَإِنَّ النَّارَ لاَ يُعَذِّبُ بِهَا إِلاَّ اللَّهُ، فَإِنْ وَجَدْتُمُوهُمَا فَاقْتُلُوهُمَا»

«Men sizlarni falonchi va falonchini kuydirishlaringizni buyurgan edim. Olov bilan faqat Allohgina azoblaydi, shuning uchun ularni topsangiz o’ldiringlar».

Ahmad o’zining Musnadida Abu Hurayradan shunday deganini rivoyat qildi: Rosululloh A bizni bir ishga yuborib bunday dedilar:

«إِنْ وَجَدْتُمْ فُلَانًا وَفُلَانًا لِرَجُلَيْنِ مِنْ قُرَيْشٍ فَأَحْرِقُوهُمَا بِالنَّارِ»

«Agar Qurayshdan falonchi va falonchini topsangiz ularni olovda kuydiringlar». Shundan keyin biz chiqmoqchi bo’lgan paytimizda Rosululloh A bunday dedilar:

«إِنِّي كُنْتُ أَمَرْتُكُمْ أَنْ تُحْرِقُوا فُلَانًا وَفُلَانًا بِالنَّارِ، وَإِنَّ النَّارَ لَا يُعَذِّبُ بِهَا إِلاَّ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ، فَإِنْ وَجَدْتُمُوهُمَا فَاقْتُلُوهُمَا»

«Men sizlarni falonchi va falonchini kuydirishlaringizni buyurgan edim. Olov bilan faqat Alloh Azza va Jallagina azoblaydi, shuning uchun ularni topsangiz o’ldiringlar».

Shunday qilib, demak tirik jonivorlarni olov bilan kuydirish harom. Bu haromlik insongagina tegishli bo’lmay omdir. Shuning uchun haromlik hukmi barcha maxluqlarga umumiydir. Demak shar’iy hukm olov bilan azoblash va olov bilan kuydirish harom degan hukm bo’ladi. Elektr toki bilan azoblash yoki elektr toki bilan o’ldirish kabi shu ma’nodagi barcha narsa haromdir.

5 – Siz zikr qilgan hadisga kelsak, siz undan olov bilan kuydirish va olov bilan o’ldirish harom emas makruhdir deb tushungansiz, bunga:

«إِنِّي لَأَسْتَحْيِي مِنَ اللَّهِ»

«Albatta men Allohdan hayo qilaman» degan lafzni dalil qilib keltirgansiz. Bu istinbot marjuh (kuchsiz)dir. Chunki Rosul A shundan keyin:

«لاَ يَنْبَغِي لِأَحَدٍ أَنْ يُعَذِّبَ بِعَذَابِ اللَّهِ»

«Hech kimning Alloh azobi bilan azoblashga haqqi yo’q» dedilar. Bu hadis matni quyidagicha:

Said ibn Mansur o’zining Sunanida Ibn Abu Najihdan shunday deganini rivoyat qildi: Rosululloh A bir sariyani yuborib

«إِنْ وَجَدْتُمُوهُ فَاجْعَلُوهُ بَيْنَ حِزْمَتَيْ حَطَبٍ، ثُمَّ أَشْعِلُوا فِيهِ النَّارَ»

«Agar uni topsangiz uni o’tin bog’lamlari o’rtasiga qo’yinglar, so’ng unga olov yoqib yuboringlar» dedilar. Keyin Payg’ambarimiz bunday dedilar:

«إِنِّي لَأَسْتَحْيِي مِنَ اللَّهِ لاَ يَنْبَغِي لِأَحَدٍ أَنْ يُعَذِّبَ بِعَذَابِ اللَّهِ…»

«Albatta men Allohdan hayo qilaman, hech kimning Alloh azobi bilan azoblashga haqqi yo’q…». Ko’rib turganingizdek Rosululloh A:

«لَأَسْتَحْيِي مِنَ اللَّهِ»

«Albatta men Allohdan hayo qilaman» deganlaridan keyin:

«لاَ يَنْبَغِي لِأَحَدٍ أَنْ يُعَذِّبَ بِعَذَابِ اللَّهِ»

«Hech kimning Alloh azobi bilan azoblashga haqqi yo’q…», dedilar. Buni Buxoriy hadisi bilan jamlansa olov bilan azoblash va o’ldirish harom ekanligi ayon bo’ladi.

Xulosa: bundagi shar’iy hukm hashoratlarga qarshi elektr asbob bilan o’ldirish manoti haqiqatini o’rganib chiqishga bog’liqdir. Ana shunda hashoratlar kuydirib o’ldirildimi yoki hashoratni elektr toki urib, uning jasadida tok yurib o’lganidan keyin kuydirildimi, shuni bilib olinadi. Buning uchun esa mutaxassislar tomonidan qo’shimcha izlanish olib borish kerak bo’ladi. Shunga binoan shar’iy hukm istinbot qilinadi.

Men maktubimning boshida: «Sizda hukmlarni istinbot qilishga qiziqish va ahamiyat berish bor. Bahsingiz tariqati yaxshi, chunki siz dalillarni o’rganib ulardan hukmni bizning usuldagi tariqatimiz bo’yicha istinbot qilyapsiz… Bu esa yaxshilikdan darak beradigan ishdir. Men duo qilib Alloh Subhanahudan sizga yordam va tavfiq berishini so’rayman», degan so’zlarimni takrorlayman.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

1 robiul-avval 1435h

2 yanvar 2014m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.