Maqsad Xalifalikning qayta tiklanishiga yo’l qo’ymaslikdir

78
0

images (8)

Jibuti prezidenti Ismail Omar Gelle “Ash-Shabab” harakatiga qarshi kurash olib borishdagi asl maqsadini ochiqladi. Ismail Omarning ma’lum qilishicha, Jibuti harbiylarining Somalida jang olib borishidan asosiy maqsadi terrorchi guruhlar ro’yxatidan joy olgan “Ash-Shabab” harakatiga qarshi kurashish emas, balki Xalifalik davlatining tiklanishiga to’sqinlik qilishdir.

“Ash-Shabab” harakatining rasmiy so’zchisi shayx Abu Mus’abning “Jibuti askarlari murtaddir. Ikki hijrat yurti tuproqlaridagi Frantsiyaning ittifoqdoshlariga qarshi jang qilishni davom ettiramiz”, deya bayonot berdi. Rasmiy so’zchining ayni bayonoti Jibuti prezidentining Somalida Islom Xalifaligi davlati tiklanishini oldini olish uchun kurash olib borayotganligini e’tirof etishiga turtki bo’ldi.

Eslatib o’tamiz: Somali davlatining markazida joylashgan Baladveyn shahrida Jibuti va Effiopiyadan safarbar qilingan harbiy kuchlari “Ash-Shabab” harakatiga qarshi jang olib boradi.

Jibuti prezidenti Ismail Omar Gelle “Amerika ovoziga” bergan xos intervyusida Jibuti davlati Somalidagi mujohidlarga qarshi jang qilishga bel bog’laganligini va bu jangdan ko’zlangan asosiy g’oya Islomiy Xalifalik qayta tiklanishiga yo’l qo’ymaslik ekanligini bildirdi.

“Somalidagi kuchlarimizning vazifasi Afrika sharqida Islomiy Xalifalik davlati tiklanishiga yo’l qo’ymaslikdir. Halqaro qonuniylikka qarshi keladigan har bir rejani qat’iyyan rad etamiz”, dedi u.

Turkiston: Kufr sistemasining etakchi davlatlari, xatto bir birlarining manfaatlariga ziyon etkazish yoki tortib olish maqsadida olib borishayotgan bosqinchiliklarida xam, Islom sistemasiga zarba berish imkoniyatlaridan unumli foydalanib borishga e’tiborlarini qattiq qaratishadi. Balki asl maqsadlarini yopish maqsadida musulmonlarni xar xil atamalar bilan atab, ularni dunyo sistemasi uchun o’ta xavfli qilib ko’rsatib olishadi.

Ular uchun Xalifalik davlati tiklanish xavfi Sharqiy Afrika tomonlarda birinchi darajali muammo emas. Lekin bu dunyo sistemasi oldida umumiy olganda eng avvalgi muammo. Xalifalik aytaylik Yaqin Sharqda, yanada aniqrog’i Shom o’lkalarida tiklanish arafasida turibdi. Lekin kufr sistemasi dunyo bo’ylab Xalifalikka qarshi ongli xarakat olib borishga urinishmoqda. Ular Islom dinini xayotga qaytishi, dunyo musulmonlarining bir bo’lib, kufr sistemasini inkor qilishlari va Islomni sistema sifatida talab qilishlari ortida ekanligini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ular kurashni butun olam bo’ylab kuchaytirishmoqda. Ularning xar biri o’z mustamlakasi bo’lgan yurtlarga xarbiy bazalarini o’rnatishga, yoki ish olib borayotgan malay xokimiyatlarini qattiq nazoratga olish kabi ishlarini kuchaytirishyapti.

Demak ular Islomni Mabda’ ya’ni sistema sifatida dunyo ummati ongiga keyinchalik urfiga kirib borishidan qattiq xavotirdalar. Chunki Xalifalik davlati tiklanishida va keyin dunyo etakchiligini olib borishida, butun dunyo ummatining tushunchalaridan kelib chiqqan ongli qo’lloviga muxtoj bo’ladi. Shuning uchun biz musulmonlarning ongli xarakatlarimiz, qaerda bo’lmaylik ustilarimizdagi kufr sistemasiga bolgan noroziliklarimizni izxor qilib, uning buzuq boshqaruv nizomini Islom boshqaruvi bilan almashtirish uchun qattiq xarakat olib borishimizni taqazzo etadi. Shu xarakatlarga bor imkoniyatlarini sarflash bilan xar bir musulmon, tiklanajak Xalifalik davlatiga xissa qo’shgan va shu yo’lda qurbon bo’layotgan musulmonlarga yordam berayotganlar safida bo’ladi Insha Ollox. Chunki kufr Afrikada xam kufr.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.