Qirg’izistonda terrorizmni har qanday ko’rinishiga qarshi jazo kuchaytirildi

429
0

atambay

Qirg’iziston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, prezident Almazbek Atambaev “terrorizmga qarshi kurash haqidagi” qonunga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi hujjatga qo’l qo’ydi. Bu qonun 2013 yil 21 noyabr kuni parlament tomonidan qabul qilingan edi.

Yangi qonun terroristik faoliyat bilan shug’ullanganlik alomatlarini aniqlashni va terrorizmni barcha ko’rinishiga qarshi jazo choralarini kuchaytiradi. Masalan, xalqaro munosabatlarni izdan chiqarish yoki urish qo’zg’ash maqsadida sodir etilgan jinoyatlar uchun 20 yildan boshlab, bir umrga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi.

Amalda bo’lgan qonun hujjatida esa bu kabi jinoyat 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni o’z ichiga olar edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.