Jon Kerri qirol Abdulla tashabbusini qo’llab quvvatlamoqda

493
0

kerri

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Saudiya Arabistoniga safar qilib, poytaxt Riyodda qirol Abdulla bilan uchrashdi. u Falastin va Isroil o’rtasida murosaga erishish uchun qirol Abdulla olg’a surgan tinchlik tashabbusini qo’llab-quvvatlamoqda.

Saudiya Arabistoni qiroli Abdullaning 2002 yilda o’rtaga tashlagan tinchlik tashabbusiga ko’ra, Isroil 1967-yilda bosib olgan Falastin erlaridan chiqib ketishi lozim. Buning evaziga arab davlatlari Isroil bilan aloqalarini yaxshilaydi.

“Reyters” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, AQSh davlat kotibi Arabiston qiroli Malik Abdulloh bilan ayni masala borasida olib borgan suhbati 3 soat davom etgan.

Arabiston tashqi ishlar vaziri shohzoda Saud Alfaysal Arabiston davlat mas’ullari va AQSh davlat kotibi Jon Kerri o’rtasida bo’lib o’tgan muzokaralarini o’ta foydali suhbat, deb sifatladi. Uning aytishicha, hozirgacha AQSh bilan bu muzokaralardan ko’ra konstruktiv va muhimroq muzokara o’tkazilgan emas.

Bundan avval Amerika bosh diplomati Yaqin Sharqda Falastin va Isroil rasmiylari bilan muzokara olib borgan edi. Biroq, xabarlarda aytilishicha, uning muzokaralari yaxshi natija bermagan.

Turkiston: 2002 yili Bayrutda o’tkazilgan sammitda Saudiya vakili qirol Abdulloh bir tinchlik tashabbusini taqdim qilgan edi. Tashabbusga ko’ra, Isroil 1967 yili bosib olgan erlardan chiqib ketishi, buning evaziga Arab davlatlari Isroil bilan tabiiy (normal) aloqalarni o’rnatishi lozim edi.

Qirol abdullohning bu taklifi navbatdagi xiyonatdan o’zga narsa emas. Chunki 1967 yilda bosib olingan erdan chiqib ketishni talab qilish undan oldin, ya’ni 1948 yilda bosib olingan erlarni bosqinchi yahudiylarga qo’sh qo’llab topshirib, Isroil davlatini tan olish va muqaddas erga o’rnashishiga qonuniy tus berish demakdir.

Shuni ham aytish kerakki, Bosqinchi yahudlar tarafidan 1967 yilda bosib olingan erlar Falastin erining 20%dan ham ozrog’ini tashkil qiladi. Demak bu tashabbusdan shuni tushinish mumkinki, Qirol Abdulloh yahudiylarga “Falastinning 80%i sizda qolsin, qolgan 20%dan ozrog’ini Falastin aholisiga bering”, deb yalinmoqda.

Hech kimning – xoh qirol bo’lsin, xoh oddiy fuqaro bo’lsin – uning bir qarichidan bo’lsa ham voz kechishga haqqi yo’q. Falastin faqat 1967 yilda bosib olingan erlardangina iborat emas. 1948 yilda bosib olingan erlar bilan 1967 yilda bosib olingan erlar o’rtasida farq yo’q. Barchasi Islom eridir. Falastin Alloh Taolo barakotli qilgan sof islomiy erdir.

Qiyomuddin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.