«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz» hadisining sahihligi haqidagi savolga javob

109
0

images (25)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Muhammad Adib Xalilning

«أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ بِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz» hadisining sahihligi haqidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!. Alloh sizni yaxshilik mukofotlasin, sizni O’z nusrati bilan qo’llasin va Xalifalik davlatini tiklash bilan qo’zingizni quvontirsin. Muhtaram shayximiz, sizga berayotgan ushbu savolimni hizbiy birodarlardan so’ragandim, ular: bu hadis fiqh kitoblarida bor, shuning o’zi kifoya, deb javob berdilar. Biroq biz o’z fikrlarimizda eng kuchli dalillarni sinchikovlik bilan izlab topadigan bo’lishimiz lozimligini bilamiz. Biz tabanniy qilgan, hadis ahkomlariga aloqador ushbu:

«أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ بِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz», degan hadis «Islomiy shaxsiya» kitobining 3-juzi ijmo haqidagi mavzusida sahobalarni madh qilib kelgan. Uni Rozin rivoyat qilgani aytilgan. Ammo «Durari sunniya» entsiklopediyasidan bu hadisni izlash bilan shu narsa ayon bo’ldiki, bu hadis mavzu (to’qilgan) hadis ekan, shuningdek, Rozin kim o’zi, Rozin nomidagi musnad to’plam bormi? Birodaringiz Abu Ahmad.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!.

Bu hadis ayrim hadis kitoblarida kelgan, jumladan:

1 – Ibn Battaning «Ibonatul kubro» kitobi. U Abu Abdulloh Ubaydulloh ibn Muhammad ibn Hamadon Ukbariy bo’lib, Ibn Batta Ukbariy nomi bilan mashhur (vafoti 387h.). Hadis matni quyidagicha:

Menga Abu Yusuf Ya’qub ibn Yusuf aytdi: bizga Abu Yahyo Zakariyo ibn Yahyo Sojiy aytdi: bizga Muso ibn Ishoq Anvoriy aytdi: bizga Ahmad ibn Yunus aytdi: bizga Abu Shihob Hamza ibn Abu Hamzadan, u Amr ibn Dinordan, u Ibn Abbosdan rivoyat qildi: Rosululloh A bunday dedilar:

«إِنَّمَا أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ، فَبِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Albatta sahobalarim yulduzlar kabidir, bas, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz».

2 – Abu Umar Yusuf ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulbir ibn Osim Namriy Qurtubiyning (vafoti 463h.) «Jomeu bayonil ilmi va fazlih» kitobi. Hadis matni quyidagicha:

Bizga Ahmad ibn Umar aytdi: bizga Abd ibn Ahmad aytdi: bizga Ali ibn Umar aytdi: bizga qozi Ahmad ibn Komil aytdi: bizga Abdulloh ibn Rovh aytdi: bizga Sallom ibn Sulaym aytdi: bizga Horis ibn G’usayn A’mashdan, u Abu Sufyondan, u Jobirdan rivoyat qildi, Rosululloh A bunday dedilar:

«أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ بِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz». Abu Umar: «Bu hujjat bo’ladigan sanad emas, chunki Horis ibn G’usayn noma’lum shaxsdir», degan.

Ushbu ikki hadis ham gap-so’zdan xoli emas, shuning uchun ayrim muhaddislar uni zaif deganlar. Lekin biz bu hadisni hasan sanaymiz, chunki u fuqaholar kitoblarida kelgan va ular bu hadisni ahkomlarni istinbot qilishda ishlatganlar. «Islomiy shaxsiya» kitobining 3-juzida hasan hadisning bizning nazdimizdagi ta’rifi bunday keltirilgan:

«Hasan hadis ikki qism bo’ladi:

1 – Bu shunday hadiski, sanadi kishilari orasida aniqlanmagan kishi bo’lib, uning hadis rivoyat qilish layoqati bo’lmaydi, biroq u rivoyatlarida g’aflatda qolmagan, ko’p xato qilmaydigan va hadis borasida yolg’on aytish bilan ayblanmagan bo’ladi.

2 – Bu shunday hadiski, uning rivoyatchilari rostgo’ylik va omonatgo’ylik bilan mashhur bo’lgan, biroq sahih hadis roviylaridan qosir bo’lgani uchun ularchalik darajaga etmagan bo’ladi. Hasan hadis xuddi sahih hadis kabi hujjat bo’ladi. Imomlar, ularning shogirdlari va boshqa ulamoyu fuqaholarning kitoblarida kelgan hadislar hasan hadis hisoblanadi va ular hujjat bo’ladi. Chunki ular ushbu hadisni hukmga dalil qilib keltirganlar, yoki undan hukm istinbot qilganlar. Bu hadis usuli fiqh kitoblarida kelganmi yo fiqh kitoblaridami, farqi yo’q, faqat bu kitoblar e’tiborli kitob bo’lishi shart. Masalan: «Mabsut», «Umm», «Mudavvanatul kubro» kabi». (Matn tugadi). Mazkur hadis fuqaholarning bir necha kitoblarida kelgan. Jumladan:

1 – «Mabsut».

Muallifi Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl Shamsul aimma Saraxsiy (vafoti 483h). Kitobning qozilik mavzusida bunday deyilgan:

«… U Allohning Kitobidagi narsalar bilan hukm qilishi kerak, agar unga biror narsa kelsayu, uni Allohning Kitobidan topolmasa, Rosululloh Adan kelgan narsa bilan hukm qilishi lozim, agar undan ham topolmasa, Rosululloh Aning sahobalarilaridan y kelgan narsa bilan hukm qilishi lozim. Biz buni yuqorida bayon qildik. Xullas, agar u taniqli sahobalardan y birining so’zini sahih deb topsa, o’sha bilan hukm qiladi va uni Rosululloh Aning ushbu

«أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ بِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz», degan so’zlariga asoslanib, bu dalilni qiyosdan muqaddam qo’yadi. Chunki unga sahobadan G etib kelgan narsaning (Rosul Adan) eshitish imkoniyati bo’lgan. Zero, sahobalar Rosululloh Adan bir narsa eshitardilar-da, so’ng o’sha bilan fatvo berar, ba’zan shunday ra’y qilar edilar…».

2 – «Hoshiya Tahtoviy ala maroqil falloh sharhi nurul izoh».

Muallifi Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil Tahtoviy Hanafiy (vafoti 1231h).

Kitobning Sunnat mavzusida bunday deyilgan:

«… Hanafiylarda sunnat – oldin aytib o’tganimizdek – Rosululloh A yoki u kishidan keyin sahobalari qilgan amaldir, «Siroj»da: Rosululloh A yoki sahobalaridan biri qilgan amal, deyilgan. Chunki u kishi o’zlarining:

«عَلَيْكُمْ بِسُنَّتِي وَسُنَّةِ الْخُلَفَاءِ الرَّاشِدِينَ مِنْ بَعْدِي»

«Mening va mendan keyingi xulafoi roshidinlarning sunnatini mahkam ushlanglar», hamda:

«أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ بِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz», degan so’zlari bilan sahobalarining sunnatiga ergashishga buyurganlar.

3 – «Al-Bayon vat-tahsil val-sharh vat-tavjih vat-ta’lil limasoilil mustaxrija».

Muallifi Abu Valid Muhammad ibn Ahmad ibn Rushd Qurtubiy (vafoti 520h).

Kitobning musulmonlardan ikki toifaning bir-biri bilan urushishi haqidagi masalasida quyidagilar keladi:

«… Chunki Alloh Taolo O’z Kitobida va Rosulining tilida ularni maqtab, bunday dedi:

«Odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo’ldingiz» [Oli Imron 110]

«Shuningdek sizlarni vasat Ummat qildik» [Baqara 143]

ya’ni adolatli, eng yaxshi ummat qildik.

«Muhammad Allohning Rosuli va u bilan birga bo’lganlar…» [Fath 29]

Rosululloh A bunday dedilar:

«أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ بِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz». Yana bunday dedilar:

«عَشَرَةٌ مِنْ قُرَيْشٍ فِي الْجَنَّةِ»

«Qurayshdan o’n kishi jannatdadir». U kishi shunday deb Ali, Talha va Zubayrni tilga oldilar, ahli sunnat va haq imomlarining gapi: Ali G va unga ergashganlar to’g’rilik va haq ustida bo’lganlar, Talha va Zubayr xato qilganlar, biroq ularni bunga ijtihodlari olib borgan, shuning uchun ularga o’sha ishni qilish farz bo’lgan, chunki ular ikkisi ham ijtihod ahlidan edi».

4 – «Zaxira».

Muallifi Abu Abbos Shihobiddin Ahmad ibn Idris ibn Abdurrahmon Molikiy, Qarofiy nomi bilan mashhur (vafoti 684h).

Kitobning imom Molik usuli haqidagi bahsida bunday deyiladi:

«… Chunki imom Molik nazdida asl-asos amalni ohod xabardan muqaddam qo’yishdir, shuningdek qiyos ham ohoddan muqaddamdir, bu Abhariyning ijtihodi. Agar (shar’iy hukmni) Sunnatdan topolmasa, sahobalar y so’zlarini oladi, agar ular ixtilof qilgan bo’lsalar, ularning so’zlaridan amal qilinganini oladi, agar amal qilingani bo’lmasa, so’zlaridan tanlab oladi va ularning barchalariga xilof qilmaydi. Shuningdek (agar Sunnatdan topolmasa), u – garchi barcha sahobalarga xilof qilsa ham – ijtihod qilishi lozim, degan gap ham bor. Birinchining (ya’ni sahobalar y so’zlarini oladi, deganlarning) hujjati Rosululloh Aning:

«أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ بِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz», degan so’zlari bo’lib qoladi. Agar buni qilolmasa, ulamolar bilan mashvarat qilgandan so’ng usulga binoan ish tutadi».

5 – Imom Shofeiy mazhabi fiqhi haqidagi «Hovil kabir» kitobi.

Muallifi Movardiy nomi bilan tanilgan Abu Hasan Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Habibul Basriy Bag’dodiy (vafoti 450h).

Kitobning sahobalar haqidagi mavzusida quyidagilar kelgan:

«To’rtinchi qism esa sahobalar bo’lib, ularga taqlid qilish aytgan fikrlaridagi holatlari qandayligiga qarab har xil bo’ladi. Ularning holatlari to’rtta…

Uchinchi holat: ulardan biri shunday bir fikrni aytadiki, bu fikrning tarqalgani ma’lum emas va sahobalardan uning xilofi ham zohir bo’lmagan, demak bu ijmo emas. Bu fikr amal qilish lozim bo’lgan hujjat bo’ladimi, yo’qmi? Bu haqda ikki xil gap bor:

Biri: Shofeiyning avvalda aytgan gapi, u Molik va Abu Hanifaning ham mazhabidir. Unga ko’ra sahobaning bu fikri amal qilish lozim bo’lgan hujjatdir. Bunga dalil Payg’ambar Aning:

«أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ بِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz», degan so’zlaridir. Chunki sahobalarning ayrimlari boshqa birovlarining so’zini uning dalilini so’ramay olaverardi, demak bu ulardan bir kishining fikri hujjat ekaniga dalolat qiladi».

6 – «Kashshoful qino’ an matnil iqno’».

Muallifi Mansur ibn Yunus ibn Salohiddin ibn Hasan ibn Idris Bahutiy Hanbaliy (vafoti 1051h).

Kitobning «(Ehromda) ov qilishning jazosi» bobida bunday deyiladi (qavsning ichiga olingan gaplar Bahutiyning sharhlari):

«… U (ya’ni ov) ikki qismdir: biri, uning misli (o’xshashi) beriladi, ya’ni hayvonning qiymat jihatidan emas, xilqat jihatidan o’xshashini berish vojib bo’ladi (bu oyatda kelgani uchun shunday). U (ya’ni misli to’lanadigan ov) ikki turli bo’lib, ularning biri sahobalar qilgan hukm bo’yicha bo’ladi (ya’ni garchi sahobalarning hammasi emas, bir qismi hukm qilgan bo’lsa ham. Sahobaning ta’rifi esa yuqorida xutbada o’tdi. Bunga dalil Rosululloh Aning ushbu so’zlari:

«أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ بِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz». Shuningdek, ushbu so’zlari:

«عَلَيْكُمْ بِسُنَّتِي وَسُنَّةِ الْخُلَفَاءِ الرَّاشِدِينَ الْمَهْدِيِّينَ عَضُّوا عَلَيْهَا بِالنَّوَاجِذِ»

«Mening sunnatim va roshid, mahdiy xalifalar sunnatini mahkam ushlang, unga oziq tishlaringiz bilan yopishing». Imom Ahmad va imom Termiziy rivoyati. Bunga yana bir dalil sahobalar to’g’rilikka eng yaqindirlar, xitob o’rinlarini yaxshi biladilar, ularning hukmi boshqalar uchun – xuddi olimning hukmi omi uchun hujjat bo’lganidek – hujjat edi). Masalan tuyaqush ovlagan kishi tuya qurbonlik qiladi (Umar, Usmon, Ali, Zayd va ko’plab ulamolar shunday hukm qilganlar, chunki u xilqatida tuyaga o’xshagan qush, shuning uchun tuya unga misl bo’ldi, demak u nususning umumi ostiga kiradi. Xiraqiy uni qushlarning bir qismi deb e’tibor qilgan, chunki uni qanotlari bor)».

7 – Mug’niy.

Muallif Abu Muhammad Muvaffaqiddin Abdulloh ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Qudoma Jamoiliy Maqdisiy, so’ng Dimashqiy Hanbaliy, Ibn Qudoma Maqdisiy nomi bilan mashhur (vafoti 620h).

Kitobning «Oltinchi fasl: o’rmalab yuradigan hayvonni (ehromda) ovlashning jazosi unga o’xshagan hayvondir» bobida bunday deyiladi:

«… Imom Molikning aytishicha, bu borada hukm ko’rib chiqiladi, chunki Alloh Taolo bunday deydi:

«… Unga o’zingizdan bo’lgan ikki adolat egasi hakamlik qiladi» [Moida 95]

Bizning dalilimiz Nabiy Aning ushbu so’zlari:

«أَصْحَابِي كَالنُّجُومِ بِأَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ»

«Sahobalarim yulduzlar kabidir, ularning qaysi biriga ergashsangiz ham hidoyat yo’lini topasiz». Shuningdek, ushbu so’zlari:

«اقْتَدُوا بِاَللَّذَيْنِ مِنْ بَعْدِي: أَبِي بَكْرٍ، وَعُمَرَ»

«Mendan keyingi ikki kishiga – Abu Bakr va Umarga ergashing». Chunki sahobalar to’g’ri hukmga yaqin, ilmda puxta bo’lishib, ularning hukmlari boshqalar uchun – xuddi olimning hukmi omi uchun hujjat bo’lganidek – hujjat bo’ladi. Ularning bizga etib kelgan hukmlaridan biri: Sirtlon uchun tovon qo’ydir, bu Umar, Ali, Jobir va Ibn Abbosning hukmi».

Ko’rib turganingizdek, mazkur hadis hanafiy, molikiy, shofe’iy va hanbaliy mazhabidagi e’tiborli fuqaholarning kitoblarida ishlatilgan.

Endi, Rozinga kelsak, bu mavzuga qayta murojaat qilib, chuqurroq izlanib ko’ramiz, insha Alloh.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.