Hazim Babloviy: Referendumga marhamat

72
0

1

Misr bosh vaziri Hazim Babloviy “Misr hodisalari”, nomli televizion dasturda chiqish qilib, Misr aholisi yangi tuzilgan konstitutsiya bo’yicha referendumga ovoz berishga chaqirdi.

“Misr aholisining aksariyati yangi tuzilgan konstitutsiya bo’yicha referendumga ovoz berish uchun rag’bat bildirishlari barcha insonlar uchun xavfsizlik tuyg’usini yoyishdir”, dedi u.

Shuningdek barcha misrliklarni bu borada birlashishga chaqigan bosh vazir Misrda yangi zamon boshlanishiga umid bildirdi.

Misr bosh vaziri yangi tuzilgan konstitutsiya bo’yicha referendum o’tkazilishi uchun belgilangan 14-15 yanvar kunlarida kuchli xavfsizlik chora tadbirlari ko’rilganligini aytib, barcha misrliklarni bu borada tashvishlanmaslikka chaqirdi.

Ayni paytda Babloviy Misr Qibtiylariga yuzlanib ularni “miylod” bayrami (yangi yil) bilan tabrikladi va “Ulug’ miylod bayrami misrliklar birlashib bir safda turishlari uchun ayni muddao”, ekanligini ta’kidladi.

Turkiston: shu kunlarda Misrda yangi konstitutsiya bo’yicha referendum o’tkazishga keng tashviqot olib borilmoqda. Rejim tarafdorlari, jumladan saroy ulamolari ham safning avvalidan o’rin olishgan. Misrning sobiq muftisi Ali Jum’a misrliklarni bu konstitutsiyani yoqlab ovoz berishga chaqirmoqda. Bir vaqtlar bu muftiy musulmonlarni qirg’in qilish uchun harbiylarga ochiq fatvo bergan edi.

“Namoyishchilarni o’ldirgan kishilarga Tubo jannat bo’lsin. Kim ularni o’ldirsa Allohning huzurida oliy bo’ladi. Balki, biz shahrimizni, Misrimizni bu qalang’i-qasang’ilardan tozalashimiz vojib”. “Din nima deydi deb qo’rqmang, Din siz tarafda. Bu fikrlarni ahli oilangizga, qo’shnilaringizga va butun harbiylarga etkazing”, deya fatvo bergan edi sobiq muftiy harbiylarni muslmonlarni qirg’in qilishga undab.

O’z navbatida “Musulmon birodarlar” jamoasi va uning tarafdorlari bu referendumni baykot qilishga tish tirnog’i bilan kurashmoqda. Agar ular bu harakatlarini “Alloh shariatiga xilof keladigan barcha konstitutsiya insoniyatga tatbiq qilinishga loyiq emas. Musulmonlar ishi Allohning shariati bilan boshqarilmog’i lozim”, degan pozitsiyada olib borayotgan bo’lsa, demak ular to’g’ri yo’lni tanlapti. Ammo hokimiyat qo’lidan ketganligiga g’azabnok bo’lib yoki mamlakatda terror guruhi ro’yxatiga kiritilganiga qarshilik sifatida bu referendumga qarshi chiqayotgan bo’lsa, ularning bu harakatlarining hech qanday qadr qiymati yo’q. Chunki musulmon kishining egallagan har bir pozitsiyasi doimo Islom aqidasidan kelib chiqmog’i lozim.

Qiyomuddin

07/01/2014

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.