Parik kiyishga oid savolga javob

91
0

images (20)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Ibrohim Xabbosning parik kiyishga oid savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin va bu qilayotgan amalingizdan bizni manfaatlantirsin. Lekin bu erda savolning bir jihatiga javob berilmagan. Buni to’g’rilab qo’ysangiz yaxshi bo’lardi. Bu jihat: uning kulliya hukmi nima? Ya’ni agar ayol uyida bo’lsa, parik kiyishi joizmi yoki bu soch ulovchi va ulatuvchining hukmini oladimi?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Darhaqiqat biz bu masalaga, parik kiyish ziynatlanish hisoblangani uchun parik kiyib ko’chaga chiqish joiz emas deb javob berib sahifamizda nashr qilgan edik. Biz yana aytgan edikki, umumiy hayotdagi kiyimda uch holat shart qilinadi. Bular: avratni yopish, ziynatning bo’lmasligi va jilbob kiyish. Parik kiyish ziynatlanishdir. Shuning uchun parik kiyib ko’chaga chiqish ro’mol uni to’liq o’ragan bo’lsagina joiz.

Agar siz «kulliya» degan so’zingiz bilan ayolning universitet kulliyasi (fakulteti)ga borishini nazarda tutgan bo’lsangiz, bu joiz emas. Ammo uni uyida kiyishi, agar uni faqat mahramlari va erigina ko’rsa joiz. Ammo erining aka-ukasi ham ko’radigan bo’lsa, boshidagi parik ko’rinishi joiz emas.

Ammo parikni soch ulovchi va ulatuvchi ma’nosida deyish noto’g’ridir. Chunki vosila (soch ulovchi) sochining ustidan parik kiyuvchi emas, balki sochini uzun qilish uchun sochiga boshqa soch ulovchi ayoldir. Bu qaerda bo’lsa ham, hatto uyida bo’lsa ham harom. Buxoriy Abu Hurayra Gdan rivoyat qilgan hadisda Nabiy A:

«لَعَنَ اللَّهُ الوَاصِلَةَ وَالمُسْتَوْصِلَةَ…»

«Alloh soch ulovchi va ulatuvchi ayolni… la’natladi», dedilar.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.