Qirg’iziston Tojikistondan chegara hududlaridan bronetexnikalarni olib ketishni so’radi

459
0

загруженное (11)

Qirg’iziston hukumati Botkent viloyatining Tojikiston bilan chegaradosh hududlarga joylashtirilgan BTRlarni olib ketishni so’rab, Tojikistonga murojaat qildi. Bu haqida Qirg’iziston bosh vazirining birinchi o’rinbosari To’kon Mamitov so’lariga tayangan holda QirTAG xabar qildi.

“Qirg’iziston va Tojikistonning Botken viloyatidagi chegaralarning tojik tomonida BTRlar turibdi. Ular u erda Oqsoy qishlog’ida sodir bo’lgan xodisalardan beri turishibdi. Davlat chegaralari qirg’iz tomonidan qattiq nazorat qilingani kabi tojik tomonidan ham kuchli qo’riqlanmoqda. Bularning barchasi yangi yil har qanday xodisalarsiz tinch o’tishi uchun qilindi. Biz allaqachon BTRlarni olib ketishni so’rab tojik tomoniga murojaat qildik”, – dedi Mamitov.

Shuni eslatib o’tish kerakki, 18 dekabr kuni Batken tumani Oqsoy qishloq aholisi Tojikistonning So’g’d viloyatiga qarashli Vorux qishlog’ini Isfara shahri bilan bog’lab turuvchi yo’lni to’sib qo’yishgan edi. Oqsoy aholisi o’z hududlarida yonib ketgan choyxonani qo’shni tomon yoqib yuborgan deb iddao qilgan va hukumat talabiga qaramay yo’l uch kun mobaynida yopiq holda qolgan edi.

Keyinchalik Bishkekda chegara masalalari bo’yicha ikki davlat bosh vazirlari darajasida uchrashuv bo’lib o’tgan, bu uchrashuvda Tojikiston tomonidan bosh vazir o’rinbosari Murodali Alimardon ishtirok etgan edi.

Tomonlar chegara muammolarini muxokama qilish uchun yanvar oyining birinchi o’n kunligida Dushanbe shahrida uchrashishga kelishib olgan edilar. Tojikiston poytaxtiga Qirg’iziston bosh vazirining birinchi o’rinbosari To’kon Mamitov borishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.