Ey Misr ahli: konstitutsiyangiz Robbingiz Kitobi va Nabiyyingiz Sunnatidan istinbot qilingan bo’lishi vojib

489
0

загруженное (13)

Matbuot bayonoti

Ey Misr ahli: konstitutsiyangiz Robbingiz Kitobi va Nabiyyingiz Sunnatidan istinbot qilingan bo’lishi vojib

Muvaqqat prezident Adliy Mansur 2013 yil 14 dekabr shanba kuni mamlakatning yangi konstitutsiyasiga referendum 14-15 yanvarda o’tkazilishini e’lon qildi. Muvaqqat prezident yangi konstitutsiyani shu oyning uchinchisida olgan edi. O’zgartirish kiritilgan konstitutsiya e’loniga ko’ra yangi konstitutsiya loyihasi bo’yicha referendum eng uzog’i bilan kelasi oyning ikkinchisida o’tkazilishi kerak edi. Muvaqqat prezident – u yuristdir – bundan bexabar ko’rinadi yoki konstitutsiyaga aloqasi yo’q ba’zi bir hisob-kitoblarga va kelishib olishlarga binoan unga konstitutsiya bo’yicha referendum o’tkazilishi vaqti belgilab berilgan bo’lishi ham mumkin. Shu ehtimol kuchliroqdir.

Inqilob hukumati bu soxta konstitutsiyani har qanday yo’l bilan bo’lsa ham o’tkazishga qat’iy ahd qilgan. Hukumat bu bilan o’zi bir necha oylardan buyon zo’r berib jar solib kelayotgan 3 iyul hodisalari «xalq qo’zg’oloni talablariga javoban» bo’ldi, degan iddiolarini tasdiqlatib olmoqchi. Shuning uchun rejimning yolg’onga o’rganib yolg’on yoqib qolgan karnaylarining harakatga tushib qolganidan hayron bo’lmasa ham bo’ladi. Masalan sobiq muftiy Ali Jum’a misrliklarni bu konstitutsiyani yoqlab ovoz berishga chaqirdi. Uning aytishicha, bu konstitutsiya «samo tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan» emish!! Doktor Kamol Halboviy esa yangi konstitutsiya islomiy dinning mag’iz-mohiyatidan olingan deb ta’kidladi! Nur partiyasi esa o’z tarafdorlarini to’plab, ularni «barqarorlikni qo’llab-quvvatlash»ni yoqlab ovoz berishga chaqirdi. Endi agar rejimga konstitutsiyani yoqlab ovoz berish uchun odamlarni to’plashda o’zining axborot karnaylari va bu ovozlar yordam berolmasa, u holda inqilob hukumatining ovoz berish natijalarini soxtalashtirish yo’liga o’tishi aniqdir!

Shuningdek Ixvon Muslimin va ayrim islomiy oqim guruhlarining bu referendumni boykot qilishga qat’iy ahd qilganlari ham ko’rinib turibdi. Biz ularning bu pozitsiyasini, agar u bu konstitutsiya bo’yicha referendumning boshidanoq joiz emas degan shar’iy tushunchaga asoslangan bo’lsa, olqishlaymiz. Ammo bu boykot qilish, masalan referendumda ishtirok to’ntarishga shar’iy tus beradi degan gap-so’zlar yoki shunga o’xshash narsa kabi boshqa ish uchun bo’ladigan bo’lsa, u holda bu nomaqbuldir. Chunki ovoz berishga nisbatan tutiladigan pozitsiya Islom aqidasidan kelib chiqqan mabdaiy pozitsiya bo’lishi vojib.

Shuning uchun biz Hizb ut-Tahrirdagilar bu konstitutsiyaga ovoz berish harom ekanligini e’lon qilamiz! Demak, kim unga ovoz berishga chaqirsa gunohkor bo’ladi, kim unga ovoz berish uchun borsa u ham gunohkor bo’ladi. Bizning 2012 yildagi konstitutsiya bo’yicha referendumga nisbatan tutgan pozitsiyamiz mana shu edi. Alloh shariatiga xilof keladigan barcha konstitutsiyaga va Alloh hukmlari bo’yicha referendum o’tkazishga bo’lgan har qanday harakatga nisbatan tutadigan pozitsiyamiz mana shudir. Chunki konstitutsiya va qonunlar moddalarida ko’rsatilgan narsalar ustidan halol va harom deb hukm chiqarish va bandalar ishlari ustidan vojib yoki harom yoki mandub yoki makruh yoki muboh deb hukm chiqarish huquqi faqat shariatnikidir. Inson bular to’g’risida hukm chiqarish huquqiga mutlaqo ega emas va bular to’g’risida referendum ham o’tkazilmaydi. Alloh Taolo aytadi: oyat ahzob 36. Shunday ekan odamlarning masalan, xamr yoki zino yoki riboni halolligi yo haromligi to’g’risida ovoz berishlari joiz bo’ladimi axir?! Tabiiyki, yo’q. Boshqa qonunlar ham shunday. Demak konstitutsiya va qonunlar referendum o’tkazish va ko’p ovoz olish bilan emas, balki shar’iy nususdan dalilning kuchliligiga qarab olinadi.

Ey Kinona ahli!

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari sizlarni bu konstitutsiyani rad qilib, uloqtirib tashlashga va ovoz berishdan bosh tortishga chaqiramiz! Chunki 1971 yildagi konstitutsiya ham, 2012 yildagi konstitutsiya ham, 2013 yilgi tuzatish kiritilgan konstitutsiya ham Robbingiz Kitobidan va Nabiyyingiz Sunnatidan istinbot qilinmagan. Aslida shunday bo’lishi farz edi! Shuning uchun biz sizlarni atrofimizga jipslashib Xalifalik davlati bu yurtda xalq va armiya o’rtasida Xalifalikning farzligi haqidagi va’yi omdan kelib chiqqan ra’yi omga aylanishi uchun biz bilan birgalikda jiddu jahd bilan harakat qilishga chaqiramiz. O’shanda bu davlat ilgari tiklangandek yana tiklanadi, u Alloh Taolo izni ila qudratli bo’ladi, er yuzidagi biror kuch unga qarshi tura olmaydi. Shunday ekan, biz sizlarni, ey musulmonlar, Alloh dini va shariatiga yordam berishga chaqiramiz!

«Ey mo’minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar, U zot ham sizlarga yordam beradi va qadamlaringizni sobit-barqaror qiladi» [Muhammad 7]

Sharif Zoyid

Hizb ut-Tahrirning Misrdagi matbuot bo’limi raisi

Adres: Jalo ko’chasi 31 – Qohira

Telefon: 01015119857 – 0227738076

Elektron pochta: hizb.ut.tahrir.eg@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.