2013 yil Iroq uchun qonli yil bo’ldi

73
0

иракmages

2013 yil Iroq uchun oldingi yillarga nisbatan qonli yil bo’ldi. BMT hamda “Iraq Body Count” nodavlat tashkiloti 2013 yil Iroqda 2006, 2007 va 2008 yillarga nisbatan zo’ravonliklar va hujumlar qurbonlarining soni bir necha baravar ortganligini e’lon qildi. Qarorgohi Britaniyada joylashgan Iraq Body Count nodavlat tashkiloti qaydlariga ko’ra, o’tgan 2013 yil Iroqda 9475 kishi qurbon bo’lgan.

2011 yil 15 dekabrda Amerika ma’muriyati Iroqdagi urush yakunlanganini e’lon qildi va AQSh bosqinchi kuchlari Iroqni rasman tark etdi. Amerika bayrog’i tushirilib, o’rniga Iroq bayrog’i ko’tarildi. Iroq armiyasi amerikalik askarlar egallab kelgan so’nggi bazani qabul qilib oldi.

Biroq shunga qaramay yildan yilga o’lim soni kamayish o’rniga tobora ortib bormoqda. Buning sababi shundaki, AQSh Iroqni rasman tark qilganini e’lon qilgan bo’lsa ham, aslida esa AQSh kuchlari Iroqdan to’lig’icha chiqib ketgan emas. Chunki AQSh Iroqdan to’lig’icha chiqib ketsa u erda Xalifalik davlati tiklanib ketishidan qo’rqadi. Shuning uchun u o’z nufuzini Iroqda hanuz saqlab kelmoqda.

Iroqdan butunlay chiqib ketish haqida gap ketganda Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler «Iroqdan hozir chiqib ketishimiz O’rta Sharqda Xalifalikning paydo bo’lishiga olib keladi», degan edi. Iroqdagi ittifoqchi kuchlar ko’mondoni Richard Maers ham bu haqida ochiq «Bizning xozir Iroqdan chiqib ketishimiz Yaqin sharqda Xalifalik tiklanishiga olib keladi» degan edi. Shuning uchun ham kufr Iroqda Islom Ummati birlashib, Shariat hukmlarini joriy etish yo’lidagi kuchli markaz paydo qilishlariga qarshi tish tirnog’i bilan kurashadi.

Boshqa bir tarafdan, Qo’shma shtatlar o’zining hayotiy manfaati, deb hisoblaydigan Ko’rfaz neftidan voz kecha olmaydi. Amerika mintaqaga hukmron bo’lish va uni boyliklarini talash, xususan neftga ega bo’lish maqsadida Iroqni bosib oldi. Shuning uchun u o’zi ko’z olaytirgan narsasiga erishmaguncha – toki, quvib chiqarilmas ekan – o’z xohishi bilan Iroqdan chiqib ketishi hecham mumkin emas.

Shu bois AQSh turli bahonalar bilan o’zining ma’lum kuchini Iroqda qoldirdi. Masalan, u Iroq armiyasini mashq o’tkazish, ularga yordam berish va o’z vazifalarini qabul qilishga tayyorlash uchun bir qancha harbiylarini Iroqda qoldirdi. Yana u erdagi o’zining dunyodagi eng katta elchixonasida ko’p sonli mulozimlari va shartnoma asosidagi ishchilarini qoldirdi. Xavfsizlik, strategik hamkorlik kabi bir necha sohalardagi bitimlar bilan Iroqni o’ziga bog’lab oldi.

«Vashington Post» ro’znomasining 2010 yil 22 avgust kungi sonida chop etilgan maqolada “Iroqda 50 ming amerikalik askarlar mavjudligi, biroq ular boshqa nomda ekanliklarini” yozib, Obamaning Iroqdan kuchlarni olib chiqib ketish borasidagi da’vosi g’irt yolg’onligi haqida xabar tarqatgan edi.

Amerika Iroqning boyliklarini talash va mintaqada o’zining harbiy, josuslik va diplomatik jihatdan mavjud bo’lib turishini ta’minlash maqsadida u erda malay siyosiy, diniy sinflarni tayyorladi. Iroqda irqiy va toifachilik urushini yoqdi. Iroqni kurdlar, shialar, sunniylardan iborat bir-birlari bilan qonli jang olib boradigan uchta irqiy vujudga bo’lib tashlashga zamin tayyorladi.

Bundan tashqari AQShning Iroqdagi elchixonasi josuslikning ulkan uyasi bo’lishi bilan birga, Amerika bazasi hisoblanadi. U o’sha erda parda ortida turib Iroq ishlarini nafaqat idora qilib turadi, balki bosqinchilik boshlanganidan to bugungacha sodir etib kelganidek, til biriktiruvlar sodir etadi, xalq orasida fitnalar va bo’linishlar keltirib chiqaradi.

Shuningdek, AQSh Iroqda tartibsizlik keltirib chiqarish uchun ba’zi terroristik tashkilotlardan ham foydalanib keladi. «Black Water» (Blek Uoter) tashkiloti shular jumlasidan.

«Black Water» tashkiloti maxsus maxfiy operatsiyalarni amalga oshirish, portlashlar, suiqasd, qo¬tilliklarni va boshqa iflos ishlarni amalga oshirish bo’yicha mashq¬dan o’tkazilib, tayyorlangandir. Ular bu iflos ishlari bilan bechora Iroq xalqi boshiga musibatlar solishdi va bu musibatlar bolalar, ayollar va keksalarni ham chetlab o’tmadi. Bu tashkilot hatto Abu G’u¬raybda yuz bergan va Amerika ma’muriyati tomonidan yashirib kelin¬gan qiynoqlar va boshqa jirkanch ishlarda ham ishtirok etganligi ma’lumdir. Shu faktni ham aytib o’tish kerakki, «Black water»ni Iroqda nazorat qiladigan hech bir qonun yo’q. Aksincha, bu kompaniyalarni kuzatib, ta’qib qilishni qonun man qiladi. Ularning qasddan amalga oshirgan bir qancha jinoyatlari fosh bo’lishiga qaramay davlat ichida bemolol izg’ib yurishiga ruxsat beriladi. Ular qo’poruvchilik harakatlarini sodir qilish uchun bozorlar va maydonlar kabi odamlar govjum bo’lgan ko’chalarni tanlashadi.

Shu vaqtgacha «Black water» tashkilotining puxta harbiy mashqdan o’tka¬zilgan o’n minglab yollanma askarlari eng zamonaviy qurollardan foydalanib Iroqda ommaviy qirg’inni amalga oshirib keldi.

AQSh nufuzi Iroqda davom etar ekan, bu qirg’inlar davom etaveradi. Chunki Iroq zaminida malay hokimlarning emas, balki AQSh elchisining aytgani bo’ladi. Agar elchining aytgani amalga oshmay qolsa, darhol u er, bu erda fitna uyushtirib, qo’poruvchilik harakatlarini amalga oshiradi. «Black water» kabi terroristik tashkilotlarni birov so’roq qilishga jur’at qila olmaydi. Agar jur’at qilsa u Iroq konstitutsiyasiga qarshi chiqqanlikda ayblanadi. Bu nufuzni tag tomiri bilan sug’urib tashlaydigan davlat bu – Xalifalik davlatidir. Musulmonlar uchun nafaqat Iroqdan, balki butun Islom olamidan AQSh va G’arb nufuzini tag-tomiri bilan sug’irib tashlaydigan Islom davlatini tiklashlari va bu yo’lda qo’lidan kelgancha harakat qilishlari vojib. Zero, Islom davlati Ummatni kufr kishanlaridan ozod qiladi va G’arb malaylari bo’lgan tog’utlaridan musulmonlarni xalos etadi.

Qiyomuddin

04/01/2014

иракsиракages иракh  иракеges иракруженноеиракеженное

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.