Isroil dunyodagi yahudiylarni Falastinga jalb qilmoqda

107
0

ISRAEL-FRANCE

Isroil turli tashviqotlar bilan boshqa erda yashayotgan yahudiylarni Falastin tuproqlariga joylashtirmoqchi. Yahud vujudi xususan Frantsiyada hayot kechirayotgan yahudiylarni Falastinga olib kelish payida.

Sionist matbuot manbalari Frantsiya fuqarosi bo’lgan yahudiylarni bosib olingan Falastin tuproqlariga olib kelish uchun reja tuzilayotganligini ma’lum qildi. Yahud gazetalaridan biri “Maorif” gazetasi o’tgan sonida Isroil hukumati Frantsiya fuqarosi bo’lgan minglagan yahudiylarni Falastin tuproqlariga olib kelish uchun tayyorlangan rejani amalga oshirishi kutilayotgani haqida xabar tarqatdi. Gazetaning yozishicha, bu reja Isroil va Frantsiya hukumatlari tarafidan iqtisodiy dastaklanishi kutilmoqda.

Gazeta so’nggi yillarda minglagan yahudiylar yahud qo’l ostidagi Falastin to’proqlaridan Amerika, Kanada, Britaniya va boshqa evropa davlatlariga ko’chib ketayotganligiga e’tiborni tortar ekan, shu sababli kamayib borayotgan yahudiy fuqarolar sonini ko’paytirish uchun Isroil hukumati Frantsiyadagi yahudiylarni kelasi yilning ilk to’rt oyda Falastin tuproqlariga olib kelish uchun qo’l urganligiga diqqatni tortdi.

نير-بن-ارتسى-300x169 Quddusning mashhur xoxomlaridan biri Nir Ben-Artsi haftalik ma’ruzasida butun  olam 2014 yilda inqirozga uchrab, er yuzidagi barcha insonlar halokatga yo’liqishiga  ishora qildi. Xoxomga ko’ra bu halokatdan faqat Isroilda yashayotgan yahudiylargina  omon qoladi. Xoxom butun olamda insoniyatni halok qiladigan zilzila, qorli bo’ron,  tinimsiz namoyishlar va o’lim nisbatining ortishini izohlar ekan, bularning barchasi  dunyoning halokatga yuz tutayotganidan darak ekanligini qo’shimcha qildi.

Shuningdek xoxom dunyo yahudiylari jonlarini bu halokatdan qutqarish uchun  Isroilga ko’chib kelishi lozimligini ta’kidladi.

Dunyoning turli o’lkalaridan olib kelinib, yahudlar qo’l ostidagi Falastin tuproqlariga jolashtirilgan yahud fuqarolarining muammolari bilan shug’ullangan komissiyalarning amalga oshirgan tadqiqotlari natijasida aniqlanishicha, bir qancha yahudiylar Falastin tuproqlarida yashashni istamaydi. Bu komissiyalarning bahs munozaralaridan so’nggi tavsiyalariga ko’ra, ularni bosib olingan tuproqlarga tutib turish uchun yashash sharoitlarini yaxshilash, uy, ish va boshqa imkoniyatlarni kuchaytirish lozim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.