Qirg’iziston parlamenti Yangi yilni nishonlashdan voz kechdi

423
0

bakir-uulu

Qirg’iziston siyosatchilari o’rtasida dindorlarning ko’payishi parlamentning Yangi yilni nishonlashdan voz kechishiga sabab bo’ldi. Parlament deputatlarining ayrimlari Yangi yil bayramni rasmiy bayramlar ro’yxatidan chiqarish tashabbusini ham ko’targan.

Qirg’iziston parlamenti deputatlaridan 16 tasi hoji, 10 nafari Umra amalini bajargan, 30 nafari esa namoz o’qiydi. Mana shu holat ta’sirida parlament joriy yilda Yangi yil bayramini rasman nishonlamaslikka qaror qildi. Qirg’iz parlamentiga Yangi yilni nishonlash uchun hukumat tomonidan ajratilgan mablag’ deputatlar tashabbusi bilan bolalar uylariga o’tkazib berildi. Qirg’iziston parlamentining raisi Asilbek Jeenbekov esa ommaviy axborot vositalariga bergan suhbatida diniy e’tiqodidan kelib chiqib, Yangi yilni bayram sifatida nishonlamasligini bildirgan. Deputat Tursunboy Bakir esa barcha musulmonlarni bu bayramdan voz kechishga chaqirgan.

-Biz hayotimizni ertaklar bilan to’ldirib, o’zimizni aldamasdan, o’z bayramlarimizni nishonlashimiz kerak. Musulmonlarga aroqxo’rlik qilinadigan bayramning mutlaqo keragi yo’q. Musulmonlarning o’z bayramlari bor, -dedi Tursunboy Bakir o’g’li.

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev esa namozxon ekaniga qaramay, Yangi yil bayramini intiqlik bilan kutishini Prezident archasiga kelgan bolalar oldida qilgan chiqishida aytib o’tdi:

-Yangi yil o’ziga hos bayram. Negaki uni kichkintoylar ham, kattalar ham intiqlik bilan kutishadi. Men ham bu bayramni yaxshi ko’raman, -dedi prezident.

Qirg’iziston Bosh vaziri Jonto’ra Sotiboldiev esa yangi yilni oilasi davrasida kutib olishini bildirgan. Qirg’iziston hukumati a’zolaridan faqat bir nafari- Yoshlar, migratsiya va mehnat vaziri Aliyasbek Alimkulov diniy etiqodi tufayli nishonlamas ekan.

Yangi yil bayramini nishonlashga qarshi chiqayotganlar bu bayramning asosiy ramzlari hisoblangan Qorbobo, Qorqiz va archaning islom diniga zid kelishini aytib keladilar. Qirg’iziston muftiysi Raxmatullo hoji Egamberdiev bu gaplarda jon borligini aytib, Yangi yil bayramini nishonlash musulmonlarga to’g’ri kelmasligini ta’kidladi:

-Yangi yil davlatning rasmiy bayrami bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun muftiyat bu bayramga siyosiy jihatdan e’tiroz bildirmaydi. Biroq shaxsan men va oilam bu bayramni musulmonlar bayrami sifatida qabul qilmaymiz hamda nishonlamaymiz. Musulmonlarning Hayit bayramlari bor, -dedi muftiy.

Turkiston. Sizlar qanday bo’lsangiz hokimlaringiz ham shunday bo’lishadi.

Qirg’iziston xalqini Islomning rivoji uchun qilgan mehnatlari evaziga uning siyosiy arboblari ham Islom tomonga yurishga majbur bo’lishdi. Bu albatta taxsinga sazovor ish bo’lib, bu holat o’z-o’zidan sodir bo’lgani yo’q.

Islom Ummatiga majburan singdirilgan g’oyriislomiy fikrlar Ummat zehnidan tozalab tashlanishi juda og’ir mehnatni talab qiladi. O’rta Osiyoda din nuqtaiy nazaridan qoloq hisoblangan Qirg’iziston eli bugungi kunga kelib ming yillar mobaynida Islom etakchilari bo’lganmiz deb ayuhannos solayotgan, ota-bobolarini din peshvolari bo’lishgan, deb maqtanishdan nariga o’tmaydigan O’zbekiston xalqini ortda qoldirdi.

Bu xalq o’zining haqiqiy o’g’lonlarini zindonband qilinishini sukut bilan qarshi olishdi, pravardida o’z boshlariga dinsiz hokimlar kelishiga sababchi bo’lishdi. Diniy ulamolari esa payhambarimiz Muhammad (sollallahu alayhi va sallam)ning so’zini o’rniga Karimovning gaplarini keltirish, Islom bayramlarini emas, yahud va nasroniylar bayramlarini olqishlashga o’tishdi.

O’zbekistondagi islomiy Ummat o’z hayot tarzini o’zgartirishga bel bog’lamas ekanlar, axvollari bundan ham og’ir kechishi muqarrar. Olamda sodir bo’layotgan o’zgarishlardan o’rnak olmas ekanlar yaqin kunlarda o’zligini yo’qotishlari hech gap emas.

Men Qirg’iziston siyosiy elitasiga, sizlardan Alloh rozi bo’lsin deyman. To’g’ri, bu sizlar uchun oson ish emas. Lekin shu bilan birga Alloh mansabni sizlarga omonat qilib berdi. Agar sizlar e’tiqoddan kelib chiqib, Islomga xizmat qilsalaringiz, huddi g’arib musulmonlarga yordam qo’lini cho’zgan Najjoshiyni mukofotlaganidek, sizlarni ham mukofotlashini Allohdan so’rayman. Yaqin kunlarda Islom quyoshi er yuzini qoplaydi. O’sha kun kelganida siyosiy maydonda paxlavonlar juda ko’payadi. Lekin Alloh ularni emas, sizlarni xizmatlaringizni etti yuz barobar qilib bersin.

Qirg’izstondagi islomiy Ummat bu xursanchilik bilan kifoyalanib qolmay, o’z dinni mahkam ushlashi kerak bo’lgan xazrati muftiyni, yangi yil kunidan faqat o’zingina saqlanmasdan balki, yoshlar vaziri, mehnat vaziri singari amaldorlarga e’tiqoddan kelib chiqib qarshilik qilishlik senga vojib edi, deb amru ma’ruf qilishlik sizlarning zimangizdagi vojib vazifadir.

Prezident Atambaev janoblarini namozxonligidan Alloh rozi bo’lsin. Ammo siz Qirg’iziston musulmonlari ustida turgan mas’ulsiz. Shuning uchun ham avvalam bor siz bizni farzandlarimizni yangi yil bilan emas, balki ikki xayit bilan muboraklamog’ingiz shartdir. Siz qo’l ostingizdagilardan o’rnak olasiz degan umiddaman.

Alloh Islomga yordam berayotgan barcha insonlarni o’z mag’firatiga olsin. Sizlarni dindagi ishlaringizga o’zi madadkor bo’lsin, Omin.

Allox barcha islomga yordam berayotgan insonlarni o’z mag’firatiga olsin. Sizlarni dindagi ishlaringizga o’zi madadkor bo’lsin, Omin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.