«Erkaklar va ayollar o’rtasini ajratish» atrofidagi munozara

447
0

01

Matbuot bayonoti

Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

 

«Erkaklar va ayollar o’rtasini ajratish» atrofidagi munozara

Muskulli liberallar o’zlarining qiymatlarini musulmon diasporaga majburlab o’tkazish uchun yana muslima ayollarni nishonga olmoqda

Bosh vazir Devid Kemeronning yurt qarshisidagi ulkan sondagi muammolarga qaramay muayyan bir diaspora vakillarining tadbirlari chog’ida erkaklar va ayollar saflarini ajratish muammosiga e’tiborni qaratishi g’alati hol. Kemeronning islomiy jamiyatlar universitetlarda o’tkazadigan tadbirlar chog’ida musulmon erkak va ayollarning alohida o’tirishlariga ruxsat berishga qarshi chiqishi hamda Chuka Ummunaning agar leyboristlar hokimiyatga keladigan bo’lsa ular bu kabi ishlarni man qilishi haqidagi va’dasi liberal kuchlarning musulmonlarga – ular liberal qiymatlarni qabul qilishlari uchun – zarba berish borasida musobaqa qilishayotganiga dalolat qiladi.

Hizb ut-Tahrir – Britaniya ayollar bo’limining vakilasi Shahona Xon bunga quyidagicha izoh beradi: «Musulmonlar tadbirlarida erkaklar o’rindiqlarini ayollar o’rindiqlaridan ajratib qo’yilishi islomiy diaspora hayotidagi tabiiy ishdir. Islomiy jamiyatlar Britaniyaning barcha tomonlardagi universitetlarida uyushtirayotgan tadbirlarda ham o’nlab yillardan buyon holat aynan shunday. Garchi Kemeron va unga o’xshaganlar buni inkor qilishsa ham.

Bu masala atrofida uyushtirilgan shov-shuvlar ikki xil standartlarni tatbiq etishning bir ko’rinishidir. Chunki Britaniyada boshqa vaziyatlarda erkak va ayollar o’rtasini ajratish oddiy holatdir. Britaniyada bir xil jinsli (faqat bolalar yoki faqat qizlar o’qiydigan) maktablar juda ko’p, jumladan Devid Kemeron o’qigan Eton kolleji ham. Britaniya qonuniga ko’ra sog’liqni saqlash milliy sistemasiga qarashli kasalxonalar erkak va ayollar o’rtasini ajratishda kamchilikka yo’l qo’yishsa jarimaga tortilishi mumkin. Aksar sport tadbirlarida ham erkak va ayollarning ajratilishi tabiiy ish hisoblanadi. Davlat muassasalarida kiyim almashtirish xonalarining umumiy bo’lishi, hatto liberal jamiyatlarda ham ko’pchilik uchun kutilmagan zarba bo’ladi.

Lekin shunga qaramay, musulmonlar o’z imonlaridan kelib chiqib erkak va ayollarning alohida o’tirishini qabul qilgan paytda ayrim liberal sharhlovchilar «musulmonlar ekstremistik ko’rinishlarni tiqishtirish orqali «Britaniya tabiati»ni o’zgartirishga urinmoqdalar» deb hayqirishadi.

Ularning: erkak va ayollarni alohida o’tqizish ayollarga zulm bo’ladi va ularning qadrini tushiradi degan da’volari asossiz. Chunki muslima ayollarning o’zlari majlislarda alohida ajralib o’tirishni talab qilmoqda. Ularning ovozlari asosiy axborot vositalari tomonidan bo’g’ilgan. Biroq ular universitetlarda majlislarda ikki jins o’rtasini ajratish ayollarning o’z fikrlari va ovozlarini bildirish tariqatiga ta’sir qilmasligi haqida gapirishmoqda. Balki ularni o’zlari xohlaganday o’tirishdan mahrum qilish ularni universitet hayotida qatnashish huquqlaridan mahrum qilishdir.

Tadbirlar chog’ida erkak va ayollarning alohida o’tirishi islomiy diasporadagi e’tiborli islomiy ko’rinishdir. Buni ekstremistik ko’rinish deb atash uydirma va butun islomiy diasporaga ekstremist tamg’asini yopishtirishga harakat qilishdir. Bu esa ilmoniy nizom merosi bo’lib, u butun diasporani yo ilmoniy me’yorlarni qabul qilishga yo jamiyatdan ajralib qolishga majbur qiladi.

Bundan tashqari, agar muslima ayollar majlislarda alohida o’tirishni istashsa universitetlarni tashlab masjidga borishsin degan gap-so’zlar ilmoniy nizomning imon ahliga nisbatan mutaassibligini, Britaniyadagi ko’p partiyaviylikning yolg’onligini va liberal kuchlarning millatchilikdan yiroq bo’lishga ojizlik qilayotganini ko’rsatadi.

Kemeron o’zining muskulli liberalligi bilan faxrlanayotgan bo’lishi ham mumkin. Biroq u va unga o’xshaganlar ko’pchilik odamlar, xususan muslima ayollar nazdida boshqalarning hisobiga o’z mushaklarini ko’rsatib maqtanadigan yosh bolalar kabidir.

Biz, bu turdagi muomalaga qarshi turishning eng afzal yo’li ayollarning o’z islomiy qiymatlarini mahkam ushlashlari va bu qiymatlarni to’liq ishonch bilan boshqalarga bayon qilishlari deb bilamiz».

Hizb ut-Tahrirning Britaniyadagi matbuot bo’limi

Elektron pochta: press@hizb.org.uk

Veb sahifa: www.hizb.org.uk

Telefon: +44 (0) 7074 192400

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.