Asad rejimi «Jeneva-2»ga hozirlik ko’rib 28 go’dakni qatl qildi

333
0

01

Matbuot bayonoti

Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

Asad rejimi «Jeneva-2»ga hozirlik ko’rib 28 go’dakni qatl qildi

2013 yil 28 dekabr dushanba kuni Suriyadagi inson huquqlari manbasining xabar qilishicha, yakshanba kuni qo’zg’olonchilar nazorati ostidagi Halab shahri mahallariga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida 28 go’dak shahid bo’lgan! Mahalliy koordinatsion komissiya xabariga ko’ra, «yakshanba tongida Asad rejimi havo kuchlari ozod qilingan Halabga quturganlarcha hujum qilib, harbiy samolyotlar yordamida portlovchi bochkalar va bombalar yog’dirishdi».

Halab shahri o’tgan bir necha kun orasida qo’zg’olonchilar nazorati ostidagi mahallalarga qator keng ko’lamli qaqshatqich hujumlarning guvohi bo’ldi… Shu tarzda jinoyatkor baaschi rejim Suriyaning barcha shaharlarini vayron qilishda, uylarga bomba yog’dirib, aholisi bilan ko’mib tashlashda davom etmoqda, o’zining jinoyatkorlik uslublarida ustasi farang bo’lib ketdi. Masalan, 400 kilogramm porox joylashtirilgan va har ikkitasining quvvati bitta «Skad» raketasiga teng keladigan bochkalarni samolyotlardan tashlab, nishonga olingan mahallalarda ulkan vayronalar sodir etdi. Bu bochkalardan xarobalar orasidan bolalarini yoki oilalarini qidirayotgan ayollar ham, ota-onasi va aka-ukalarini qidirib u yoqdan bu yoqqa chopayotgan go’daklar ham omon qolmayapti. Qutqaruv guruhlari har bir hodisa joyiga etib bora olmayapti, chunki bunga aholisi ustiga o’pirilib ularni ko’mib tashlagan uylar xarobalari va butun mintaqani o’z domiga tortgan qattiq qor bo’roni to’sqinlik qilmoqda. Ammo shunday bir vaziyatda, Kiprda daniyaliklar va norvegiyaliklar guruhi Suriya kimyoviy qurollarining birinchi partiyasini yo’q qilishga tayyor turishibdi hamda butun dunyo ushbu qo’zg’olon ahliga qarshi til biriktirish uchun «Jenva-2»ga tayyorgarlik ko’ryapti…

Ey Islom Ummati!

Asadning hamda qo’zg’oloningizni va islomiy boshqaruvga bo’lgan talabingizni bo’g’ib tashlashga urinib, uning boshqaruv muddatini yanada uzaytirishga urinayotganlarning jinoyatlariga shuncha sukut saqlaganingiz kammi?! Qalblarni qon yig’latuvchi kesib tashlangan, yoqib yuborilgan tana a’zolari va jasadlar manzaralari, tul ayollar nolalari, etim qolgan go’daklarning hayron tentirab yurishlariga qarshi reaktsiyangiz bor-yo’g’i qoralovchi va inkor qiluvchi iboralar bo’lgani aqlga sig’adimi?! Birodarlaringizning qalin qor ustida, ochiq havoda yotishganini, ko’plab bolalar sovuqdan jon taslim qilayotganini ko’ra-bila turib, ularga hech qanday yordam bermasdan bemalol yashashda qanday davom etyapsiz?! Bu qochqinlarni Turkiya, Livan va Iordaniyadagi lagerlarda qorli bo’ron qarshisida och-nahor, yalang’och ahvolda tashlab qo’ygan hukumatlarga qanday qo’l qovushtirib qarab turibsiz?! Bu bechoralar qonlari tomirlarida muzlab qolayotganiga, ruhlari esa Robbilari huzuriga ko’tarilib, sizning yordam bermay, ulardan voz kechganingizdan shikoyat qilayotganiga qanday chidayapsiz?! Bu hukumatlarning hammasi allaqachon: bu qochqinlar bizga ortiqcha muammo bo’ldi, degan da’voni qilishdi va ularni faqat lagerga joylab qo’yishdi-da, keyin ularni ob-havoning rahmi kelishiga tashlab qo’yishdi, ammo ob-havoning har qancha injiqligi ham bu hukumatlar shafqatsizligichalik og’ir bo’lmadi! Ana, Asad hukumati ularni qaerga borsa ortlaridan quvib qiryapti, so’yyapti, bombardimon qilyapti… Siz esa shahidlar, jarohat olganlar va qochqinlar sonini sanash bilan ovorasiz!!

Ey musulmonlar qo’shinlari!

Bu tog’utning uch yildan buyon kechayu kunduz begunoh insonlarga qarshi qirg’in sodir etayotganini ko’rib turib, ular oldidagi o’z burchingizni ado etishingiz uchun nahot qoningiz qaynamaydi?! Hukumatlaringizning birodarlaringizga miq etmay turishganidan erkaklik g’ururingiz qo’zg’almaydimi?! Axir, ular qochqin birodarlaringizni yordamsiz tashlab qo’yishdi, quloqlarini berkitishib olib, miq etmay turib olishlari etmagandek, ularga qarshi qonxo’r Asad bilan til biriktirishdi, keyin qochqinlar ulardan yordam so’rab kelishganda esa, ularni yozning jaziramasida, qishning qahratonida o’lim lagerlariga tashlashdi. Orangizda o’z armiyasini Islom va musulmonlarga nusrat berishga, mashaqqat ostida qolib, kechayu kunduz yordamga chaqirayotgan ayollar va bolalarga yordam qo’lini cho’zishga buyuradigan birorta to’g’ri yo’l tutuvchi general yo’qmi?!

Sizning ham, ummatingizning ham hokimlaringiz zulmi va zo’ravonligidan qutqarish yo’li faqat bitta, u ham bo’lsa, Islomga va Islom davlatini tiklashga harakat qilayotganlarga nusrat-yordam berish yo’lidir. Islom davlati o’zining temir qo’llari bilan barcha zolimlar, ularning yordamchilari va gumashtalari qo’llarini urib sindiradi. Ogoh bo’lingki, haqiqat jangohi qaysiyu botil jangohi qaysi ekani allaqachon hammaga ayon bo’lib qolgan. Bas, oxiratingizni o’ylab, musulmonlar tomonga o’ting, ana shunda yaxshi qo’mondonning yaxshi askarlariga aylanasiz, Allohning izni ila, dunyoyu oxirat saodatiga noil bo’lasiz.

«Sizlardan fathdan ilgari infoq-ehson qilgan va jang qilgan kishilar barobar bo’lmaydi, ular keyinroq infoq-ehson qilgan va urushgan kishilardan ulug’roq martabadadirlar, barchalariga Alloh yaxshilikni va’da qilgan, Alloh kilayotgan amallaringizdan xabardor» [Hadid 10]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.