Atambaev: Putin meni shantaj qilmoqda

95
0

атамбаев алмаз путин

Qirg’iziston Kreml taklif qilgan shartlar asosida Bojxona ittifoqiga qo’shilishdan bosh tortdi. “Biz Qirg’iziston fuqarolari manfaatlariga mos keladigan yo’ldan boramiz” dedi Almazbek Atambaev mamlakatni Bojxona ittifoqiga qo’shilishi bo’yicha qabul qilingan “yo’l xaritasi”ni sharhlar ekan.

U, Qirg’izistonda taklif qilingan hamkorlikka muqobil variantlar kam bo’lsada, ammo mamlakat Rossiya, Belarussiya va Qozog’istonga qachonki “Bishkek shartlari bajarilgandagina” qo’shilishini, belgilab o’tdi.

“Naxotki sizlar meni shu vaqtga qadar bilmaysizlar? Mamlakat ziyoniga biror bir amalga borishlikka majburlash maqsadida menga bosim o’tkazishlik befoyda. Biz Bojxona Ittifoqiga bizning talablar bajarilgan taqdirdagina qo’shilamiz. Atambaevni shantaj qilishning esa imkoniyati yo’q, men obdon toblanib bo’lganman. Bizda tanlov imkoni kam, ammo biz faqat qirg’izlarni qanoatlantiradigan va bizning manfaatlarimizni himoya qiladigan yo’ldan yuramiz, – dedi Atambaev 16 dekabr kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumanida.

Turkiston: Atambaev G’arb bilan Rossiya o’rtasida ikkisini xam xafa qilmaslikka xarakat qilimoqchi. Qirg’izistonning ahvoli o’ta nochor. Baxordan to’ppalonlar boshlanish ehtimoli baland va qulay bo’lib turibdi. Muxolif kuchlar davlat ag’darish uchun barcha sharoitlarni tayorlab borishyapti. Tashqi kuchlar faqat mablag’ bilan taminlab yuborishlarining o’zi kifoya.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.