Taqiyaga oid savolga javob

1016
0

images (6)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Abu Muhammad Savolimaning taqiyaga oid savoliga javob

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta, Alloh sizni hifzu himoyasida asrasin!

Quyidagi savollarimga javob berish bilan menga marhamat ko’rsatish ko’nglingizga va vaqtingizga sig’adi degan umiddaman:

Savol: Iordaniyaning islomiy vaqflar, ishlar va muqaddas narsalar vaziri «Rosululloh A taqiya (o’z diniy e’tiqodini pardalash)ni ishlatgan, taqiya Qur’onda ham, hadisi sharifda ham kelgan, taqiya shia mazhabiga xos degan e’tiqod xato», dedi va bunga hujjat sifatida:

«Lekin kim qalbi imon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning imoniga ziyon etmas)» [Nahl 106] oyati bilan Rosululloh Aning:

«إِنَّ فِي مَعَارِيضِ الْكَلاَمِ لَمَنْدُوحَةٌ عَنِ الْكَذِبِ»

«Gapni o’rab gapirishda yolg’ondan (saqlanish uchun) kenglik bor», degan so’zlarini keltirdi, shuningdek, Rosululloh Adan bir badaviy: siz qaerdansiz, deb so’raganda «Suvdan», deb javob berganlarini, bu bilan haqir suvni nazarda tutganlarini keltirib, qozilarga qarab: «Axir, bu taqiya emasmi», dedi. Shuningdek, shialarni kofirga chiqarishni inkor qilib qozilarga ham qattiq norozilik bildirdi va modomiki, shialar La ilaha illallohu Muhammadur Rosululloh, deb guvohlik berar ekanlar, ular ham musulmon ekanlarini ta’kidladi.

Uning aytishicha, shar’iy taqiya bilan shialar taqiyasi o’rtasida farq shuki, shialar taqiyani din usullari va e’tiqod talablaridan deb bilishadi, hatto taqiya qilmagan kishini dini ham, e’tiqodi ham yo’q deb bilishadi. Shar’iy taqiya esa usul emas, far – juz’iy masalalarga kirib, musulmon odam uni tark qilishining zarari yo’q.

Savolim shuki, taqiya masalasiga mazkur oyat va hadislarni dalil qilishi to’g’rimi?

Shar’iy taqiya bilan shialar taqiyasi o’rtasidagi u aytgan farq to’g’rimi? Alloh Taolo aytadi:

«Mo’minlar mo’minlarni qo’yib, kofirlarni do’st tutmasinlar! kim shunday qilsa, Allohga hech narsada emas (Allohga begonadir), magar ulardan ehtiyot bo’lib tursangiz mayli» [Oli Imron 28]

Ibn Jarir aytadi: «Alloh ushbu oyatda zikr qilgan taqiya kofirlardan taqiya qilish, boshqalardan emas». Said ibn Jubayr: «Islomda taqiya yo’q, u ahli harb uchundir», degan.

Ushbu oyati karimadan taqiya qasd qilinganmi?

Shialarning Qur’onni o’zgartirish haqidagi so’zlariga va xulafoi roshidinlarni y la’natlashib, sayyidimiz Ali karramallohu Fni ilohiylashtirishlariga qaramay, ularni musulmon desak bo’ladimi?

Sizga beadad tashakkur!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Bu vazir uchta masalani bitta qolipga solib, ularni bir-biriga aralashtirib yuboribdi, u haqda bundan ortiqcha gap aytishni istamaymiz!

Birinchi masala:

«Magar ulardan ehtiyot bo’lib tursangiz mayli» [Oli Imron 28] oyatidagi taqiya, ikkinchi masala:

«Lekin kim qalbi imon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning imoniga ziyon etmas)» [Nahl 106] oyati karimasi, uchinchi masala: Abu Bakr Bayhaqiy (vafoti 458h) «Shuabul imon»da Mutarrif ibn Abdullohdan rivoyat qilgan hadis, Mutarrif bunday dedi: Biz Imron ibn Husayn bilan Basradan Kufaga qarab yo’lga chiqdik, Imron shunday der edi: «O’rab gapirishda yolg’ondan (saqlanish uchun) kenglik bor». Bu mavquf (sahobaning gapi) holatida sahihdir. Uni Ibn A’robiy (vafoti 340h.) o’zining «Mo”jam»ida marfu holatda keltirib, bunday dedi: «Bizga Dovud ibn Zibriqon Saiddan, u Qatodadan, u Zurora ibn Abu Avfodan, u Imron ibn Husayndan rivoyat qilib, bunday dedi: Nabiy A bunday dedilar:

«إِنَّ فِي الْمَعَارِيضِ مَنْدُوحَةٌ عَنِ الْكَذِبِ»

«O’rab gapirishda yolg’ondan (saqlanish uchun) kenglik bor».

Ushbu uch masalaning har birining o’z o’rni bor, ulardan hech birini boshqasining o’rniga qo’yish joiz emas. Buni yoritish uchun bunday deymiz:

Birinchi: Shar’an joiz bo’lgan taqiya musulmon bilan kofirlar o’rtasida bo’ladi: Musulmon kofirlar hukmronligi ostida yashayotgan bo’lib, agar ularga nisbatan do’stlik va muhabbat izhor qilmasa ulardan qattiq ozorlarga duch keladigan bo’lsa, agar shunday holat bo’lsa, u kofirlarga qalbida emas, tilida muhabbat izhor qilishi joiz. Biroq musulmon musulmonning oldida qalbidagi narsaning teskarisini izhor qilishi joiz emas. Oldidagi musulmonnning qanday bo’lishi, musulmonlardan ommasidan yoki zolim hokim kabi ularning xoslaridan bo’lishining farqi yo’q, unga taqiya qilishi shar’an mumkin emas.

Bunga dalil, oyati karima matni va uning mavzusidir, oyat matni quyidagicha:

«Mo’minlar mo’minlarni qo’yib, kofirlarni do’st tutmasinlar! Kim shunday qilsa, Allohga hech narsada emas (Allohga begonadir), biroq ulardan ehtiyot bo’lib tursaingiz mayli, Alloh sizni O’zining (azobidan) ogoh qiladi va faqat Allohga qaytajaksiz» [Oli Imron 28]

Oyat mavzusi esa uning matnida aniq-ravshan ko’rinib turibdi, ya’ni u mo’minlarning kofirlarga do’st bo’lishlari, do’stlik izhor qilishlari mavzusidir. Oyat matnida:

«Mo’minlar mo’minlarni qo’yib, kofirlarni do’st tutmasinlar!» deyildi. Agar biror oyat yo hadislar muayyan mavzuda kelgan bo’lsa, aynan o’sha mavzuga xos bo’ladi, boshqa mavzuni o’z ichiga olmaydi.

Ushbu oyat hijrat qilmay, Makkada, Quraysh kofirlari hukmronligi ostida, o’z ixtiyorlariga ega bo’lmay qolgan musulmonlarning holatlari haqida nozil bo’lgan. Bu musulmonlar agar ularga do’stlik izhor qilmay, dushmanlik izhor qilsalar, qattiq azoblarga duch kelar edilar. Shuning uchun bu oyati karima ularni istisno qilib, quyidagi ma’noni anlatdi:

Mo’minlarning kofirlar bilan do’stlashishlari – qanday turdagi do’stlik bo’lmasin – harom. Alloh Subhanahuning:

«Kim shunday qilsa, Allohga hech narsada emas (Allohga begonadir)», degan qavli bilan bu narsa qattiq harom bo’ldi. Keyin bu oyat bitta holatni, ya’ni Makkadan hijrat qilmay, Quraysh kofirlari hukmronligi ostida, o’z ixtiyorlariga ega bo’lmay qolgan musulmonlarning holatlariga o’xshash holatni istisno qildi. Chunki bu musulmonlar agar ularga do’stlik izhor qilmay, dushmanlik izhor qilsalar, qattiq azoblarga duch kelar edilar. Mustasno holat mana shu.

Shunga ko’ra, musulmon kishi kufr bilan hukm yuritayotgan zolim va fosiq musulmon hokimning ozoridan qo’rqib, unga muhabbat izhor qilishi harom. Shuningdek, o’z fikringizga muxolif bir musulmonga bo’lgan nafratingizni yashirib, unga muhabbat izhor qilishingiz ham harom. Kofir yo fosiq, zolim musulmon oldida o’zingizni Islomga rioya qilmaydigan, unga e’tibor bermaydigan qilib ko’rsatishingiz joiz emas. Chunki bu va bunga o’xshash ishlarning barchasi munofiqlik bo’lib, shariat uni musulmonlarga harom qilgan. Demak:

«Biroq ulardan ehtiyot bo’lib tursangiz mayli» mavzusi Makkada mushriklar orasida bo’lgan musulmonlar holati voqeasiga cheklangan. Ya’ni musulmonlarning kofirlar hukmronligi ostida bo’lgan, ular oldida o’z ixtiyorlariga ega bo’lmay, hukmronliklarini ag’darish qo’llaridan kelmay turgan holatga cheklangan.

Tabariy (vafoti 310h.) o’z tafsirida bunday deydi: «Alloh Taoloning:

«Mo’minlar mo’minlarni qo’yib, kofirlarni do’st tutmasinlar! kim shunday qilsa, Allohga hech narsada emas (Allohga begonadir), biroq ulardan ehtiyot bo’lib tursaingiz mayli» degan qavli tafsiri haqida Abu Ja’far aytadi: Bu Alloh Azza va Jallaning mo’minlarni kofirlarni o’zlariga yordamchi, suyansa bo’ladigan ko’makchi qilib olishdan qaytarishidir. Biroq ularning hukmronliklari ostida bo’lib, o’z jonlari uchun ulardan qo’rqsalar, ularga tillarida do’stlik izhor qilsalar bo’ladi, lekin ularning kufrlari borasida ularga yaltoqlanmasliklari, biror musulmonga qarshi ularga biror ish bilan yordam bermasliklari kerak».

Demak, ular aytayotgan taqiya, ya’ni mo’min zolim hokim yo kuchli fosiq yoki unga muxolif fikrdagi kishi va shunga o’xshashlar oldida qalbidagining teskarisini namoyon qilishini aytishayotgan taqiya rad etiladi. Bunday ish qilish harom, chunki u munofiqlikdir, munofiqlikning esa har qanday turi haromdir.

Ikkinchi:

«Kim Allohga imon keltirganidan keyin (yana qaytib) kofir bo’lsa (Allohning g’azabiga duchor bo’lur). Lekin kim qalbi imon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning imoniga ziyon etmas)» [Nahl 106] oyati karima mavzusi imondan keyin kufr keltirish, ya’ni Islomdan murtad mavzusidir. Bu holat o’limdan xavfi holati bo’lib, fuqaholar tilida majburlangan odamning majbur qilinishi, deyiladi. Shar’an e’tiborga olingan birdan-bir holat mana shu, bunga majburlangan kishidan hukm olib tashlanadigan barcha holatlar kiradi. Zotan, shariatda istisno qilingan majburlangan odamning majbur qilinishi aniq o’lim xavfi tug’ilgan holatdir. Bu oyat Ammor ibn Yosir H haqida nozil bo’ldi. Ammorni qo’lga olib, qiynoqqa solishdi, ota-onasini ular kufr keltirishdan bosh tortganlari uchun uning ko’z oldida qatl qilishdi… Ammor ibn Yosirni shu darajada qattiq qiynoqqa solishdiki, u ham ota-onasiga o’xshab qatl qilinish yoqasida qoldi. Shunda Ammor kufr kalimasini aytib yubordi. Tabariy aytadi: bizga Ibn Abdula’lo aytib berdi, unga Muhammad ibn Savr Muammardan, u Abdulkarim Jazariydan, u Abu Ubayddan ibn Muhammad ibn Ammor ibn Yosirdan rivoyat qildi, Abu Ubayd bunday deydi: Mushriklar Ammor ibn Yosirni ushlab, azoblashdi, axiri u ular istagan ayrim narsani (so’zni) aytib yubordi. Keyin u buni Nabiy Aga aytdi, ul zot Ammordan: «Qalbingiz nima deydi?», deb so’radilar, Ammor «Qalbim faqat imon bilan orom oladi», deb javob berdi, shunda Nabiy A: «Agar ular buni yana qaytarishsa, siz ham yana shu gapni ayting», dedilar». Shunday qilib, ushbu oyatning nozil bo’lish sababi Ammor voqeasidir, uning mavzusi Islomdan murtad bo’lishdir, ushbu xos holat esa aniq o’lim xavfi holatidir. Faqat shuning (oyatning nozil bo’lish sababi) o’zigina bu oyatning:

«Magar ulardan ehtiyot bo’lib tursangiz mayli» [Oli Imron 28] oyatiga hech qanday aloqasi yo’q, deyish uchun kifoya qiladi. Bundan tashqari:

«Lekin kim qalbi imon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning imoniga ziyon etmas)» [Nahl 106] oyati makkiy (Makkada nozil bo’lgan) bo’lib, imon mavzusi haqida nozil bo’lgan,

«Magar ulardan ehtiyot bo’lib tursangiz mayli» [Oli Imron 28] oyati esa madaniy (Madinada nozil bo’lgan) bo’lib, u mo’minlarning kofirlarni do’st tutishlari va biz yuqorida bayon qilgan holatning istisno etilishi mavzusi haqida nozil bo’lgan. Shu bois bu ikkisi boshqa-boshqa holat bo’lib, biri ikkinchisiga kirishmaydi va ulardagi holat ham, mavzu ham o’zgacha bo’lgani uchun bir-biriga bog’lanmaydi. Musulmon agar kofirlar hukmronligi ostida qolib, ularga nisbatan o’z ixtiyoriga ega bo’lmasa, ularga yaltoqlik qilib, Islomdan murtad bo’lishi joiz emas. Balki u o’z dini ahkomlarini ado etishga qodir bo’lmay qolsa yurtidan hijrat qilishi kerak bo’ladi. Buning ziddi o’laroq, ularga qalban emas, tilida do’stlik izhor qilishi joiz. Biroq musulmon o’zi uchun muqarrar o’limdan qo’rqqan, kufr keltirishga majburlangan holat bo’lsa, bu holatda kufrni izhor qilishi va imonini yashirishi joiz. Ikki oyati karima o’rtasida ochiqdan-ochiq farq ko’rinib turibdi. Uchinchi: Rosululloh Aning marfu va mavquf holatda rivoyat qilingan:

«إِنَّ فِي الْمَعَارِيضِ مَنْدُوحَةٌ عَنِ الْكَذِبِ»

«O’rab gapirishda yolg’ondan (saqlanish uchun) kenglik bor», hadisi tavriya qilish mavzusida kelgan. U yolg’on gapirish yo ichida yashirganidan boshqa narsani izhor qilish bobidan emas, aksincha, to’g’riso’zlik bobidan. Ya’ni unda ikki ma’noli: bir ma’nosi uzoqroq, yana biri yaqinroq bo’lgan so’z ishlatiladi, shunda zehnga darhol uning yaqin ma’nosi keladi, aslida esa undan so’zning uzoq ma’nosi ko’zlangan bo’ladi. Hadisdagi الْمَعَارِيضِ – o’rab gapirish so’zining ma’nosi shu.

«Muxtori sihoh»da bunday deyilgan: «…va «تَعْرِيض» so’zi «تَصْرِيح» so’zinig ziddi, gapdagi «الْمَعَارِيضِ» so’zi o’shandan olingan bo’lib, narsani boshqa narsadan tavriya qilish-yashirish, demakdir». Abu Ubayd «الْمَنْدوحَةُ» so’zini kenglik, bemalollik, degan. Demak, hadis – maoriz yo tavriya ishlatish yolg’ondan saqlanish yo’lidir, degan ma’noni anglatadi. Rosululloh Aning sizlar qaerdansiz, deb so’ragan qariyaga «suvdan», deb javob berganlari ham tavriyadir, taqiya emas. Ibn Hishom Siyratida bunday deyiladi: «Rosulullh A va Abu Bakr G Quraysh xabarlaridan voqif bo’ldilar… Keyin ular Badr yaqinida to’xtab dam oldilar, keyin ul zot va sahobalaridan biri, kishi otga mindilar». Ibn Hishom aytadi: «O’sha kishi Abu Bakr Siddiqdir. Ibn Ishoq aytdi: menga Muhammad ibn Yahyo ibn Hibbon aytdi: nihoyat ul zot bir arab chol oldida to’xtab, undan qurayshliklar haqida, Muhammad va uning ashoblari haqida, ular to’g’risida nima bilishini so’radilar. Chol: to sizlar qaerdanligingizni aytmaguningizcha, men buni aytmayman, dedi. Rosululloh A: «Agar siz aytsangiz, biz ham aytamiz», dedilar. U: navbatma-navbatmi? – dedi. Rosululloh: ha, shunday, dedilar. Chol dedi: menga kelgan xabarga ko’ra, Muhammad va uning sahobalari falon-falon kuni yo’lga chiqishgan. Chol Rosululloh etib kelgan erni aytar ekan, agar menga xabar qilgan kishi rost gapirgan bo’lsa, ular bugun falon erga etib kelishdi. Xabar topishimcha, qurayshliklar ham falon kuni yo’lga chiqishgan va agar menga xabar qilgan kishi rost gapirgan bo’lsa, ular bugun falon erda. Chol shunday deb, qurayshliklar turgan erni aytdi. U gapini tugatgach, endi, sizlar qaerdansizlar? – deb so’radi. Shunda Rosululloh A: «Biz suvdanmiz», dedilar-da, burilib ketdilar. Chol: qaysi suvdan, Iroq suvidanmi? – deb qoldi. Ibn Hishom dedi: aytishlaricha, u chol Sufyon Zamariy bo’lgan».

Rosululloh A cholning sizlar qaerdansizlar, degan savoliga biz suvdanmiz, deb javob berish bilan tavriya va o’rama gap ishlatdilar. Chunki «suv»ning oddiy suv ma’nosi ham, homila paydo bo’ladigan nutfa, degan ma’nosi ham bor. Shuning uchun cholning zehniga darrov biror sersuv qishloq yo mintaqa keldi. Zero, arablar falon suvga to’xtadi, deyishardi. Demak, Rosululloh A taqiya ishlatmadilar, chunki taqiya ishlatish mumkin emas, faqat musulmon kofirlar hukmronligi ostida, ularning yomonlik va ozorlarini daf qilish uchun hech qanday erki bo’lmay yashagan holatdagina ishlatish mumkin. Bundan boshqa holatda taqiya ishlatish joiz emas, chunki u yolg’on va munofiqlik bo’lib qoladi… Sodiqul masduq (rostgo’y va tasdiqlangan) Rosululloh A bundan pokdirlar, albatta!

Shuning uchun vazir Rosululloh A taqiya ishlatganlar, deyish bilan ul zot haqida yomon gap qildi. Shoyad, u bu javobni o’qib qolsa, shunda Alloh Subhanahuga istig’for aytar, tavba qilar. Shunday qiladi degan umiddamiz, chunki biz har bir musulmonning haq yo’lga hidoyatlanishi va xatosi uchun tavba qilishini xohlaymiz. Zero, Rosululloh A bunday marhamat qilganlar:

«كُلُّ ابْنِ آدَمَ خَطَّاءٌ وَخَيْرُ الْخَطَّائِينَ التَّوَّابُونَ»

«Har bir Odam farzandi xato qiluvchidir, xato qiluvchilarning eng yaxshisi tavba qiluvchilardir» (Imom Termiziy rivoyati).

Endi, ja’fariy mazhabiga ergashuvchi shialarga kelsak, ular aslida musulmondirlar. Ammo kim Qur’onni o’zgartirish yo Ali Gni ilohiylashtirish haqida gapirsa, u kofir bo’ladi, musulmonlardan sanalmaydi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.