“Islom jabhasi” AQSh bilan uchrashishni rad etdi

81
0

1385435155_0021

AQShning Suriya bo’yicha elchisi Robert Ford Suriyada Asadga qarshi jang olib borayotgan “Islom jabhasi” jamoasini uchrashuvga taklif qilganligini, biroq “Islom jabhasi” uning bu taklifini rad qilganligini ma’lum qildi.

“Islom jabhasi hech bir sabab keltirmay biz bilan uchrashishni rad qildi”, dedi elchi Al-arabiya televideniyasiga bergan intervyusida.

Xavfsizlik sababli 2012 yilda elchilik yopilgandan so’ng Suriyadan Voshingtonga qaytgan Robert Ford “Ular bilan muzokara olib borishga tayyormiz, chunki biz Suriyadagi barcha taraflar va siyosiy guruhlar bilan suhbat olib bormoqdamiz”, dedi.

Bir necha kun avval Reytrs axborot agenligi Suriyada Islomiy guruhlarni birlashtirgan “Islom jabhasi” jamoasi Turkiyada AQSh bilan uchrashuv o’tkazishini xabar qilgan edi.

Reytrs axborot agenligining bu xabaridan so’ng bir qancha axborot manbalari tarafidan AQShning Suriya elchisi Robert Ford bilan “Islom jabhasi” o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tganligini iddao qilindi.

Ammo Asad rejimini qulatib uning o’rniga shariatga asoslangan Islom davlatini tiklashni da’vo qilayotgan “Islom jabhasi” bu da’volarni mujohidlar o’rtasiga fitna solish uchun to’qib chiqarilgan bo’hton deya ta’rifladi.

“Birodarlarimiz bilan oramizda nima bo’lsa bo’lsin, Alloh bizga sharaf bergandan so’ng dinimizni sotmaymiz”, deb yozdi “Islom jabhasi”ning rahbari Hasan Aboud o’zining tvitter sahifasida.

U Islomga dushman bo’lgan g’arbning mujohidlarga Qurol yaroq bilan yordam bermasligini va faqat o’zlariga tobe guruhlargagina yordam berishini ta’kidlar ekan, bu kabi tuhmatlar Suriya jihodining nomini bulg’ash uchun tarqatilganligini bildirdi.

“Shuni unutmangki, Islom dushmanlari Islomiy jabhalarga aslo yordam bermaydi. Buni ko’zingiz bilan ko’rib turibsiz”, deydi u musulmonlarni ogohlantirib.

Mavzuga doir bir jurnalistning savoliga javob bergan AQSh davlat kotibi Jon Kerri “Islom jabhasi” bilan uchrashuv haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.

“Bunday uchrashuv bo’lgan emas, ammo muxolifat ichidagi mo”tadil, murosasoz guruhlarning Jeneva-2 konferentsiyasiga qatnashuvini ta’minlash uchun bu turdagi uchrashuvlarga eshigimiz ochiq”, dedi Kerri.

Al-arabiya saytida tarqatilgan bir xabarda aytilishcha, Robert Ford Suriya milliy koalitsiyasi va Suriya ozod armiyasi vakillari bilan uchrashgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.