Toshkentda o’zbek-qirg’iz maslahatlashuvi o’tkaziladi

125
0

20131128-D36FB4500824BCBA-0-1-F0292F82-43BED5EB0AF521

24-25 dekabr kunlari Toshkentda O’zbekiston va Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida siyosiy va konsullik masalalari bo’yicha maslahatlashuv o’tkaziladi. Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu maslahatlashuv 2013 yilning 28 noyabrida Qirg’iziston bosh vaziri Jontoro Satibaldievning O’zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvi chog’ida erishilgan kelishuvga muvofiq tashkil etiladi.

Maslahatlashuvda o’zbek-qirg’iz hamkorligining dolzarb masalalari, ikki davlat tashqi siyosat idoralarining aloqalari, shuningdek, istiqboldagi masalalar muhokama etiladi.

Turkiston:

16 fevraldagi Atambaevning O’zbek xukumati GESlar qurilishida qo’rqoqlik qilayotgani to’g’risidagi keskin bayonoti, O’zbek siyosatchilarining muomilasida xech qanday aks riaktsiya ko’rsatmayotgani ajablanarli. Ularning bu muomilalari ikki narsaga dalolat qiladi. birinchisi: Davlat Karimovning jilovidan chiqib, boshqa quvvatlar qo’liga o’tgan. Ular rejimni saqlab qolish maqsadida yangi reformalarga xarakat qilishmoqda. Ikkinchisi: Qirg’izgazning Gazpromga o’tib ketishi va ODKBning, o’z a’zolarini tashqi dushmanlardan asrash xaqidagi rezolyutsiyani qabul qilishi, O’zbekistonni Qirg’izistonga bosim berish richaglarini deyarli yo’q qildi. Aksincha Qirg’izistondan keladigan erlarni sug’oruv suvlariga O’zbekistonning muxtojligi bor. Shu xolat ularni Qirg’iz xukumati bilan odamlardek gaplashishga majbur qiladi. balki xar ikkala xolat xam mavjuddir. O’zbekistonni shu xolatga tushurayotgan asli Rossiya bo’lib, yaqin kunlarda Karimovning xamilionlarcha siyosatida namoyon bo’ladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.