O’zbekistonda horijda bo’lib qaytganlar ustidan nazorat kuchaymoqda

462
0

загруженное (5)

Toshkent shaharidagi uchastka noziri bo’lgan militsiya xodimlariga, ularga ajratilgan hududlarda yashovchi va 2002 yildan 2013 yilgacha bo’lgan vaqt oralig’ida bir marotaba bo’lsa ham horijda bo’lib qaytgan shaxslarni ro’yxatga olish vazifasi yuklatildi. Ro’yxatga, ular qo’shni yoki uzoqdagi davlatlarda bo’lganliklaridan qat’iy nazar, barcha fuqarolar kiritilishi shart. MXX tomonidan kelgan buyruqqa asosan, militsiya xodimlari fuqarolarga horijga chiqishdan maqsadi va kutib oluvchi tomon haqida ma’lumot beruvchi tushintirish xati yozib berish vazifasini yuklamoqdalar.

O’zbekiston “mustaqil” bo’lgan 22 yildan oshiq vaqt mobaynida Karimov boshchiligidagi hukumat oddiy xalqni siyosiy va iqtisodiy zulmlar iskanjasida ushlab kelyapti va bu zulmlarni yanada kuchaytirish uchun yangidan yangi usullarni o’ylab topmoqda. Bugungi kunga kelib esa Karimov va uning atrofida hokimiyat uchun kurash borgan sari avj olib, bu kurashda imkon qadar shov-shuvlarsiz va to’polonlarsiz hokimiyatni egallash juda muhimdir. O’zbekiston ichida yurgan har bir fuqaro to’laligicha davlat nazorati ostida bo’lib hukumat bu ishda MXX, IIV, mahalla fuqarolar yig’ini va posbonlardan unumli foydalanib kelmoqda. Matbuot, radio va televideniya ham faqatgina hukumat tomonidan ruxsat berilgan va “milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga” mos bo’lgan xabarlarnigina yoritishi mumkin.

Horijda yurganlar yoki bo’lib qaytganlar esa oz bo’lsada muqobil axborotdan xabador bo’lish, dunyoda ro’y berayotgan siyosiy o’zgarishlar va xodisalar haqida ma’lumot olish hamda o’zlari yashagan voqelik bilan boshqa davlatlardagi hayot darajasini taqqoslab ko’rish imkoniga ega bo’lib qoladilar. Bu narsa esa, agar o’zbekistonliklar ozgina aql ishlatib, voqelik haqida fikr yuritsalar “ko’zlari ochilib” o’zlarini ustilarida sodir bo’layotgan zulmlarni his qilib qolishlari mumkin. Hukumatga esa bu kerak emas. Shuning uchun ham hukumat horijda yurganlarni imkoni boricha o’z nazorati va qo’rquv ostida ushlab turishga harakat qilmoqda.

So’ngi paytlarda O’zbekiston telekanallari orqali Rossiya, Qozog’iston va Koreya davlatlarida ishlab kelgan bir qator o’zbekistonliklarni mazkur davlatlarda “noqonuniy diniy uyushmalarga a’zo bo’lganlik va bu tashkilotlarning DVD disklarini tarqatganlik”da ayblanib uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etilgan sud jarayonlarini namoyish qilinishi tez-tez kuzatilmoqda. Hatto shunday holatlar ham bo’ldiki, Rossiyada bir necha yil ishlab, O’zbekistonga qaytgan fuqarolar hech qanday sababsiz qamoqqa olinib, sohta ayblovlar bilan ozodlikdan mahrum etilishdi. Bularning barchasi chetga ish izlab chiqish maqsadida bo’lgan odamlarni qalbiga qo’rquv hissini solish maqsadida qilinganligi sir emas.

O’zbek xalqi ustida shuncha zulm va qatog’onlarni sodir etgan Karimovning bugungi kunga kelib xavfsizligi va hokimiyati barqarorligi savol ostida qolmoqda, agar O’zbekistonda ham “Arab bahori”ga o’xshash xodisa sodir bo’ladigan bo’lsa nafaqat Karimov, balki xalq ustida ko’ngli tusagan ishlarni sodir etgan kuch tizilmalari ham xalq nafratining birinchi nishoni bo’lishlari aniq. Shuning uchun ham Karimov va kuch organlari xalqni boshini ko’tarishiga yo’l qo’ymalik uchun imkoniyatlaridagi barcha vositalarni va makr-hiylalarini ishga solmoqdalar. Xalqimizda “ishtonsizni hadigi cho’pdan” degan gap bejizga aytilmagan.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.