Atambaev istefosi uchun 50 ming imzo to’plandi

628
0

images (4)

K-News nashri xabar qilishicha, Qirg’izistonda muxolifat prezident Almazbek Atambaev istefoga ketishi uchun 50 ming imzo to’plagan. Bu haqida nashriyotga “Vatanparvarlar xalq harakati” etakchisi Nazarbek Nishonov ma’lum qilgan.

Imzo yig’ish Qirg’izistonning barcha hududlarida olib borilmoqda. Xozircha imzolarni ko’prog’i mamlakatning janubiy qismidan yig’ilgan. 40 ming janubdan, 10 ming shimol qismidan.

Muxolifatchilar hammasi bo’lib 300 ming imzo yig’ish niyatidalar. Shu bilan birga ular, Atambaevni vaqtni yo’qotmay o’z ixtiyori bilan istefoga ketishi haqida ogohlantirdilar. “Aks holda uni ham avvalgi prezidentlar taqdiri kutmoqda”, – deya tahdid qildi Nishonov.

Avvalroq, noyabr oyida “Vatanparvarlar xalq harakati” prezidentga “jamoatchilik impichmenti” e’lon qilgan edi. Muxolifatchilar Atambaevni “ 2010 yilda konstitutsiyaga zid yo’llar bilan quroldan foydalanib hukumatni ag’darishda va noqonuniy tashkil etilgan vaqtinchalik hukumat yordami bilan hukumatni bosib olish”da ayblashgan edi. Bundan tashqari, 2010 yilning yozida mamlakat janubida sodir bo’lgan etnik tartibsizliklar vaqtida qurbon bo’lgan odamlar uchun javobgar ekanligini va mamlakatga manfaatsiz bo’lgan kelishuvlar tuzganlik hamda korruptsiyada ayblashgan edi.

Nazarbek Nishonov o’tmishda ham Qirg’izistonni avvalgi ikki prezidentiga nisbatan impichment e’lon qilgan va hatto Bakiev istefoga ketishga rozi bo’lmasa o’ziga o’t qo’yish bilan tahdid qilgan edi.

Turkiston:

Atambaevni Baxordan qiyin vaziyatlar kutmoqda. Albatta bu uning xalqaro siyosiy maydondagi tutgan zaif pozitsiyasidan va katta davlatlarning shundan foydalanishayotganiga bog’liq. Lekin u bu vaziyatlardan, o’sha katta davlatlarning birini qo’yib ikkinchisini rozi qilishga xarakat qilaverish bilan chiqib keta olmaydi. Bu xarakatlarning barchasi vaqtinchalik xokimiyatdagi umrini uzaytirishi mumkin. Ularni uzoq rozi qilish uchun Qirg’izistonning erlari xam boyliklari xam etmaydi.

Atambaevning o’ziga qolsa Turkiyaning boshqaruv sistemasiga o’tishni xoxlaydi. U bir necha marotaba efirdan o’zining namoz o’qishlari xaqida, xozirda o’qiy olmay qolganidan afsuslangandek bo’lib gapirdi. Xa uni faqat Islom saqlab qolar edi. Xatto Turkiya singari buzuq xolatda ijro qila olganida xam, boshqaruvdagi umri uzoqqa cho’zilar edi. Chunki Qirg’iziston xalqining islomga bo’lgan muxabbati shu darajada kuchliki, agar musulmonlar uni ximoyasiga olgudek bo’lsa, xech qandan Amerika yoki Rossiya uni ularning bag’ridan sug’urib ola olmaydi. O’shanda ular Atambaev bilan xech bo’lmaganda Erdagon bilan xisoblashgandek gaplashishar edi. Chunki qirg’iziston xozirda ular uchun strotegik axamiyat kasb edib turibdi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.