Talaba singlimiz Nurning o’ldirilishi katta jinoyat bo’lgan bo’lsa Allohning shariatini hakam qilmaslik undan ham katta jinoyat

412
0

01

Iffat sohibasi singlimiz Nurning o’ldirilgani yuraklarimizga xanjardek sanchilib, qalblarimizni jarohatladi, chor atrofirmizni qamrab olgan bunday xavf ostidagi baxtsiz hayotga nisbatan ko’zlarimizni ochdi, aqllarni ibratga chaqirdi va hamon shunday bo’lmoqda. Biroq bu jinoyatning sodir etilishiga qulay zamin yaratgan, jinoyatchilarga boshpana bo’lgan narsa, Allohning shariatini hakam qilinmagani va uni hayot voqeida tatbiq o’rniga qo’yilmaganidir. Chunki Alloh bu dinni biz uchun rozi bo’ldi, unda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotimizni tartibga soladigan, jamiyat, uning asoslari va undagi shaxslarni himoya qiladigan, hayotimizni tinch-osuda hayotga aylantiradigan, korruptsiya va korruptsiyachilar yo’lini to’sadigan, jinoyat va jinoyatchilarni yo’q qiladigan qonunlar, ahkomlar va nizomlarni tuzib qo’ydi. Shuning uchun bizning xotirjamligimiz shariatimizning tatbiq etilishiga bog’liq:

«Dinsizlik hukmron bo’lishini istashadimi?! Imonlari komil bo’lgan qavm uchun Allohdan ham go’zalroq hukm qiluvchi kim bor?!» [Moida 50]

Ey insonlar!

Islomga asoslanmagan bugungi tuzumning asl tabiati korruptsiya keltirib chiqarish, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va adliya sohasida samarasiz qonunchilik nizomini yaratish bo’lib, u badbo’y kapitalistik fikrga va uning iflos qadriyatlariga asoslangan. Shuningdek, odamlarni baxtsiz qilish, yurtni jinoyat botqog’iga botirish, jinoyatchilarni jilovsiz qo’yish ham bugungi tuzum tabiatidir. Mana, qotillik, nomusga tajovuz, o’g’irlik, talonchilik, bosqinchilik, o’z joniga qasd qilish, korruptsiyalashgan sudlar… hammaning ko’z o’ngida.

Ey insonlar!

Singlimiz Nur va uning yaqinlari uchun adolat qishki vaqtga o’tish bilan o’rnatiladimi? Shu bilan jinoyatchilik pasayib, uning nisbati ozayadami? Axir, bu insonlar aqllari va jonlarini tahqirlashdan boshqa narsa emas-ku!

Nur va yaqinlari uchun adolat o’rnatish va jamiyatni himoya qilish Allohning shariatini hakam qilinmaguncha hargiz amalga oshmaydi. Marhuma singlimiz Nur xuddi shu Allohning shariatini o’rganayotgan edi. Chunki u shar’iy farz, hayotiy zarurat va bashariy ehtiyojdir.

«Agar ular yo’lda sobit turganlarida edi, albatta Biz ularni mo’l yomg’ir bilan sug’organ bo’lar edik» [Jin 16]

Biz sizni Xalifalik davlatida Robbingiz shariatini hakam qilish uchun harakat qilishga da’vat qilamiz, zero, sizning kuch-qudratingiz ham, ulug’ligingiz ham, xavfsizligingiz ham, tinchiligingiz ham shu davlatda. Allohdan singlimizga jannatni makon qilishini, ahliga sabri jamil berishini so’rab qolamiz.

Hizb ut-Tahrirning Iordaniyadagi matbuot bo’limi

Elektron pochta: jordan_mo@hizb-ut-tahrir.info

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.