Prezidentning o’ziga ishonchi ortmoqda…mi?

449
0

images (2)

16 dekabr dushanba kuni Qirg’izston prezidenti jurnalistlar bilan matbuot anjumanini o’tkazdi. Anjumanda jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Suhbat chog’ida Atambaev mamlakatdagi eski siyosatchilar uchun “tomoqqa tiqilgan suyak bo’lib turganini” aytib o’tdi. Hukumat tepasiga kelish istagida bo’lgan muxolif kuchlarga, hokimiyatga devor oshib emas, saylov orqali kelishlarni bildirib, tanbeh berdi. Mamlakatda qonun ustivorligini eslatib, hamma jinoyatchilar uchun tergov hibsxonalari va qamoqxonalarda bo’sh o’rinlar etarli ekanligi ta’kidlab o’tdi.

Qirg’izstonda prezident mamlakatni o’g’irlamaydi, prezidentning oilasi mamlakatni o’g’irlamaydi, shu bilan bir qatorda davlat amaldorlari va deputatlarini malakatni o’g’irlamaslikka chaqirishini va shuni talab qilishin bildirdi, Alamazbek Atambaev.

Atambaev vaziyatlar rivojlanishini har qanday yo’llari bo’lishi mumkinligini tushintirib o’tdi. “Kuzgi va bahorgi keskinliklar bu ruhiy me’yorlardir. Agar hukumat Hudoni unutmasa hamda halol ishlasa u holda har qanday birlashmalar va keskinliklar bizga tahdid qilolmaydi”,- deya ta’kidlab o’tdi Atambaev.

Prezident “siyosiy kuchlar ilg’or birlashmalari”ning ijobiy an’analarini belgilab o’tdi.

Turkiston:

Atambaevning bu qadar o’ziga ishonch bilan gapirishi,etakchi davlatlarni har ikkisni ham rozi qilganligini bildiradi. Bojxona ittfoqiga qo’shilishi ehtimoldan holi emasligini va Qantdagi harbiy bazada askarlar sonini ko’payishiga ruxsat berish bilan Rossiyani roziligini olgan bo’lsa.

Manasdagi harbiy bazani chiqarib yuborish buyrug’i ortidanoq Turkiya orqali aloqalarni tiklab munosabatlarni sovumasligiga harkat qilmoqda. Amerika elchixonasi xududini kengaytirib “norasmiy xabarlarga qaraganda u joyga katta xajmdagi nazorat qilish moslamalarni(EShOLON) o’rnatib olishi uchun” imkoniyatlar yaratib berish bilan AQSh nafratiga duchor bo’lmaganligini bilgan Atambaev,muxolif kuchlarni o’ylanib qadam bosishga undamoqda.

 

Ansor Ansor

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.