Rossiya “Jabhatul Islomiyya”ning kuchi kundan kunga ortib borayotganligidan xavotirda

181
0

images (41)

AQSh va G’arb o’zlariga moyil mo”tadil Suriya Ozod armisini muntazam dastaklab kelishiga qaramay, jihojiy guruhlar qarshisida qaqshatgich zarbalarga duch kelmoqda. Xabarlarda aytilishicha, “Jabhatul Islomiyya” guruhi bir hafta davomida Suriya Ozod armisi bilan olib borgan qaqshatqich urush natijasida Suriya Ozod armisini tor-mor etib, unga tegishli 10 ta qurol-yarog’ omborini qo’lga kiritgan.

Rossiya ham bu holatdan tashvishga tushganligini yashirmadi. IRNA axborot agentligining xabar qilishicha, Rossiya tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotida “Jabhatul Islomiyya” guruhi Asad rejimi bilan har qanday muzokaralar olib borishni, shuningdek Jeneva-2 konferensiyasida qatnashishni qat’iyan rad etganligini tilga olar ekan, uning kuchi kundan kunga ortib borayotganligidan xavotir bildirdi.

“Jabhatul Islomiyya guruhi Suriyada Asadga qarshi kurashayotgan boshqa qarshilik harakatlarini ham shariat asosidagi davlat tiklash uchun kurash olib borishga da’vat qilmoqda”, deyiladi Rossiya tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda.

13ta jihodiy guruhlarning birlashuvidan tashkil topgan “Jabhatul Islomiyya” guruhi 26 sentyabr kuni Suriya milliy koalitsiyasini tan olmasligini e’lon qilgan edi. 22 noyabr kuni esa bu guruh “Suriya Ozod armiyasi oliy harbiy kengashi”ni ham tan olmasligini va u bilan munosabatlarini uzil-kesil to’xtatganligini e’lon qildi.

“Jabhatul Islomiyya” guruhi Suriya Ozod armiyasi oliy harbiy kengashi bilan aloqani uzganligini e’lon qilar ekan, uning Asad qulagandan so’ng qanday davlat tiklashi haqida ochiq aymayotganligi va tiklanajak davlat borasida biror majburiyatni bo’yniga olmaganligini bunga sabab qilib ko’rsatmoqda.

“Jabhatul Islomiyya”, guruhi esa Asad rejimini qulatib, uning o’rniga Shariat bilan hukm yuritadigan Islomiy davlat tiklashni maqsad qilib olganligini ochiq e’lon qilib keladi.

Suriya mo”tadil qarshilik harakatini dastaklab kelayotgan AQSh hukumati oxirgi paytlarda unga ko’rsatilayotgan yordam to’xtatilganligini e’lon qilgan edi. Bu holat Suriyada Islomiy guruhlar Turkiya chegara hududlari va Suriya ozod armiyasining Qarorgohi hamda qurol yaroq omborini egallab olgandan so’ng yuzaga keldi.

Biroq AQSh mudofaa vaziri Chak Heygel ikki kun avval mo”tadil qarshilik harakatiga ko’rsatilayotgan yordam davom etishini ma’lum qildi.

“Voshington Suriya Ozod armisi qo’mondoni Salim Idrisni dastaklashini davom ettiradi”, dedi Heygel AQSh mudofaa vazirligi matbuot anjumanida.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.