Qirg’izistonda Islomni siyosiylashtirish jarayoni bormoqda

164
0

images (42)

Qirg’izistonda so’ngi vaqtlarda yashirin, ba’zan esa ochiq ko’rinishda Islomni siyosiylashtirish jarayoni ketmoqda, ayrim siyosiy kuchlarning radikal bo’linmalari radikal diniy oqimlar bilan birlashishga tayyorlar, deyiladi Ichki ishlar vazirining birinchi muovini Baqitbek Jusubalievning IIV saytida chop etilgan maqolasida.

Uning ma’lumotlariga ko’ra, ayrim siyosiy guruhlarning etakchilari ularning (diniy oqimlarni) ko’maklaridan, shu jumladan moliyaviy qo’llovlaridan foydalanishgani to’g’risida dalillar bor.

“Ekstremistlar siyosatchilarning quroli bo’lib qolishi yoki aksincha ekstremistlar siyosiy guruhlar orqali o’z maqsadlarini amalga oshirishlari mumkin. Masalan, “Qumtor” bilan bog’liq bo’lgan masalalarda ayrim internet saytlarda Hizb ut-Tahrir diniy ekstremistik tashkilot materiallaridan foydalangan holda tayyorlangan “Kumtөrdөgү ajdaar 2013” nomli videorolik joylashtirildi”, – deb xabar qiladi Jusubaliev.

Uning so’zlariga ko’ra, Qirg’izistonda musulmonlar jamoasiga turli hil siyosiy kuchlar tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda.

Vazir muovininig xabariga ko’ra, buzg’unchi guruhlar hibsxonalarda mahbuslar orasida targ’ibot ishlarini kuchaytirib yuborishdi, qamoqxonalarda ekstremistik tashkilotlarning tarafdorlari soni oshib bormoqda.

“Bunda eng xatarli bo’lgan jihat shundan iboratki, qamoqxonalarda mahbuslar Islom haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun muqobil manba mavjud emas va mahbuslar ekstremistik tashkilot da’vatchilarining oson o’ljalariga aylanmoqdalar. Qamoqxonalardagi holatlarni taxlil qilish shuni ko’rsatmoqdaki, uyushgan jinoiy guruhlar a’zolarini ekstremistik tashkilotlar safiga jalb qilish ishlari faol ketmoqda”, – deyiladi maqolada.

Turkiston: Xaqiqatdan Islom dini Qirg’izistonda xam juda katta quvvat kasb etib bormoqda. Albatta bu xolatning xafli tomonlari bor. Lekin bu xavf insonlarning dunyoqarashlariga bog’liq bo’lib, xar bir odam o’zining xazoratidan kelib chiqib baxolaydi. Masalan musulmon odam o’z dunyoqarashidan turib qarasa, musulmonlar mavjud kufr sistemasi nayranglari ostida e’tiqodlariga zid bo’lgan xarakatlarga qo’shilib qolishlari mumkin. Ular Islomdan boshqa asoslarga qurilgan ilmoniy yoki demokratik xarakatlar bilan birlashib, xatto islomni da’vo qilishlari xam katta xavf xisoblanadi. Chunki xozirgi musulmonlarga berilayotgan xaybat, sinov Olloxning nusrati bo’lib, uni qanday tasarruf qilishdan albatta mas’ulmiz.

Albatta kufr sistemasi bundan qo’rqadi. Chunki Islomning rivojlanishi kufrning zaiflashishi evaziga ro’y beradi. Lekin yuqoridagi o’zini musulmon sanaydigan chinovniklarning xavotirini qanday tushunish mumkin. Ular sistemaning va shu sistemadan keladigan mol dunyoning qullariga aylanishdi. Xatto e’tiqodlari va otalarining e’tiqodlarini xam xurmat qilishdan bosh tortishdi. Dunyo matolari ko’zlarini ko’r qildi.

Ular kufrning e’tiqodiy vaximasini xatto tushuna olmaydilar. Tushunmagan xollarida ulardan moddiy manfaatlanish yoki ularni rozi qilish evaziga mansablarini saqlab qolish uchun ittek elib yugurishadi. Shu yo’lda o’z birodarlari, xatto oru nomuslari bo’lgan opa singillarini ayamay qamoqqa tashlashgacha etib borishdi. Endi qamoqda xam ulardan rozi emasligini aytishmoqda. Jusubaliev singarilar xatto u aytayotgan uyushgan quvvatlarni kim va qanday maqsadlarga yo’naltira olishi mumkinligi xaqida o’ylamaydilar xam. Chunki Afg’onistonda AQSh SSSRga qarshi Toliblardan qanday foydalanganini va xatto 2010 yildagi Osh voqealarini Rossiya o’sha vaqtdagi Qirg’izistonga kelayotgan zaif koalitsiyalik xukumat va qirg’iz millatchilaridan foydalanganib Bakievni almashtirish operatsiyasini nixoyasiga etkazganini bilishadi. Xozirgi xar qanday uyushib borayotgan quvvatlar xam ana shu xalqaro kuchlar manfaatiga va ularning bilvosita ishtiroki bilan amalga oshirilishini yaxshi bilishadi. Muammo shundaki xatto kuch strukturalari xodimlari xam, siyosiy va mafkuraviy kurashga kirishib olishdi. Lekin ular xatto kurash kimlar o’rtasida borayotganini va moxiyatlari nimada ekanligini xam bilishmaydi.

Shundan kelib chiqib aytish mumkunki, xavf Jusubaliev aytayotgan tomonda emas, balki aynan ularning o’zlari tomonidan olib borilayotgan be’tayin va maqsadsiz xarakatlarida. Bu xarakatlar musulmonlarni bir necha bo’laklarga bo’linishiga va Liviya yoki Suriyadagi singari birodarlar aro urushlarga sabab bo’lishi mumkin. Qirg’iziston kabi davlatlar tomonidan olib borilayotgan kurash, musulmonlarning Islomga qarshi kurashi bo’lib, bu xuddi o’zi o’tirgan shoxni teskari tomondan aralayotgan Afandining ishiga o’xshaydi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.