Hamas Eron bilan aloqalarini qayta tiklamoqchi

418
0

images (2)

Eron hukumati Suriya masalasida Asadni dastaklaganligi sababli Falastinda foliyat olib boradigan Hamas harakati u bilan aloqalarini uzgan edi. Biroq Eronning Asadga ko’rsatayotgan dastagi ayni suratda davom etayotgan bo’lsa-da, Hamas harakati Eron bilan aloqalarini to’xtab qolgan joyidan yana qayta boshlashini ma’lum qildi.

Hamasning taniqli a’zolaridan biri Mahmud Az-Zaharning G’azoda bergan bayonotida aytilishicha, Hamas harakati Suriya bo’hroni sababli qisqa bir kelishmovchilikdan so’ngra Eron bilan aloqalarini yana davom ettiradi.

Mahmud Az-Zahar o’z bayonotida Hamas harakati Suriyaning ichki ishlariga aralashmasligini bildirdi.

“Hamas Eron bilan aloqalarini to’xtab qolgan joyidan yana davom ettiradi. Suriya bo’hroni aloqalarimizga ta’sir qilgan edi. Hamas tarafkash sifatida ko’rinmasligi uchun Suriyadan chekindi. Biz Suriya yoki boshqa arab o’lkalarining ichki ishlariga aralashmasligimizni yana bir bor ta’kidlaymiz”, dedi u.

Surgundagi Hamas rahbari Xolid Mash’al 2011 yil Suriyada urush boshlangandan so’ng Damashqni tark etib, Eronning ittifoqdoshi bo’lgan prezident Bashar Asadni tanqid qilgan edi.

Mash’al Damashqni tark etganidan so’ng Hamasning Bashar Asad va Hizbullohga qarshi Suriya muxolifatini dastaklaganligiga doir bir qancha da’volar o’rtaga chiqdi.

Xabarlarga ko’ra, bu holat Erondan Hamasga keladigan yordamlarning kamayishiga sabab bo’lgan. Biroq Az-Zahar Eron bilan aloqalarning tamoman uzilganligini yolg’onga chiqardi.

“Bizning Eron bilan aloqalarimiz uzilgan emas va biz hech bir arab o’lkalari bilan – hatto bizga qarshi dushmanona pozitsiyani egallaganlar bilan ham – aloqalarimiz uzilishini istamaymiz,”, deya ta’kidladi u.

Turkiston: 1987 yili Hamas tashkiloti tuzilganda er yuzidagi musulmonlar xursand bo’lgan edi. Chunki Musulmonlar ulardan yaxshilikni umid qilgan edilar. Bu tashkilot yuzaga kelgan kunning ertasidayoq «Oslo» shartnomasini rad qilganini ko’rgan musulmonlar “nihoyat Hamas islomiy sifatlar bilan vujudga keldi”, deb o’yladilar. Darhaqiqat, Hamas o’tgan asrning 80 yillari oxirlarida Falastinni dushman changalidan qutqarish va uni o’z ahliga qaytarish uchun Alloh yo’lida jihod qilishni e’lon qildi. Biroq vaqtlar o’tishi bilan uning yo’nalishi o’zgacha tus oldi. Hamas harakati ham “Falastin ozodlik harakati” kabi Islomga va Falastinga qarshi til biriktirgan davlatlarning ko’rsatmalariga bo’ysunadigan bo’lib qoldi.

Hatto ular 1967 yildan keyin bosib olingan erni talab qilish va Isroil vujudini tan olishdan boshqa chora yo’q degan fikrga keldilar. Ular yana xalqaro qarorlarni qabul qilishdan va mintaqada asosiy o’yinni o’ynayotgan Amerikaga qo’l uzatishdan boshqa chora yo’q, degan xulosaga keldilar.

Amerikaga yaqinlashish ilinjida “Biz Qohirada bo’lgan Obama nutqidan Islom olamiga va Falastin mintaqasiga qaratilgan o’zgarishni sezyapmiz”, degan edi Hamas harakatining raxbari Xolid Mash’al.

«Hamas» harakati islomiy voqealardan soboq olmadi. U faqat “Falastin ozodlik harakati” ning yo’lini tutdi. Natijada shu ahvolga tushib qoldi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.