Politsiya yoki boshqa ishlarda hokimiyat bilan birga ishlashning hukmiga oid savoliga javob

393
0

DvBvD6e-WGA

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Abu Yosirning politsiya yoki boshqa ishlarda hokimiyat bilan birga ishlashning hukmiga oid savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Birodar, mening bir savolim bor, men Xalilur-Rohman shahrida yashayman, bizning bu zararkunanda hokimiyatdan qancha musibat ko’rganimizni hamma yaxshi biladi, bu hokimiyatning voqei ham hammaga ma’lum, savolim ikki qismdan iborat:

Birinchi, hokimiyat apparatiga mansub bo’lgan barcha gunohkormi, ya’ni unda ishlash (masalan, ko’cha harakati politsiyachisi bo’lib) mutlaqo mumkin emasmi?

Ikkinchi: Ularning qarorgohlarida quruvchi, plitachi, kassir kabi boshqa hunarmandlarning ishlashi hukmi nima? Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

1 – Hokimiyatda politsiyachi bo’lib ishlash:

– Abu Ya’lo o’z musnadida va Ibn Hibbon o’z Sahihida rivoyat qiladi (lafzi Abu Ya’loniki): Abu Said va Abu Hurayra rivoyat qiladi, Rosululloh A bunday dedilar:

«لَيَأْتِيَنَّ عَلَى النَّاسِ زَمَانٌ يَكُونُ عَلَيْكُمْ أُمَرَاءُ سُفَهَاءُ يُقَدِّمُونَ شِرَارَ النَّاسِ، وَيَظْهَرُونَ بِخِيَارِهِمْ، وَيُؤَخِّرُونَ الصَّلاَةَ عَنْ مَوَاقِيتِهَا، فَمَنْ أَدْرَكَ ذَلِكَ مِنْكُمْ، فَلاَ يَكُونَنَّ عَرِيفًا وَلَا شُرْطِيًّا وَلَا جَابِيًا وَلَا خَازِنًا»

«Odamlarga shunday zamon albatta keladi: ustingizda pastkash amirlar bo’lib, ular odamlarning eng yomonlarini oldiga olib chiqib, ularni odamlarning eng yaxshilari qilib ko’rsatishadi, namozni vaqtidan o’tkazib yuborishadi, bas, sizdan kim o’sha davrga etsa, na yordamchi, na politsiyachi, na soliq yig’uvchi, na g’aznachi bo’lib ishlamasin». Bu hadisda Rosululloh A pastkash amirlar qo’li ostida shu to’rt vazifada ishlashdan mutlaq qaytardilar.

– Biroq Tabaroniy Sag’irda va Avsatda Abu Hurayradan quyidagicha rivoyat qiladi:

«فَمَنْ أَدْرَكَ مِنْكُمْ ذَلِكَ الزَّمَانَ فَلاَ يَكُونَنَّ لَهُمْ جَابِيًا، وَلَا عَرِيفًا، وَلَا شُرْطِيًّا»

«Sizdan kim o’sha davrga etsa, hargiz ular uchun na soliq yig’uvchi, na yordamchi, na politsiyachi bo’lmasin». Bu rivoyatda «hargiz ular uchun… bo’lmasin», dedilar. Ya’ni bu qaytariq muqayyad bo’lib, «لهم»dagi lom xoslash uchun kelgan. Buning ma’nosi ikkinchi hadisdagi qaytariq o’sha hokimlar uchun ishlashga taalluqlidir, masalan, ularning maxsus qo’riqchisi, ularni himoya qiladigan maxsus xavfsizlik idorasi, ularning mollariga g’aznachilik qilish va shu kabi hokimlar uchun maxsus xavfsizlik vazifalari kabi.

Usul qoidalariga ko’ra mutlaq muqayyadga haml qilinadi, demak, hadisdagi qaytariq hokimlarni va ularning xavfsizligini himoya qilish uchun maxsus politsiyada ishlashga taalluqlidir. Masalan, hukumat raisi va uning yordamchilarining maxsus soqchilari, ularning g’aznachilari, davlat xavfsizlik politsiyachisi va hokazo kabi.

Ammo oddiy politsiya idorasida ishlash joiz. Tabiiyki, joiz degani odamlarga zulm qilishni yo huquqlarini poymol qilishni anglatmaydi, balki bu ishda haqiqatni izlashni anglatadi. Bu faqat politsiya idorasidagina emas, balki har bir idorada shunday bo’lish lozim. Shuning uchun ko’cha harakati politsiyachisi va boshqa shunga o’xshash ishlarda ishlash joizdir.

2 – Endi, ularda quruvchi, plitachi, kassir kabi ish haqi uchun ishlashga kelsak, bu joiz, chunki muboh ishlarda musulmon bilan ham, g’ayrimusulmon bilan ham ijara-ish haqiga ishlash joiz. Biroq amaliy urush holatida mumkin emas, chunki buning o’ziga xos shar’iy ahkomlari bor. Ibn Moja Ibn Abbosdan rivoyat qiladi: «Nabiy A muhtojlikka duchor bo’ldilar, bundan Ali G xabar topib, Rosululloh Ani ovqatlantirish uchun biror narsa topish maqsadida ko’chaga ish izlab chiqdi. Bir yahudiyning bog’iga kelib, bog’ini o’n etti paqir suv bilan sug’orib berdi, har bir paqir evaziga bitta xurmo oladigan bo’ldi. Yahudiy unga quritilgan xurmodan o’n ettitani tanlab olish ixtiyorini berdi, Ali uni Nabiy Aga olib keldi». Termiziy ham shunga o’xshash rivoyat keltirgan. Bu esa, modomiki muboh ishlarda g’ayrimusulmon qo’lida ish haqi evaziga ishlash joiz ekan, demak, amal qilmaydigan musulmon qo’lida ishlash ham joiz ekaniga dalildir.

Demak, muboh ishlarda hokimiyatda ish haqiga ishlash joiz.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.