Nihoiy maqsadimiz mustaqil Falastin davlatini qurishdir

176
0

загруженное

AQSh davlat kotibi Jon Kerri 3 kunlik Isroil – Falastin safarini tamomlab Amerikaga qaytar ekan, matbuotga bergan bayonotida bu ikki davlat o’rtasida kelishuvga erishish mumkinligiga umid bildirdi.

“Isroil bilan Falastin o’rtasida kelishuv imkonsiz emas. Hozir qo’limizda avval bo’lmagan kelishuv fursati mavjud”, dedi u.

Falastin rahbari Mahmud Abbos va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan ko’rishganligini bildirgan Kerri “qiyin va muhim bo’lgan kelishuvni amalga oshirish uchun ikki rahbar bilan ham ko’rishdim. Ular ham kelishuvni amalga oshirish uchun qo’llaridan kelgan ishni qilishini aytishdi”, deya ta’kidladi.

“AQSh kelishuv uchun uchrashuvlar boshlangan kundan buyon taraflar o’rtasidagi muzokaralarni yaqindan kuzatib bormoqda. Kelishuv oson va tezda amalga oshmasligini biz ham bilamiz, buni ikki taraf ham biladi. Ammo bu ikki rahbar kelishuv muzokaralarining muvaffaqiyatli tamomlanishiga va ikki o’lka xalqining tinch totuv yashashiga ishonadilar”, deya qo’shimcha qildi u.

Jon Kerri AQSh hukumati Isroilni qadimdan dastaklab kelayotganini yana bir bor ta’kidladi.

“Isroilga bo’lgan dastagimiz juda eskiga borib taqaladi. Ayni dastak bugun ham davom etmoqda. Isroil uchun istaydiganimiz xavsizlik va barqarorlikni Falastin uchun ham istaymiz. Falastin xalqi uchun nihoiy maqsadimiz mustaqil Falastin davlatini qurishdir. Bu maqsadga erishish xom hayol emas”.

Bu echim AQSh boshida turgan Kofirlarning makkorona echimidir.  Agar musulmonlar bunga aldanib qolishsa, aslo boshlaridan zulm arimaydi.

Aslida Falastin masalasining shar’iy tub echimi quyidagicha:

Falastin Sahobalar fath etgan, shahidlarning pokiza qonlari bilan sug’orilgan va qiyomatgacha musulmonlarning mulki bo’lib qoladigan Islom eridir. Shu bois Falastinni bosib olgan yahud vujudini tan olish shar’an joiz bo’lmagani kabi u bilan kelishish, diplomatik aloqalar o’rnatish, elchixonalar ochish aslo joiz emas. Falastin masalasi bosqinchi yahud vujudini davlat sifatida tan olsh bilan echilmaydi. Quruq va foydasiz qoralashlar bilan ham echilmaydi. Zulmga uchragan bir necha oilalarni qaramog’iga olish ham echim emas.

Falastinni yahudlardan va qofirlar siyosatidan qutqaradigan yagona echim Roshid Islomiy Xalifalik davlatini tiklashdir. – Islomiy Xalifalik davlati ummatning birligini ta’minlaydigan davlatdir.

– Islomiy Xalifalik davlati musulmonlarga qilingan har bir zulmni hisobini so’raydigan davlatdir.

– Islomiy Xalifalik davlati insonlarni zulmatdan nurga olib chiqadigan davlatdir.

– Islomiy Xalifalik davlati Falastinni Kofirlar qo’lidan qutqarib, musulmonlar qo’liga topshiradigan davlatdir.

– Islomiy Xalifalik davlati barcha musulmonlarning himoyachisi bo’lgani kabi, hech shubhasiz, Falastinni ham himoya qiladigan davlatdir.

Ammo bugungi kunda Islom o’lkalaridagi hokimlar orasida Falastinni ozod qilish uchun armiyani harakatga keliradigan birorta rahbar yo’q. Demak, shunga ko’ra Falastin va boshqa Islom o’lkalarida kechayotgan zulmlarga chek qo’yish istagida bo’lgan musulmonning birlamchi vazifa Shariatni tatbiq qiladigan Islomiy Xaliflik davlatini tiklashdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.