Ummat Xalifalikni barpo etish qiyinchiliklarini ko’tarishga tayyormi, degan savolga javob

538
0

DvBvD6e-WGA

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Yusuf Yusufning Ummat Xalifalikni barpo etish qiyinchiliklarini ko’tarishga tayyormi, degan savoliga javob

Savol: Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, ulug’ olimimiz birodar Ato ibn Xalil!

Hammamizga ma’lumki, Ummat bugun o’tgan barcha damlarga nisbatan Xalifalik dalati e’lon etilishiga yaqin joyga kelib qoldi, quloqlarimizga bu davlatining barpo etilgani haqidagi xabar chalinishi arafasida turibdi, insha Alloh. Lekin sizning mavqeingizdan va hodisalar oqimini yaxshi bilishingizdan kelib chiqib bergan savolim shundan iboratki, bugun Ummat shunday buyuk ishga tayyormi, xususan, bugun ushbu davlat barpo bo’lishi ortidan paydo bo’ladigan muhim ishlar uni barpo etishdagi ishlardan ham mashaqqatli bo’lishini e’tiborga olganimizda, Ummat buni ko’tarishga tayyormi?

Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Birodar, hozir Alloh Subhanuhu bizga nusrat-yordam berishi, biz esa Xalifalik davlati barpo etishimiz masalasi qolgan, albatta. Ammo Ummat ayni qiyinchiliklarni ko’tarishga tayyormi ekaniga kelsak, ha, u tayyor. Unda etishmayotgan narsa, to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlati soyasida uni ezgulik sari etaklovchi pok taqvoli bir etakchi, xolos. Alloh Subhanahu bu Ummatga mana bunday baho beradi:

«Siz insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo’ldingiz, ma’rufga buyurasiz, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz» [Oli Imron 110]

To’g’ri, Ummatga uni vayron qiluvchi saqofatlar, botil fikrlar, xavfli tushunchalar kirib qolgan. Ummat orasida islomiy aloqalar zaiflashib, o’rniga millatchilik, vatanparvarlik… kabi aloqalar tarqalgan. Biroq bularning barchasi aksar Ummatning dillariga joylasha olmadi, balki bu narsalar yuzada qalqib, zolim hokimlar va ularga tegishli axborot vositalari qilmishlarida namoyon bo’lyapti… Bunga qaramay, Ummatda ezgulik bor. Siz birodar, Hizb faoliyatlarini kuzatib, Xalifalik fikri bugun afkori ommaga aylanganini, kecha bunday bo’lmaganini, bu fikr ko’zga yaqqol tashlanuvchi ommaviy talabga aylanganini, kecha unga da’vat qilish ayb sanalganini guvohi bo’layotgan bo’lsangiz kerak, albatta!

Birodar, ushbu tirik Ummat zaiflik va bo’linish omillariga duchor bo’lsa ham, albatta qo’zg’olmog’i kerak. Axir, salibchilar yurtlarimizda ikki yuz yil atrofida turishdi, Quddusi sharifning o’zida 90 yil turishdi. Keyin hijriy 582 yil robius-soniy oyida Hittiyn jangi bo’ldi, o’sha yilning rajabida musulmonlar Quddusni ozod etdilar, so’ng Salohiddin Ayyubiy Misrda fotimiylarni yo’q qilib, abbosiylar Xalifaligi daxlsizligini qayta o’rnatgandan so’ng, Quddusdan salibchilarni sharmandali ahvolda quvib chiqardi… 656 hijriy yil mo’g’ul-tatarlar Bog’dodni egallashib, xalifani qatl qilishdi, u erdagi Xalifalik Misrga ko’chdi, ikki yil o’tar-o’tmas, Ayni Jolut jangi bo’ldi va mo’g’ul-tatarlar yo’q qilindi…

Aziz birodar, pok, taqvoli bir etakchi ostida Xalifalikning qayta barpo bo’lishi ham Ummatga o’z ulug’ligini va fathlarini shu tarzda albatta qayta olib keladi, insha Alloh. Bu esa Allohga aslo qiyin emas. Bunchalik harisligingiz va e’tiboringizga barokalloh, birodar!

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

25 muharram 1435h 28 noyabr 2013m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.