Osh shahrida Keldibekov tarafdorlari yana miting o’tkazishdi

164
0

fb38c90a-5966-4107-b780-5ac51975239c

2 noyabr kuni parlametni sobiq spikeri Axmatbek Keldibekov tarafdorlari ertalabdan Osh shahrining markaziy maydoniga yig’ilishni boshlashdi. Ularning sonlari ortib borib, tushga yaqin 2000 atrofida odam to’planib, ularni o’nga yaqini otliq edi.

Miting avval nisbatan tinch boshlangan bo’lsada, keyinchalik namoyishchilar ikki bora viloyat ma’muriyati binosini bosib olishga harakat qilishdi. Ammo, militsiya xodimlari hujumni qaytarishga muvaffaq bo’lishdi.

Namoyish ishtirokchilari bilan Osh shahar meri va hukumatning viloyat bo’yicha vakili Sooronboy Jeenbekov muzokara olib bordi. Namoyishchilar Axmatbek Keldibekovni ozod qilinishini hamda Oshga olib kelinishini talab qilishdi. Muzokaralardan so’ng Jeenbekov namoyishchilarga markaziy maydonda uchta bo’z uy tiklashga ruxsat berdi.

Kechga borib esa namoyishchilar tarqab, markaziy maydonda, namoyishchilar shtabi qilib belgilangan bo’z uy atrofida 200tacha odam qoldi. Namoyishchilar hukumatga o’z talablarini bajarish uchun uch kun muhlat berishib, bu muddat davomida mazkur bo’z uylarda qolishlarini bildirishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.