Mirzakmatov partiyasi markaziy hukumatni o’z deputatlarini “ta’qib qilish”da ayblamoqda

586
0

загруженное (1)

 

Osh shahar meri Melis Mirzakmatov etakilik qiladigan “Uluttar birimdigi” partiyasi 2 noyabr kuni tarqatgan xabarida, shahar merligi uchun bo’ladigan saylovlar arafasida o’z deputatlari qo’rqitish va ta’qiblarga duchor bo’layotganligi haqida ma’lum qildi.

Partiya tarqatgan xabarda, Bishkek va Osh shaharlarining maqomini belgilaydigan qonun tasdiqlanganidan so’ng shahar merligi uchun bo’lib o’tishi rejalashtirilgan saylovlar oldidan mahalliy shahar kengashidagi o’z deputatlari “siyosiy ta’qib, ruhiy va ma’naviy bosimga duch kelayotganidan” xayronligini bildirdi.

“Osh shahar kengashi deputati Shayloobek Atazov noma’lum sabablarga ko’ra Osh shahar sudi tomonidan bir yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi. Bundan tashqari shahar kengashiga “Uluttar birimdigi” partiyasidan saylangan besh nafar deputatga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atildi”, – deyiladi partiyaning matbuot bayonotida.

“Hukumatni yagona maqsadi, bo’lib o’tadigan saylovlarda partiya etakchisi Melis Mirzakmatovga pand berish uchun “Uluttar birimdigi” partiyasidan deputatlar shahar kengashida kam bo’lishiga erishishdan iborat. Natijada hukumatning barcha sohalarida o’z tarafdorlari bo’lishiga erishish uchun, hukumat barcha ishni qilmoqda”, – deb yozadi partiya vakillari.

Shuningdek “Uluttar birimdigi” o’z murojaatida DMXQ korruptsiyaga qarshi kurash xizmatini Qirg’izistonning siyosiy shaxslariga nisbatan “tanlangan siyosat” yurgizishlikda aybladi.

“Qirg’izgaz” va “Qumtor”ni arzimagan bir dollarga sotganlik haqida fikr bildirish hukumatni jaxlini chiqarmoqda va yana Saruu qishlog’i aholisiga nisbatan bo’layotgan bosimlarga qarshilik qilgan Jogorku Kenesh deputatlariga hukumat bosim o’tkazmoqda”, – deyiladi partiya yozgan xatda

“Uluttar birimdigi” ilgari surgan asosiy talablar:

1. Osh shahar merligi sayloviga qadar deputatlarga nisbatan siyosiy bosim va tahdidlarni to’xtatish;

2. Korruptsiyaga qarshi kurash xizmati “siyosiy nuqtai nazarga qaramay” ish yuritishi lozimligi;

3. Axmatbek Keldibekov va Nariman Tyuleev ishini adolat bilan ko’rib chiqishlik;

4. “Qumtor” masalasi davlat manfaatlariga muvofiq xal etishlik;

5. “Qumtor”ni ximoya qilgan Saruu qishlog’i aholisiga nisbatan tahdid va zo’ravonlikni to’xtatishdan, iborat.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.