Livout-Tavhid qo’mondonini kim o’ldirdi?

386
0

1356179596_8

Bir necha kun avval Livout-Tavhid qo’mondoni Abdulqodir Solih Asad kuchlari tarafidan uyushtirilgan havo hujumida shahid bo’lganligi haqida xabarlar tarqagan edi. Biroq Facebook sahifasida Suriya haqida muntazam xabar tarqatib kelayotgan va ishonchliligi bilan tanilgan Tahrir.Syria.Revo2011 sahifasi diqqatni tortadigan bir da’voni o’rtaga tashladi.

Da’voga ko’ra, Suriya ozod armiyasining bosh qo’mondoni Salim Idris, Luay Miqdad va Livanlik Uqob Shokir AQSh bilan sheriklikda amaliyot o’tkazib, AQSh rejasiga qarshi turgan Livout-Tavhid qo’mondoni Abdulqodir Solihni yo’q qilgan.

“Salim Idrisning buyrug’i bilan Abdulqodir Solihning yaqinida yurgan bir xoin uning joylashgan eriga maxsus jihoz o’rnatib qo’ydi. Jihoz aktivlashgandan so’ng Injirlikda joylashgan avia bazadan ko’tarilgan AQShning uchuvchisiz samalyoti jihozdan kelgan singnal tarafga raketa otdi. Hujum oqibatida Livout-Tavhid qo’mondoni Abdulqodir Solih shahid bo’ldi”, deya yozadi Tahrir.Syria.Revo2011 sahifasi.

Shuningdek, ayni sahifada faqat Suriya ozod armiyasining bosh qo’mondoni Salim Idris emas, balki Turkiya bilan yaqin aloqada bo’lgan Suriya tashqarisidagi muxolifat safidan ba’zi bir kishilarning bu ishda qo’li borligi ham aytiladi. Da’voga ko’ra, bu suiqasd ochiqqa chiqib qolmasligi uchun raketa qoldiqlari yashirilgan.

Ma’lumki, Livout-Tavhid qo’mondoni Abdulqodir Solih shahid bo’lishidan avval Suriyadagi jihodiy guruhlarni birlashtirib, shariat qonun qoidalariga asoslangan Islom davlatini tiklash uchun qattiq harakat olib borayotgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.