AQSh barcha askarlarini olib chiqib ketish bilan tahdid qilmoqda

368
0

images (2)

Afg’oniston prezidenti Homit Karzay Loya Jirg’a tarafidan ishlab chiqilgan kelishuvni imzolashga shoshmasligini bildirdi. Afg’on oqsoqollar kengashi – Loya Jirg’a AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bo’yicha NATO harbiylarining Afg’onistonda doimiy qolish haqidagi kelishuvni zudlik bilan imzolashni tavsiya qilgan edi.

Karzayga ko’ra, AQSh tinchlikni ta’minlash bo’yicha bergan va’dalarining ustidan chiqishini ko’rish uchun biroz kutish kerak. U ikki tomonlama bitimga imzo qo’yishni aprel oyida bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlaridan keyinga qoldirmoqchi.

AQSh bitim imzolanishining kechiktirilishiga qarshi. AQSh Rasmiylarining talabiga ko’ra, askarlarni Afg’onistonda qoldirish bo’yicha uzoq muddatli rejani ishlab chiqish uchun yil oxirigacha kelishuv imzolanishi kerak. Bitimda AQSh askarlarining mamlakatda qolishi va Tolibonga qarshi kurashda hukumatga yordam berish shartlari o’z ifodasini topgan.

Oqsaroy yaqin kunlarda Karzay bitimga imzo chekmagan taqdirda 2014 yilning oxirigacha AQSh barcha askarlarini tamoman olib chiqib ketish bilan tahdid qilmoqda. Bu qaror Milliy xavfsizlik bo’yicha AQSh Davlat maslahatchisi Syuzan Rays prezident Hamid Karzay bilan uchrashgandan so’ng ma’lum qilindi.

Rays bitimga imzo chekishning kechiktirilishi AQSh va NATOning 2014 yildan so’ng Afg’onistondagi mavjudligi rejasini ochiq bir shaklda yo’qqa chiqarishini bildirdi.

Turkiston:

AQSh bilan Karzay o’rtasidagi go’yoki ziddiyatga o’xshash narsaning, makkorona re’jasiga e’tibor bering. Loya Jirg’a bu siyosiy nayrangni bilki anglamayotgan bo’lishi ham mumkin. Urush asli Tolibonga qarshi AQSh tomonidan bosqinchilik bilan boshlangan. Karzay va xozirgi hokimiyat bu urushda NATOning iti singari o’rinni tutib keldi. Endi AQSh NATO vositasida bu urushni boy berib, qochish yo’llarini qidirmoqda. Yuqoridagi tortishuvlarga e’tibor bering, AQSh askarlari Afg’on hokimiyatiga Toliblar bilan olib borishayotgan urushda yordam berish bitimini imzolash talab qilinyapti. AQSh urushning ketuvini butunlay boshqa tomonga burib, o’zi umuman chekkadagi nazoratchiga aylanadi. Karzay unga shu maqsadiga erishishda katta yordam bermoqda.

Aslida barcha iflosgarliklar uchun butun dunyo AQShdan xisobot talab qilishi lozim edi. AQSh Afg’oniston hukumatidan emas. Afg’oniston hukumati esa, itdek xizmat qilib itni kuniga tushdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.