O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi shifoxonalardagi bepul joylarni qisqartirmoqda

90
0

1384002334_dscf8318

 

2015 yilga borib sog’liqni saqlash muassasalaridagi davlat xisobidan ta’minlanadigan bepul joylar miqdori 109 179tagacha qisqartiriladi.

Shifoxonalardagi bepul joylarni qisqartirish ishlari hukumat tomonidan tasdiqlangan qulay shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha 2012-2015 yillarga mo’ljallangan jadvalga ko’ra olib borilmoqda. Bu ishlar doirasida umumiy xisobda 17 949 joy qisqartiriladi.

Vazirlik bergan izohga ko’ra, kam talab qilinayotgan joylar qisqatiriladi. Joylarni bo’sh qolishi, tibbiyot muassasalarini yangi uskunalar bilan jihozlash va tibbiy yordam ko’rsatishda eng so’nggi texnologiyalarni joriy qilish xisobiga to’g’ri kelmoqda. Ko’plab kasalliklarga zamonaviy yondashuv natijali bo’lib, bemorni uzoq vaqt shifoxonada bo’lishini talab qilmaydi.

Qisqartirishni eng ko’pi tuman, shahar va viloyatdagi tibbiyot muassasalariga to’g’ri keladi, ularda 15 mingta joy qisqartiriladi.

Turkiston: O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 40- moddasida, “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”, deb yozib qo’yilgan bo’lishiga qaramasdan, O’zbekistonlik oddiy fuqarolar tibbiyot muassasalaridagi xizmat ko’rsatish sifatidan shikoyat qilishadi.

O’zbekiston hukumati tibbiy xizmat sifati oshganligi sababli bepul joylar qisqartirilayotganini da’vo qilayotgan bo’lsada, haqiqatda esa davlat byudjeti tang axvolga kelib qolgani sababli o’z fuqarolarini davolashga ham qodir bo’lmayapti.

Aslida davlat byudjeti hisobidan ta’minlanadigan o’rin-joylar ham bepul emas. O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ijtimoiy kasalliklar toifasiga kiritilgan saraton va sil kasalligi davlat tomonidan ta’minlanishi kerak bo’lgan kasalliklardan xisoblanadi. Ammo, bu kasalliklar bilan og’rigan bemorlar dori-darmon va hatto paxtasini ham o’zi bilan olib keladi. Shundoq ham iqtisodiy qiyinchiliklar natijasida qiynalayotgan odamlar davolanish uchun pul topa olmagani sababli kerakli muolajani olishaolmayapti. Buning ustiga nafaqat dori-darmon uchun balki, muolaja qilgan shifokorni ham “rozi” qilishlik “dart ustiga chipqon” bo’lmoqda.

Islom davlati mavjud bo’lgan birinchi kundan boshlab barcha uchun tibbiy xizmatni bepul qilib ta’minlab bergan. Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallam Uql va Urayna qabilalaridan musulmon bo’lish uchun Madinaga kelgan sakkiz nafar kishini xastaliklari kundan-kunga ziyoda bo’lib borgach, ularni Madinadan to’rt mil uzoqlikda bo’lgan o’tloqlarda yurgan baytulmolni tuyalarini sog’ib ichib davolanish uchun yuboradilar. Ular tuyalarni sog’ib sutidan ichib, kerakli muolajani olishgach tez fursatda sog’ayib ketishadi. Payg’ambarimizdan so’ng Choriyorlar, ulardan so’ng kelgan Xalifalar ham kasallar uchun alohida binolar barpo etishib, u erga malakali tabiblarni qo’yishgan va bemorlarni davolash to’laligicha davlat ta’minotida bo’lib, barcha fuqarolar uchun bepul bo’lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.