Batken viloyatida o’zbekistonlik fuqarolar bilan bo’lgan to’qnashuvda Qirg’iziston chegarachisi jarohatlandi

544
0

001

Batken viloyatida chegarachilar va O’zbekiston fuqarolari o’rtasida to’qnashuv bo’lib o’tgan, bu to’qnashuvda quroldan foydalanilgan.

Qirg’iziston respublikasi Davlat chegara xizmatining matbuot xizmati xabar qilishiga ko’ra, 12 noyabr kuni Batken viloyati Batken tumani Varigan hududida chegarachilar qirg’iz-o’zbek chegarasidan 100 metrcha masofadagi Qirg’iziston fuqarosining uyida “Damas” rusumli avtomashinadan paxta toylarini tushirishayotganini payqab qolishgan.

Noqonuniy savdoga yo’l qo’ymaslik uchun chegarachilar tartib buzarlarni “Bel” chegara qismiga olib borish chorasini ko’rishgan. Ammo qishloq yo’lida ketayotgan vaqtda O’zbekiston fuqarosi mashinani keskin burib, qo’shni hududga o’tib ketgan. Chegarachilar va ular o’rtasida mushtlashuv boshlangan.

Guvohlarning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonning chegara hududida yashovchi fuqarolar kuch ishlatib Qirg’iziston chegarachisining qurolini tortib olishgan. Ular ortidan etib kelgan boshqa chegarachilar bir necha bor osmonga ogohlantiruvchi o’q otib, harbiy xizmatchini olomon orasidan ajratib olishgan va Xaydarkondagi shifoxonaga jo’natishgan. Xozir uning salomatligi qoniqarli.

Sodir bo’lgan xodisani o’rganish uchun voqea joyiga Batken chegara bo’linmasi komandiri va Batken viloyati bo’yicha hududiy chegara boshqarmasi vakili jo’nab ketishgan. Muzokaralardan so’ng, o’zbek chegarachilari tortib olingan qurolni qaytarib berishgan.

Sodir bo’lgan xodisani hamkorlikda tekshirish uchun Qirg’iziston tomoni O’zbekiston chegarachilari bilan mahalliy boshqarma darajasida ishchi uchrashuvini tashkil etish taklifini kiritgan.

Ayni vaqtda mazkur hududda vaziyat barqaror.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.